Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

8-mavzu. Estetika nazariyasi.
Reja
1. Estetika tushunchasi mohiyati.
2. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolutsiyasi.
3. Estetika va dizayn. Tabiat estetikasi va lanshaft dizayz.
4. San’at antropogenez omili. San’atdagi inqiroz(degumanizatsiya).
“Estetika” (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab olmon
faylasufi Aleksandr Baumgarten (u G‘arbiy Evropa falsafiy tafakkurida muhim o‘rin
tutgan Volf maktabi namoyondasi hisoblanadi)ning “Estetika («Aesthetica»)” nomli
ikki tomlik asari (1750-1758 y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani
bilishning yuksak darajasi hisoblangan mantiqdan farqli o‘laroq, hissiy bilishning
quyi darajasidagi fan sohasiga tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada
aniq tasavvurlarga, estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga
asoslanadi. Buning birinchisi – aql muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga


tegishlidir. Biroq, insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada
orqali ro‘y beradi, so‘ngra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi. SHunga ko‘ra,
estetikaning predmeti – go‘zallik, mantiqniki – haqiqatdir. 
Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik san’at
falsafasiga nisbatan keng qo‘llanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix Gegel va
boshqa faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning predmetini aniqlashda
go‘zallik masalasi bilan boshlangan mulohazalar to g‘oyalar olamining falsafiy
mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan bog‘lanib ketdi. SHuning uchun ham
ko‘pchilik nazarida Baumgarten “estetikaning asoschisi” sifatida tilga olinadi.
Ammo, nemis faylasufi Teodor Lipps estetikani mohiyatan “nemislarga xos fan”
ekanligini ta’kidlagani holda Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar
faylasuf - Gotxold Efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant, Fridrix
SHillerni ko‘rsatib o‘tadi. U Immanuil Kant “estetikaning asoschisi” sifatida birinchi
bo‘lib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan “hudud”ning chegarasini
belgilab berdi. SHundan keyingina estetika masalalari Kantning idealistik falsafasi
bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, “Estetika fan emas, uning mazmuni fanning
ilmiy talablariga javob bermaydi”, - degan fikrlar estetikaning mohiyatini
tushunmaslik natijasida kelib chiqqan fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obektiv
bilimlar tizimi; uni ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan tabiat
va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan
sifatida o‘zining qonuniyatiga, kategoriyalariga va tushunchalar tizimiga ega. Biroq,
“Estetika – go‘zallik haqidagi fan” deyish asl mohiyatni anglatmaydi. Aksincha,
estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu voqelikka dahldor go‘zallik
tuyg‘ularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui; b) borliqni hissiy
idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va his qilish, qadriyatlarni
bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. 
Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqarida
qo‘llanilganda ko‘plab ma’nolarni anglatishiga sabab ham ana shunda. Qolaversa,
boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga umumiy zaruriyat yuzasidan kundalik
faoliyatda kerak bo‘ladigan narsa-hodisalarni (chiroyli bo‘lish, orasta kiyinish, ozoda
yurish, nafis harakat qilish kabi masalalar bilan estetikaning muayyan sohasi
shug‘ullanadi) emas, balki estetika fan sifatida estetik tarbiyani takomillashtirish,
badiiy tafakkurni rivojlantirish, odam tuyg‘usini tarbiyalash, uning did-fahm-
farosatni yuksaltirishga qaratilgan fundamental masalalarning ilmiy-nazariy
asoslarini o‘rganish va echimini topishga e’tibor beradi. Zero, estetikaning mavjudlik
shartini nafosatshunos O.A.Krivsun ”Qaerdaki inson tafakkuri va tabiat hodisasi
tufayli yaratilgan predmetlar olamini xis etish yoki undan zavqlanish tuyg‘usi sodir
bo‘lar ekan o‘sha erda “estetik jarayon”, “estetik hodisa” ro‘y beradi” – deb
izohlaydi. SHu ma’noda, qaerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi, yashashdan
maqsad yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini anglashga ehtiyoj
sezilsa, o‘sha erda estetika mavjuddir, desak noto‘g‘ri bo‘lmaydi.
Estetika predmeti, obekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma’lumki, barcha
fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini
tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi.


Olaylik, salomatlik tibbiyotning maqsadi bo‘lsa, uning predmeti - inson salomatligini
asrash, mustahkamlash, himoya qiluvchi vositalar, hodisalar, omillar hisoblanadi.
Biroq, estetikaning predmetini tibbiyotnikidek bir so‘z bilan ifodalash qiyin.
Mohiyatan insonni paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik
xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning
qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib
xizmat qiladi. CHunonchi, Immanuil Kantning nazarida estetikaning predmeti – bu
san’atdagi go‘zallik bo‘lib, u estetik muhokama qobiliyatini tanqid sifatida namoyon
bo‘ladi. Fridrix Gegel esa estetikaning predmetini umuman san’at, xususan tasviriy
san’at bilan cheklab qo‘yadi. SHu ma’noda estetikaning predmeti – olam va uning
umuminsoniy ahamiyatiga ko‘ra o‘rganiladigan estetik hodisalar hisoblanadi. Biroq,
estetikaning predmeti estetik tajribaning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va
ahamiyatini har tomonlama tadqiq etishni, shuningdek, insonning bir oz bo‘lsada
o‘zining ma’naviy olamga tegishli ekanligini, global ijtimoiy-utilitar tobelikdan halos
bo‘lish yo‘llarini anglashni, shaxsiy erkinligi va mutloq va uyg‘un to‘laqonli
hayotning bir qismi ekanligini his qilishga qaratilgan masalalar bilan belgilanadi. 
Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga xos
muammolari doirasida baxs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi va o‘rgatadi. Ularning
asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Ushbu funksiya badiiy ijod bilan
shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa, ranglar jilosini xis
qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan ushbu funksiyaning
ta’sirida ro‘y beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga
ko‘mak beradi.
2. Bilish funksiyasi. Bu funksiya san’at asarini bilish va baholash faoliyati
natijalarini, semantik va pragmatik axborotni etkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan
saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishda
muhim ahamiyatga ega.
3. Yaratuvchanlik funksiyasi. Bu funksiya yangi ko‘rinishdagi iqtisodiyotning
estetik asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni
namoyon etishga imkon beradi Ayniqsa, go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish,
xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish
orqali insonni ma’naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladi.
4. Metodologik funksiyasi. Mazkur funksiya badiiy asarda aks ettirilgan voqea-
hodisaning mohiyatini o‘quvchiga to‘laqonli etkazish imkonini beradi, asarni bilish
va uni xuddi hayotdagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu
funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy reallik idrok etiladi.
Masalan, teatr asarini tomosha qilish jarayonida tomoshabin bir paytning o‘zida ham
sahna bezaklariga, ham aktyorlarning kiyimlariga, ularning xatti-harakatlariga
sinchkovlik bilan nazar tashlaydi, va bu holatlarning barchasini estetik tasavvuri
orqali mutanosib holga olib kelishga intiladi. Asar rejissyori, operator, rassom, chiroq
ustasigacha barcha ijodkorlar estetik masofaning ahamiyatini hisobga olishi shartdir.
CHunki, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. SHu bois badiiy asar inson
tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa


tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi. U hayajonlanadi, qalbi
ravshan tortadi. Ushbu masalalarni o‘rganish, tahlil qilish estetikaning metodologik
funksiyasiga kiradi.
Bugungi kun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha sohalarida estetikaning u
yoki bu tamoyili ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, iqtisodiyot va
bozor munosabatlarida go‘zallikni qiymat kasb etuvchi mexanizmga aylanishi
tamoyili sohaga estetik tamoyillar kirib kelayotganligini ko‘rsatadi. “Falsafa.
Qomusiy lug‘ati”da “prinsip” tushunchasining ma’nosi “turli ahamiyatga ega bo‘lgan
faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori; har qanday xatti-harakat, xulq-atvor
va faoliyatning boshlang‘ich qoidalari” deb izohlangan. Ushbu izoh estetika fanining
prinsiplariga xos mazmunni ham anglatadi. Odatda, estetikaning quyidagi an’anaviy
prinsiplari mavjud. Bular: 1.Uyg‘unlik (garmoniya) tamoyili; 2.YAxlitlik (butunlik)
prinsipi; 3.Ifodalilik (obrazlilik) prinsipi; 4.Maqsadga muvofiqlik prinsipi. Ushbu
prinsiplar orasida estetik munosabatlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va
maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin.
Uyg‘unlikning falsafiy-estetik mazmuni ilmiy adabiyotlarda “garmoniya” 
tushunchasi bilan ham izohlanadi. Milliy estetikamizda mazkur tushunchaning estetik
mohiyati ko‘pchilik olimlar tomonidan ilmiy tahlil qilingan. Bular orasida faylasuf
Tilab Mahmudovning mulohazalari bir qadar diqqatga sazovor. Faylasuf uyg‘unlikda 
nomutanosiblik xususiyati, garmoniyada disgarmoniya alomatlari borligini uqtiradi. 
SHunday narsa-hodisalar borki, uning tarkibiy qismlari uyg‘un bo‘lmasa ham go‘zal 
tasvirni bera oladi. Bundan tashqari, uyg‘unlik buzilishi, nomutanosiblikka 
asoslangan garmoniyalar bo‘lishi mumkin. Gap ana shu hayotiy predmetning 
mutanosibligi inson hayotining yo‘nalishi bilan qanday munosabat va 
aloqadorligidadir. Agar faylasufning narsa va hodisalar tashqi ko‘rinishidan bizga 
uyg‘un ko‘rinmasligi mumkin, lekin o‘z ichki uzviy birligi va mutanosibligi bilan 
ma’lum garmoniyaga ega bo‘lishi

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish