E.Dyurkgeymning anomiya (qonunsizlik) konseptsiyasi, F.Tennis, M.Veber, G.Zimmel,
ekszenstentsial va fenomenologik sotsiologiya asoschilari ta’limotlarida begonalashuv va
jamiyatdagi inqiroz hodisalarining o’zaro aloqadorligi to’g’risidagi fikrlari.
Ijtimoiy hayotning
muayyan sohalarida xulq-atvorning aniq andozalari bo’lmasa, anomiya kelib chiqadi. Anomiya
Dyurkgeym tomonidan asoslab berilgan o’z-o’zini o’ldirishning turlaridang biri bo’lib, bunda o’z-
o’zini o’ldirish yirik ijtimoiy larzalar, iqtisodiy inqirozlar davrida sodir bo’ladi. Individ
tushkunlikka tushadi, yangi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga moslasha olmaydigan irodasi bo’sh, e’tiqodi
past ikkilanuvchilar o’rtasida umuman, yo’lini yo’qotgan individlar orasida ko’proq uchraydi.
Begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari. S
otsiologiya fanining muhim
masalalaridan hisoblanib, unibir qator taniqli sotsiologlar o’z tadqiqotlarida
o’rganganlar.Zamonaviy jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish
mumkin.
1.Iqtisodiy
2.Siyosiy.
3.Madaniy.
4.Ijtimoiy.
5. psixologik.
Ushbu begonalashuv turlari o’zlarining mahlum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy
begonalashuv uchta shaklga ega:
1. Faoliyatdan begonalashuv.
2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashuv.
3.Faoliyat natijalaridan begonalashuv.
Siyosiy begonalashuv siyosiy hokimiyatdan; madaniy begonalashuv-mahnaviyatdan va
madaniyatdan; ijtimoiy begonalashuv muloqotdan, insonlarning bir-biridan; psihologik
begonalashuv o’z-o’zidan begonalashuvdan iborat bo’ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birilariga bog’lik hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab
chiqarish surhatlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketsa, narxlar
tez surhatlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tanglik vujudga kelsa,
biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, degan fikrga kelishimiz mumkin.
O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, tanazzul ham chuqurlashib boraveradi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bir qarashda bu
taraqqiyot uchun qo’yilgan katta qadamdir.
Lekin bunda ijtimoiy mulkka asoslangan shunday ishlab chiqarish munosabatlari
shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishvositalaridan uzoqlashib,
asta-sekinlik bilan
o’z mehnatining natijasidan begonalashib boradi. Endi
bu
ishlab
chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm ta’limoti bo’yicha, xususiy
mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik
qilishlari kerak edi. Lekin
ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi.
Siyosiy
hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini endi davlat mulkiga aylantiradi. 73
yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk mutloq davlat mulki edi, bu mulk
esa
mulkchilikning Eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Mehnat kishisi xususiy mulkdan begona
etilgan edi. Siyosiy jabhada ham jamiyatning ko’pgina a’zolari siyosiy hokimiyatdan
begonalashtirildi. Ya’ni, siyosiy hokimiyat bu – xalq hokimiyati, umumxalq hokimiyati, deb ehlon
qilingan bo’lsada, aslida u mahlum bir guruh – elitaning xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida
butun bir xalq davlat siyosiy hokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan
nomenklaturaning orasida ulkan jarlik paydo bo’ldi. O’z navbatida bu jarayonlar chuqur ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy tanazzulni keltirib chiqardi, totalitar davlat o’z-o’zidan parchalanib ketdi.
Jamiyatda sog’lom muhitni yaratishda
ma’naviyat va madaniyatning roli katta. Madaniy
sohadagi
begonalashuv ham
anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma’naviy
tanazzulni keltirib chiqaradi. Chunki u individlarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishlariga salbiy
tahsir ko’rsatadi. Agar jamiyat azolari o’z ma’naviyatlari, boy madaniy meroslaridan
uzoqlashib ketib, undan
begonalashsalar, ular o’zlarining
kelib chiqishlaridan tortib, to o’z
millatlarining milliy urf-odatlari, an’analarini inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o’tmishimizga
murojaat etsak, ushbu mulohazalarimizning yaqqol isbotini ko’ramiz. Masalan, boy madaniy mero-
simizdan begonalashuvimiz, atoqli adib Chingiz Aytmatovning ta’biricha, bizlarni manqurtlarga
aylantiray dedi, ya’ni biz o’z xalqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari
jasoratlaridan, dinimiz va o’zligimizdan uzoqlashib qoldik.
Davlatimiz
mustaqillikka erishib, madaniy
begonalashuvni bartaraf etishni
boshladik. Sotsiologiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan ijtimoiy begonalashuv insonlarni
muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga keladi. Inson O’z mohiyatiga ko’ra
ijtimoiy xususiyatga egadir. O’zaro faoliyat tufayli paydo bo’lgan ehtiyojlar asosida insonlar doimo
bir-birlari bilan munosabatlarda, muloqotlarda bo’ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma’nosi shundaki,
u madaniyat shakllari va ijtimoiy
tajribalarni uzatish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ruhiy begonalashuv
- bu insonning o’z
mohiyatidan uzoqlashishidir. Bu muammoni
nemis mutafakkiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Zamonaviy jamiyatni E.Fromm inson
mohiyatini "mashinalashtirish", "kompyuterlashtirish" va «robotlashtirish» jarayonlari tufayli
begonalashuvning bir mahsuli deb ta’riflaydi.
Psixologik
va ijtimoiy begonalashuvni bir-birlariga yaqinligi shundaki, insonlar o’zaro
munosabatlarda
va amaliy muloqotda begonalashsalar, o’z-o’zlaridan begonalashuv
ham yuz beradi. Chunki insonlarning bir-birlaridan begonalashishlari oqibatida ularda ikkilanish,
zerikish
va hayotga qiziqishni so’nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida
insonning o’z kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo’qolib, u o’zini begona deb
hisoblaydi
va bu jarayon ko’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari tezroq
ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina, jamiyat ijtimoiy sog’lom sharoitda
taraqqiy etadi va salbiy hodisalarning tahsiri
o’z vaqtida bartaraf etiladi. Masalan,
mehnatdan begonalashishni bartaraf etish
uchun birinchi navbatda insonlarning o’z mehnatlari
natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa mehnatga bo’lgan munosabatlarini
tubdan o’zgartirib, ularni qiziqish va kuch g’ayrat bilan ishlashlarini tashkil etish kerak. Ishlab
chiqarishni boshqarishdan begonalashuv muammosini bartaraf etish ham juda muhim ma’no kasb
etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini chuqur demokratiyalashtirish, korxona,
tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv
tizimlarini ijtimoiy adolat me’yorlari
bilan takomillashtirish va ishchi xizmatchilarga xo’jalik egasining aniq vazifasi, huquqi
hamda mas’uliyatlarini topshirish kerak.
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni
takomillashtirib
borish, jamiyatning har bir ahzosi mahnaviy qadriyatlardan yaxshi xabardor
bo’lishi va madaniy qurilishga yetarli mablag’ ajratilishini tahminlash zarur. Ijtimoiy
begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarni bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarini
haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish kerakki, shunda har bir inson boshqalar uchun
kerakligini chin yurakdan his qilsin. Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari
ijtimoiy
begonalashuvni bartaraf etishning uzviy davomidir. Inson o’zini kimgadir kerakligini ruhan seza
olsagina u hech qachon tushkunlikka tushmaydi va yakkalanish, iztirobga tushish xavfidan halos
bo’ladi. Oqibatda uni o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan begonalashuviga deyarli hech qanday sabab
qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |