Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Imom Buxoriy
bobomiz
merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami –
«Al-jomi’ as-sahih»
kitobining 4-jildda, SHarq olamida 
«Burhoniddin va milla»,
ya’ni 
«Din va millatning
hujjati»
degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan
Burhoniddin Marg‘inoniy
ning
sakkiz asr-dirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy
manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan 
«al-Hidoya»

Imom Termiziyning
«Sunan at-
Termiziy»

Abu Lays Samarqandiy
ning 
«Tanbehul-g‘ofilin»
asarlari nashr etilganini
ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qo‘shish mumkin.
Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari
bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog‘i kengaytirilib, sifat va saviyasi
takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.Karimov
Farmoniga binoan
tashkil etilgan
Toshkent islom universiteti
ko‘p qirrali ta’lim beruvchi, ma’naviy-


ma’rifiy va ilmiy markazga aylandi. Bu erda dunyoviy va diniy bilimlarni hamda
xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida targ‘ib eta oladigan
mutaxassislarni tayyorlovchi tizim shakllandi, qiyosiy dinshunoslik va
islomshunoslik sohalarida magistrlik, nomzodlik va doktorlik izlanishlari olib
borilmoqda.
Universitetda davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari dinning
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, din niqobi ostidagi ekstremistlar jaholatiga
qarshi ma’rifiy javob berish ko‘nikmalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishlari
uchun doimiy malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining
hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi respublikamizning
kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Dinni sotsiologik o‘rganish uni ijtimoiy voqelik sifatida yondashuvga
asoslanadi. Lekin din nafaqat sotsiologik, balki ruhiy voqelik ham hisoblanadi. Din
psixologiyasi vakillari uni o‘rganishda ushbu jihatlariga alohida e’tibor beradilar.
Ular dinning vujudga kelishi sabablarini odamni o‘rab turgan tashqi dunyodan
emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb
hisoblaydilar.
Din psixologiyasini o‘rganishda
Z. Freydning
(1856-1939) xizmatlari katta
bo‘lgan. Z. Freyd dinni inson faoliyatining mahsuli deb hisoblagan. U dinning kishi
tabiatga qaramligi sababli vujudga kelganligini qayd etgan holda bilishning
irratsional (lotinchada – mantiqsizlik, tafakkurga zid qarashlar degan ma’nolarni
anglatadi) mexanizmlarini hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlagan.
Z. Freydning ta’limotiga ko‘ra, inson psixikasi uch darajaning o‘zaro
hamkorligidan hosil bo‘ladi: ongsizlik, ong oldi va onglilik darajalari. Bularning
ichida ongsizlik darajasi psixikada katta ahamiyatga ega. Inson psixikasining bu
darajasida tabiiy instinktlar va «birlamchi mayllar» ustuvorlik qiladi. Z. Freyd
asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun qo‘ygan. Individning ongsizlik bilan
bog‘liq mayllari jamiyat uchun katta xavf-xatar tug‘diradi. Jamiyat o‘zini kishi
mayllaridan himoya qilishi uchun ijtimoiy normalar va boshqa madaniyat
elementlaridan iborat ustqurma mexanizmlarni vujudga keltirgan. O‘ta kuchli tabiiy
ehtiyojlarni ijtimoiy normalar bilan tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi
YUqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, dinni vujudga kelishi
sabablarini uning alohida xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib
bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalaga bunday yondashuv dinni kompleks
o‘rganishni taqozo etadi. Zero, kompleks o‘rganish uning jamiyatda takror ishlab
chiqarishga sabab bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.
Dinning vujudga kelishi, avloddan-avlodga o‘tib borishi va ri- vojlanishi uchun
shart-sharoitlarni shakllantiruvchi omillar uning ildizlari deb ataladi. Dinning
ildizlari uch qisimga bo‘linadi. Ularning har biri dinni o‘rganishda juda muhim. Bu
qisimlar birgalikda dinning vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratadi. Ular
quyidagilardan iborat:
1) dinning ijtimoiy ildizi kundalik hayotda kishilarning turmushini belgilovchi
moddiy va ma’naviy munosabatlar tizimidan iborat. Dinning ijtimoiy ildizida


moddiy sharoitlar ustuvor. Siyosiy ustqurma institutlari dinga ikkilamchi ta’sir
etadi.Dinning ijtimoiy ildizini tashkil etuvchi jabhalardan biri ijtimoiy hayotni
stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib bo‘lmaydigan
jarayonlar jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy inqirozlarni, urushlarni,
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, individ ularning vayron qiluvchi
ta’sirlaridan o‘zini himoya qilishga intiladi va oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan
najot so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
2) dinning gnoseologik (grekcha 
gnosis 
– bilish, 
logos 
– ta’limot degan ma’nolarni
anglatadi) ildizi kishining bilish faoliyati jarayonida diniy e’tiqodi vujudga kelishiga
imkoniyat yaratadigan sharoitlardir. Tabiat va jamiyatni bilish dialektik jarayon.
Tajribasizlik, subektivlik, narsa va hodisalarni absolutlashtirish voqelikning
noto‘g‘ri idrok etilishiga olib keladi. Bundan tashqari, diniy g‘oyalarning paydo
bo‘lishi borliqni hissiy idrok etishdan boshlanadi va u ratsional bilish bosqichida
ahamiyatini saqlab qoladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish