Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Alohidalik, xususiylik va umumiylik



Download 7,24 Mb.
bet60/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Alohidalik, xususiylik va umumiylik - narsa va hodisalar, ularning bir-biriga o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalar; olamga xos munosabat va aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‘zaro birlikni ifodalovchi umumiy tomonlarni ifodalaydigan tushunchalar.
Alohidalik kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq, yagona takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi. Mazkur kategoriya tabiat va ijtimoiy hayotdagi narsa, alohida hodisa, juz’iy fakt va yagona voqea haqidagi tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an’ana, milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin bo‘lmagan ayrimlikdir. SHuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi – yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‘ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrimlikni ifodalaydi. Alohidalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga xos belgilar bilan, ayni paytda materiyaning konkret ko‘rinishlari, predmet, voqea va protsesslarni o‘xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud.
Umumiylik kategoriyasi narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy takrorlanadigan belgilar va xususiyatlar yig‘indisini bildiradi. Bu kategoriya narsalarning kelib chiqish jihatidan umumiy ekanligini, ular taraqqiyot umumiy zanjirining uzviy bog‘liq xalqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunishi mumkinligini anglatadi.
Masalan, har qanday o‘tish davri eski jamiyatdan yangisiga o‘tish muammolarini hal etilish shakli bo‘lib, uning mazmuni mavjud ijtimoiy, iqtisodiy munosabat, tartiblarni tubdan o‘zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‘zbekistondagi hozirgi o‘tish davrida ham ana shunday o‘zgarish amalga oshmoqda, ammo bu jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas, umumiylik ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va jarayonlarga xos bo‘lgan ichki qonuniyatni, umumiy asosni, o‘xshashlikni anglatadi.
Xususiylik – narsa yoki hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma’lum bir munosabatda umumiy, boshqasida esa alohidalikdir.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. YA’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. SHu nuqtai nazardan, butunni umumiylik, qismni yoki elementni alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ‘ibiy jihatdan «butun», «qism», element» larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. SHunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki uzili sifatida olib qaralishi kerak.

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish