Moddalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish xususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsialanish natijasida eritmada paydo bo‘lgan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar bo‘lgani sababli, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |