II. Etnik tasnif.
1. Urug‘-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2. Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), Konfusiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |