Mavzu: f I z I k



Download 333,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.03.2022
Hajmi333,11 Kb.
#513784
1   2   3   4
Bog'liq
Internet

Radio to’lqin orqali 
bog’lanish simsiz ulanish turiga kirib, maxsus antennalar 
yordamida amalga oshiriladi. Unda foydalanuvchi kompyuteriga radiomodem va 
antenna o’rnatiladi. Bunda ishlatiladigan qurilmalar narxi baland. Antenna provayder 
antennasini ko’rib turishi kerak. Ma’lumot olish tezligi 2 MbG’sek gacha bo’lgani bilan 
qabul qilish radiusi 5 kmgacha. Ma’lumotlarni qabul qilish sifati ob-xavoga xam 
bog’liq. 
Sun’iy yo’ldosh orqali 
ulanish bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi 
mumkin, chunki juda qimmat bo’lgan qurilmalar olishga to’g’ri keladi. Bular: Sputnikli 
antenna, DVB karta (sputnikli modem), konvertor va kabel. 
3.
 
Internetdan ma`lumotlarni izlash 
Internetga ma’lum bir ma’lumotlarni olish uchun murojaat qilinadi. Kerakli Web-
sahifani ochish uchun uning adresini bilish yoki unga murojaat qilgan boshqa sahifani 
ochish kerak. U ham, bu ham bo’lmasa 
izlash tizimi
ga (
poiskovыe sistemы
) murojaat 
qilish kerak. Izlash tizimi maxsus Web-tugunni tashkil qiladi. Web-sahifa 
ma’lumotlarining mazmuniga qarab foydalanuvchilar izlash tizimiga ma’lumot beradi. 
Izlash tizimi ma’lumotlarga asoslanib bu sahifaga murojaat qilgan gipermurojaatlarni 
ko’rsatadi. Izlash uslubiga asosan izlash tizimlari ikki sinfga bo’linadi: 

Kataloglar bo’yicha izlash
(
Poiskovыe katalogi
). Bu izlash uslubi mavzular 
bo’yicha izlashga moslashtirilgan. Foydalanuvchi bo’lim va qism bo’limlardan 
iborat ierarxik (pog’onali) struktura bilan ish yuritadi. Bu strukturaning quyi 
qismida ko’p bo’lmagan gipermurojaatlar mavjudki, ular foydalanuvchilarni 


befarq qoldirmaydi. Katalog bo’yicha izlash yuqori darajada sifatli izlash amalini 
ta’minlaydi. 

Indeks bo’yicha izlash
(
Poiskovыy indeks
). Bu izlash uslubida izlash kalit so’zlar 
bilan amalga oshiriladi. Izlash natijasida ko’rsatilgan kalit so’zlar asosida Web-
sahifaga murojaat etgan gipermurojaatlar to’plami (nabor) hosil qilinadi. Bu izlash 
uslubi keng masshtabli izlash amalini bajarish bilan farqlanadi. 
Ko’pgina 
zamonaviy izlash tizimlari o’zlarida ikkala uslubni ham 
mujassamlashtirgan. Ko’p hollarda izlash tizimi internetda ishlashni boshlovchilar 
uchun dastlabki vosita sifatida ishlatiladi. Ular orqali kerakli ma’lumotlarni izlab 
topishga harakat qilishadi. Shuning asosida Web-portal (Web-portalov) deb 
nomlanuvchi maxsus sahifa paydo bo’ldi. Web-portalda izlash tizimlariga murojaat 
qilish uchun qulay interfeys mavjud. Boshqacha aytganda Web-portal bu 
WWW
dagi 
darchadir. Mavzular bo’yicha tuzilgan portallar izlashni sinflarga bo’lib amalga 
oshirishga imkoniyat yaratadi.
Internet Explorer 5.0
dasturida izlash tizimlariga murojaat qilmasdan uni tashkil 
etadigan maxsus vositalari mavjud. Masalan, «Adres» panelidan to’g’ridan-to’g’ri 
izlash amalini bajarish mumkin. Buning uchun 
go, find
yoki 

va kalit so’zini 
(klyuchevoe slovo) yoki kalit so’zlar guruhini (nabor klyuchevыx slov) yoki tayanch 
iborani (klyuchevuyu frazu) kiritish kifoya. Bu holda izlash tizimi yordamida «izlash» 
amali jimlik qoidasiga (po umolchaniyu) asosan amalga oshiriladi.
Izlash amalining boshqa bir imkoniyati Microsoft kompaniyasi qo’llab-
quvvatlaydigan mini-portalga murojaat etish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu erda 
izlash foydalanuvchilarning xohishi bo’yicha mavjud izlash tizimlaridan foydalangan 
holda amalga oshiriladi. Bu izlash amalini bajarish uchun brouzerda «Obыchnыe 
knopki» uskunalar panelidagi qo’shimcha «Poisk» tugmasini bosib, «Poisk» panelini 
ochish kerak. «Poisk» panelining mazmuni 
Microsoft
kompaniyasining Web-tugunidan 
yuklanadi. Ushbu panelda tayanch iboralar va tayanch so’zlar ko’rsatilgan matn 
maydoniga kiritiladi. 
Izlash amali kerakli ma’lumotlarni topishni aniqlaydi. Masalan, Web-sahifani, 
ma’lum bir kishining adresini, kompaniyaning Web-tugununini boshlang’ich adresini 
yoki geografik xaritalarni aniqlash mumkin. 
Internetdan fayllarni qabul qilish 
Web-sahifalardagi gipermurojaatlar har xil turdagi hujjatlarni ko’rsatishi mumkin. 
Brouzer agarda ma’lum bir turdagi faylni chaqira olmasa (masalan, .exe kengaytmasi 
bilan bajariluvchi fayllar, .zip kengaytmali arxiv fayllar), u holda ushbu faylni 
kompyuterga chaqirish jarayoni boshlanadi.
Internet Explorer 5.0
dasturi ishining dastlabki etapida faylni ochish yoki diskda 
saqlash amallarini ko’rsatib faylni yuklaydigan (chaqiradigan) «Usto» (master) ni ishga 
tushiradi. 


Faylni «Ochish» («Otkrыtыe») deganda vaqtinchalik katalogda uni birdaniga 
chaqirishni va bajariladigan fayllar uchun to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirishni yoki shu 
turdagi fayllar bilan ishlaydigan dastur yordamida ochish tushuniladi. Faylni chaqirish 
jarayoni maxsus darcha orqali ifoda etiladi.
Bu holda faylni boshqaradigan «Usto» uchun Web-tugundan chaqirilayotgan 
faylning to’liq uzunligi ma’lum bo’lganda ish jarayonining shkalasi paydo bo’ladi.
FTP tugundan fayllarni chaqirganda bunday ma’lumotlar berilmaydi yoki ularni 
olib bo’lmaydi. Darchaning sarlavha satridan yoki «Panel zadach» tugmasining 
yozuvidan faylni chaqirish jarayonini kuzatish mumkin. Faylni chaqirish amali 
internetdagi Web-sahifalarni ko’rishga yoki boshqa amallarni bajarishga to’sqinlik 
qilmaydi. 
«
Zakrыt dialogovoe okno posle zaversheniya zagruzki»
bayroqchasi o’rnatilgan 
bo’lsa, fayl chaqirilgandan keyin darcha avtomatik tarzda yopiladi. Aks holda fayl 
chaqirilgandan keyin «Otkrыt» va «Otkrыt papku» tugmalari faollashadi. Bu tugmalar 
orqali hozirgina chaqirilgan faylni yoki uni saqlagan papkani chaqirish mumkin. 
«Otmena» tugmasi yordamida faylni chaqirishni ixtiyoriy vaqtda to’xtatish 
mumkin. 
Ko’p holatlarda ixtiyoriy foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan fayllar 
FTP
-
tugunlarida saqlanadi. 
FTP
-tuguniga murojaat qilish uchun uning 
URL
-adresini 
«Adres» panelida ko’rsatish kerak. Brouzer 
Internet Explorer 5.0
jimlik qoidasi 
bo’yicha 
anonim
qo’shilishni
(
anonimnoe
podklyuchenie
) ta’minlaydi. Bu holda faqat 
kataloglarni ko’rish va fayllarni chaqirish mumkin. Anonim chaqirishga ruxsat 
berilmagan bo’lsa, u holda ekranda muloqot darchasi paydo bo’ladi va unga 
foydalanuvchining ismi va parolini kiritish talab etiladi. 
FTP
-tugunning darchasi ekranda oddiy papka ko’rinishida bo’lib, unda masofadan 
ishlatilayotgan papkaning belgisi turadi. Faylni chaqirish uchun sichqonchaning o’ng 
tugmasini ishlatib kontekstli menyudan «Kopirovat v papku» komandasini tanlash 
kerak. Agarda ushbu 
FTP
katalog uchun hamma amallarni ishlatishga ruxsat berilgan 
bo’lsa, u bilan darchaning papkasi kabi ishlash mumkin. Faylni faqat to’g’ridan-to’g’ri 
bir tugundan ikkinchi tugunga ko’chirish mumkin emas 



Download 333,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish