nomlangan ko‘p jildlik ma’ruzalari mashhur. Xegel o‘z falsafiy tizimini
mutlaq g‘oya
asosiga quradi; uning uchun barcha mavjudlikning
asosida qandaydir qiyofasiz,
nosub’ektiv ruhiy ibtido yotadi - ana o‘sha mutlaq g‘oya. Mutlaq g‘oya esa tabiat,
ijtimoiy hayot va uning barcha ko‘rinishlari mohiyatini tashkil etadi. Nafosat ham
muayyan taraqqiyot bosqichidagi g‘oyaning o‘zi. Mutlaq g‘oya to tabiatga kirib
borguniga qadar sof mantiqiy shaklda rivojlanadi. So‘ng u o‘zini tabiat sari
begonalashtiradi, keyin yana o‘ziga, ruhiy olamiga qaytadi. Biroq, bu qaytish shu
lahzagacha bo‘lgan barcha taraqqiyot hodisalari bilan boyish vositasida ro‘y beradi.
Taraqqiyotning ana shu uchinchi bosqichida mutlaq g‘oya zaruriy muayyanlikka ega
bo‘ladi. Muayyanlashuv shaklini g‘oya sub’ektiv, ob’ektiv va, nihoyat, mutlaq ruh
qiyofasida qo‘lga kiritadi. Muayyan ruhning bu uch shakli nafaqat inson ongini, balki
turli insoniy faoliyatlar hamda insoniy aloqalar va
munosabatlar mohiyatini ham
tashkil etadi. g‘oya taraqqiyotining oliy bosqichi mutlaq ruh hisoblanadi. Mutlaq ruh
o‘zi uchun o‘zini predmet qilib, o‘zi uchun o‘z mohiyatini ifodalashdan boshqa hech
qanday maqsadga ham, faoliyatga ham ega bo‘lmagan erkin, haqiqiy, cheksiz ruh. U
tashqi va hissiy mushohadada tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar asosidagi
tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Xegelning fikriga ko‘ra,
san’atning ibtidosi
- me’morlik; u ramziy shaklga
kiradi, zero his etiluvchi material g‘oyadan ustun turadi,
shakl va mazmun
muvofiqligi yo‘q. Bunda me’mor foydalanadigan noorganik material ma’naviy
mazmunga bir shior, xolos. Haykaltaroshlikda, nisbatan san’atning
yuksak turi
sifatida, inson vujudida erkin ma’naviylik o‘z aksini topadi. Bunda g‘oya ruhga
munosib ifoda bilan singishib ketadi, his etiluvchi qiyofa va g‘oyaning to‘liq
uyg‘unligi kuzatiladi. haykaltaroshlik san’atning mumtoz shakli bo‘lib, unga yaqini-
rangtasvirdir. Uning tasviriy vositasi moddiy substrat (tosh, yog‘och va h. k.) emas,
balki rangin yuza, jiloning jonli tovlanishi. Rangtasvir moddiy jismning his etiladigan
makondagi to‘laligidan qutiladi, zero u birgina yassilik bilan o‘lchanadi. Makondan
to‘liq qutilish musiqada ro‘y beradi. Uning materiali tovush,
tovushli jismning
tebranishi. Material bu erda makoniy emas, zamoniy ideallik tarzida namoyon
bo‘ladi. Musiqa hissiy mushohada chegarasidan chiqib, faqatgina ichki kechinmalar
doirasini qamrab oladi.
Nihoyat so‘nggi,
romantik san’at
- she’riyat yoki so‘z san’atida tovush o‘z
holicha hech qanday ma’no anglatmaydigan belgi sifatida yuzaga chiqadi. Poetik
tasvirning asosiy unsuri shoirona tasavvur. SHe’riyat (badiiy adabiyot) hamma
narsani tasvirlay oladi. Uning materiali jo‘ngina
belgi emas, ma’no sifatidagi,
tasavvur sifatidagi tovush. Biroq material bunda erkin, o‘z holicha emas, balki ritmik
musiqiy qonunlarga binoan shakllanadi. SHe’riyatda go‘yo san’atning hamma turlari
bir-bir takrorlangandek; epos sifatida u tasviriy san’atga mos - xalqlar tarixini boy
obrazlar va rangtasvirli manzaralar bilan bafurja hikoya qiladi;
u lirika sifatida -
musiqa, zero u qalb holatini aks ettiradi; nihoyat u dramatik she’riyat sifatida mazkur
ikki san’atning birligi, zero harakatdagi, ziddiyatli manfaatlar,
insoniy xarakterlar
orasidagi kurashni ko‘rsatadi. SHuningdek, Xegel nafosatshunoslikning asosiy
mezoniy tushunchalar, ideal va boshqa muammolar borasida ham teran fikrlar bayon
etadi. Umuman, olmon mumtoz estetikasi insoniyat tafakkuridagi muhim taraqqiyot
bosqichi sifatida katta ahamiyatga ega.