Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Temur va temuriylar davri nafosatshunosligi



Download 7,24 Mb.
bet140/427
Sana14.02.2022
Hajmi7,24 Mb.
#448183
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   427
Bog'liq
falsafa majmua

Temur va temuriylar davri nafosatshunosligi. XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada yuksaklikka erishgan edi. Afsuski, mug‘ul bosqini Turkiston, Mavorounnahr, Rum, Huroson singari gullab-yashnab turgan o‘lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazzulga yuz burdi, ne-ne shaharlar er yuzidan izsiz yo‘qoldi, musulmon SHarqi zulmat ichida qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg‘onish boshlandi. Sohibqiron bobomiz yuritgan oqilona siyosat butun mintaqada ma’naviy yuksalishga olib keldi. SHu bois Temur va temuriylar davri ilm-fan va san’atning oltin davri hisoblanadi. Bu davr nafosatshunosligida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning o‘rni o‘ziga xos.
Alisher Navoiy (1441-1501) o‘z asarlarida ichki va tashqi go‘zallik g‘oyasini ilgari suradi. Allomaning «Hamsa»sidagi bosh qahramonlar ana shunday komil go‘zallik egalari. Umuman, Navoiy ham, boshqa ko‘pgina SHarq mutafakkirlari kabi insoniy go‘zallikni ichki go‘zallikda, hulqiy go‘zallikda ko‘radi.
Navoiy so‘zga alohida e’tibor beradi, uni ko‘ngil qutisi ichidagini gavhar deb ataydi, hatto falak jismining joni deydi:
Ko‘ngul durji ichra guhar so‘zdurur,
Bashar gulshanida samar so‘zdurur.
Erur so‘z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham.
«Majolis un-nafois», «Me’zon ul-avzon» asarlarida Navoiy ana shu mohiyatan muqaddas bo‘lgan so‘zdan foydalanish san’ati haqida fikr yuritadi. «Me’zon ul-avzon» aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo‘lsa, «Majolis un-nafois» tengi kam tazkira sifatida estetikaka aloqadordir. Unda Navoiy 450 nafardan ortiq shoir ijodiga to‘xtalib o‘tadi va ular ijodi uchun xarakterli bo‘lgan misollarni keltiradi. Ayni paytda, tazkirada din, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o‘z aksini topgan. CHunonchi, tazkiraning temuriy shahzoda shoirlarga bag‘ishlangan etinchi majlisida Amir Temur didi haqida fikr yuritar ekan, shunday deydi: ... agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytgancha bor. Bu parchadagi andak mubolag‘adan qat’i nazar, Navoiy shoirona, estetik did tom manodagi estetik idrok egasi bo‘lishni, to‘g‘ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim etuvchi ba’zi nazmbozlardan yuqori qo‘yganini fahmlab olish qiyin emas.
Umuman o‘sha davrda yozilgan san’at turlariga doir risola va tazkiralarni o‘nlab emas, yuzlab sanash mumkin. Tasviriy san’at o‘zining sharqona ko‘rinishi-miniatyura janrida yuksak darajaga ko‘tarildi. Hirotda »Nigoriston» miniatyura maktabi vujudga keldi. Uning etakchi rassomi Kamoliddin Behzod «SHarq Rafaeli» nomini oldi. Navoiy zamonasida barcha Hirot ahli, kasbi-koridan qat’i nazar, biror san’at turidan habardor edi. Nafis majlislarda yangi asar muhokamasi nihoyatda nozik didlilik bilan o‘tgan. Zayniddin Vosifiy o‘zining «Badoe’ ul-vaqoe’» asarida ana shunday nafis majlislardan birini keltiradi. Unda Behzod keyinchalik chizgan Alisher Navoiy suratining muhokamasi tasvirlanadi. Muhokamada Navoiy portreti fonidagi bog‘, qushlar va boshqa narsalarning tabiiy chiqqanligi, surat ulkan iste’dod mahsuli ekani o‘sha davrga xos nazokat bilan aytiladi..

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish