Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

3. P
 
 r o t e stantizm
 
oqim
 
 i .
Protestanizm tarixi 
Martin Lyutyerda
n (1483-1546)
boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant
cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra,
insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy
hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan
Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi
chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga
cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy
e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi,
ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina
lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi.
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas
murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan,
mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari
bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir
xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.
Asrorlardan faqat 
cho’qinish
va 
mansublik
(cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat
va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo’ldi.
Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar.
M. Lyuter
tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida
yozib bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib
qo’yilgan. Mana shu tezislardan biri: Iso payg’ambar: 
«Tavba qiling, chunki samoviy
shohlik yaqinlashib qoldi»
deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon keltirganlar
hayoti boshdan-oyoq to’xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo’lmog’i darkor.


Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi
to’rt tezisda,
Lyuter
ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina
xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi.
Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hech qaysi
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun
joriy qilinadi (belgilanadi). Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof
ustidan hukmronligi rad etiladi.
«Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab
qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni Xudo
gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz ham
bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin.
Lyuter
bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chekkan
xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo joriy
etilmaydi».
Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyuterning
ta’kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag’allar uchun emas
boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o’z amallari
bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter
sarob deb ataydi.
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li
ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba
qilmoqdadir.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan
iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish