Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Sabab va oqibat 
- olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi,
ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va
oqibat bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir.


Sabab
olamning harakati va biron-bir vaqt doirasida bo‘lgan o‘zgarishdan
so‘ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy
hodisani anglatadi.
Oqibat
esa hodisalar zanjirida sababning ta’siridan vujudga
keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir. Sabab va oqibat bog‘lanishi ob’ektiv
xarakterga ega bo‘lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda amal qiladi. Masalan,
ming yillar davomida Er kurrasidagi iqlimiy sharoitning o‘zgarib borishi o‘simlik va
hayvonot dunyosining o‘zagarishiga sabab bo‘ldi. YOki qadim zamonlardan boshlab
mehnat qurollarining takomillashtiriluvi mehnat unumdorligining oshishiga ham,
ishlab chiqarishning rivojiga ham, pirovardida esa insoniyat taraqqiyotiga ham sabab
bo‘ldi.
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati
shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta
hodisa yoki voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Erning quyoshga nisbatan hozirgi
holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o‘z
o‘qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‘zgarib turishiga sababdir.
Binobarin, sababiyat yoki sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha narsa va
hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir. Sababiy
bog‘lanishlarni «bahona» va «shart-sharoit» singari tushunchalar bilan almashtirish
mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‘rtasidagi
bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki,
xolos. Sababni voqelikka aylanishi, biron-bir oqibatni kelib chiqishi uchun ikkinchi
darajali ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Masalan, birinchi jahon urushi boshlanib ketishiga
gersog Ferdinandning o‘ldirilishi bahona bo‘lgan. Urushning kelib chiqishiga haqiqiy
sabab aslida muayyan davlatlar o‘rtasidagi raqobatning keskinlashganligi hamda
bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib olishga qaratilgan siyosatning yuritilishi edi. Har
bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi uchun, albatta, ma’lum shart – sharoit
zarur bo‘ladi. Lekin, shart – sharoit oqibatning sababini anglatmaydi. SHart – sharoit
– muayyan oqibat tug‘ilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi holat bo‘lib, sababni oqibatga
aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart – sharoitning o‘zi oqibatni
keltirib chiqarmaydi.
Olamdagi moslik, o‘simlik va organizmlarning muhit, shart – sharoitga
moslashganligi ba’zi organizmlarni muhitga ko‘ra hatto o‘z rangi, tashqi qiyofasini
o‘zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba’zi kasalliklar fasllar,
quyosh fa olligini oshishi hollari bilan bog‘liq ravishda kuchayishi kabi hodisalar
sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‘zining evolyusion ta’limotini,
turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu maqsadga
muvofiqlik hodisasi ilmiy o‘rganish asosida yaratgan edi. 
Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda
mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi.
Kategoriyalarda kishilik jamiyati ko‘plab avlodlarining tajribasi va faoliyati
mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar
bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar quyidagi
ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va
sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish