SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. Masalan: «Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo‘linadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |