aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali
voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.
Real va virtual borliq.
Borliqning biz uchun
mavjud qismi real borliq
deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning
shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin.
Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda.
Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi.
Tabiiy va ijtimoiy borliq.
Tabiiy borliq
deganda odatda atrofimizdagi
jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy
borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy
borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi
tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar
(jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi hosilaviy tabiiy borliq. Uni
ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.
Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kuzatish
mumkin:
- inson borlig‘i - insonning narsalar dunyosidagi borlig‘i va maxsus insoniy
borliqdan iborat;
- ma’naviy borliq - individuallashgan va ob’ektivlashgan (individuallikdan
tashqaridagi) ma’naviy borliqdan iborat;
- sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig‘i
hamda jamiyatning borlig‘i - ijtimoiy borliq.
Olamda nimaiki mavjud bo‘lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma’noda
«yaxlit dunyo» ni tashkil etadi va uni ba’zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi.
Forobiy barcha mavjud narsalarning yig‘indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma
narsaning umumiy jinsi olamdir» va «olamdan tashqarida hech nima yo‘qdir» deb
hisoblagan. YAxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob
berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch
xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga monistik,
dualistik va
plyuralistik konsepsiyalar kiradi.
Monizm
(yunon. monos - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida
bitta manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm
tarafdorlari bu manba
moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm
tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma’naviy, ilohiy
substansiya yotadi deyishadi.
Dualizm
(lot. dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida
ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma’naviy, ilohiy) negiz yotadi,
deb hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan,
uning fikricha, dunyoning asosida
materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol,
aktiv, yaratuvchan negizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: