SHarqi allomalaridan al-Kindiy farosatning hikmati, fazilati va ahamiyatiga doir “Risolai fil farosa”
(X asr) deb nomlangan maxsus asar yozgan bo‘lsa, Husayn Voiz Koshifiy o‘zining mashhur
“Axloqi muxsiniy” asarining 34-bobini “Farosat bayoni”ga bag‘ishladi. SHuningdek, turkiy tilda
Uzun Firdavsiy (XVI asr)ning “Farosatnoma” asari ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga boyligi bilan
ahamiyatlidir. Manbalarda hakimlardan biri tomonidan taqdim etilgan farosat to‘g‘risidagi kitobni
shoh Anushirvon har doim o‘zi bilan olib yurgani va hamisha u kitobni mutolaa qilib, uning
mazmuni bo‘yicha hukm chiqarganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi sanaladi. Farosat o‘ziga xos
estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga borib taqaladi. Odatda, yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘ra-bilib
turib, yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yo‘lga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini
echmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz. SHunga ko‘ra, fahm - aqliy,
farosat - axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi,
tabiiy-tug‘malikka borib taqalsa-da, ular o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali
ro‘yobga chiqaradi. SHuning uchun SHarq allomalari tarbiya jarayonida farosatning zarurligi
masalasiga jiddiy e’tibor qaratganlar.
CHunonchi, SHarqning buyuk voizi, notiqlik san’ati nazariyotchisi Husayn Voiz Koshifiy
“farosat” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga “biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko‘rib
aniqlashdir. Istilohiy ma’nosi esa umumiy bo‘lib, joning su’ratidagi zohir holini mushohada qilib,
uning ichki mohiyatidan ogoh bo‘lishdir”, - deya ta’rif beradi. U hatto farosat hukumat ishlari
orasidagi ulug‘ shartlardan biri ekanligini e’tirof qilib, biror bir voqea haspo‘shlanganda, asl
mohiyati pinhon tutilganda va adolat mezoni buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani
farosat nuri bilan topib, da’vogarlar so‘zlariga e’timod qilmasligini uqtiradi.
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulug‘larning “Hukumat ziynati farosat
zevari bilan go‘zaldir” degan qoidasiga asoslanadi. Ikkinchi jihatida esa “Har bir narsa farosat
ahlidan yashirin emas, farosat Haq Taoloning mo‘min bandaga bergan nuri” degan tamoyil ustuvor.
Bu tamoyilning mohiyatini esa payg‘ambarimiz (s.a.v)ning “Qo‘rqinglar mo‘min farosatidan, u
Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga eta oladi”, - degan hadis asoslaydi.
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shariy farosat bo‘lib, unda pok va sof
ko‘ngilli kishining ko‘zidan ko‘tarilib, farosat nuri bilan haqiqatni anglab etadi. Ikkinchichi -
hukmiy farosat bo‘lib, donishmanlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarini kishining shakli va
shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar. Odatda, aksariyat holllarda bu usul kishi haqida to‘g‘ri
ma’lumotni bergan. Alloma har ikkala farosatga shoh Anushiravon va Aflotun hakim hayoti bilan
bog‘liq talaygina misollarni keltiradi ... Alloma inson aksar ish binosini farosat dalillariga qo‘yish
kerak va o‘zining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi lozim. CHunki, tashqi
ko‘rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar Haqdan fayzu ilhom topib, o‘z
ahvolini o‘zgartirganlaridan voqif va ogoh bo‘lishga harakat qilish zarurligini uqtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: