Prognoz qilish
–
bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar
olish jarayoni
Ratsionalizm
– aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan
falsafiy yo`nalish.
Reduksionizm
– murakkab narsa yoki hodisani
soddaroq narsa yoki hodisaga
bog‘lash.
Relyativizm
–
bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni
nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya
– o‘z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Sakral
– muqaddas.
Sensualizm
– hissiy bilishning rolini oqilona bilishning ahamiyatidan ustunroq
qo‘yuvchi falsafiy yo`nalish.
Simvol
– biron-bir g‘oyani ifodalovchi belgi, obraz.
Sinkretizm
-
qismlarga ajralmaganlik, biron-bir hodisaning
noraso holati bilan
belgilanadigan har xil jinsli elementlarning aralashuvi.
Skeptitsizm
– inson bilimining ishonchliligiga
shubha bildiruvchi va barcha
haqiqatlarni nisbiy deb e’lon qiluvchi falsafiy konsepsiya.
Stereotip
– ko‘pincha jamiyat tomonidan faol ilgari
suriladigan va individ
tanqidsiz qabul qiladigan borliqning nisbatan barqaror va soddalashtirilgan obrazi.
Substansiya
–
birinchi asos, barcha narsalar va hodisalarning mohiyati.
Ssientizm
–
madaniyat tizimida, jamiyat hayotida fan rolini mutlaqlashtirish.
Tabu
–
biron-bir narsa, harakat, so‘zga nisbatan belgilanadigan diniy taqiq.
Do'stlaringiz bilan baham: