Mavzu: Estetik idrok


Estetik idrok xususiyatlari



Download 28,52 Kb.
bet2/5
Sana12.04.2022
Hajmi28,52 Kb.
#546503
1   2   3   4   5
Bog'liq
Estetik idrok

Estetik idrok xususiyatlari to`g’risida gapirar ekanimiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim bo`ladi. Bu esa o`z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o`ziga xosligi shundaki, san’atkor o`z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan belgilab oladi, badiiy to`qimalar yordamida “nomoddiy narsalarni “moddiylashtiradi”, ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. Shunga ko`ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o`quvchi avvalo, mazkur sohaga doir bilimlardan xabardor bo`lmog’i lozim. Yo`qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo`lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatining bilish yoki uning mazmunini o`zlashtirish uchun mazkur jarayonni maxsus o`rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idrok tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo`lib, bu holat inson kamolotining barcha pog’onalarida ishtirok qiladi.
Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o`quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o`ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o`z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi (tomoshabin, o`quvchi , kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi.
Bundan 1000 yil burun ulug’ alloma Abu Rayhon Beruniy: «Agar insonlar tabiatga nisbatan zo`ravonlik qilib, uning qonunlarini qo`pollik bilan buzsalar, bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kunlarni solishi mumkin, buni hech qanday kuch qaytarolmaydi», degan edi. Bugun biz buni Orol fojiasi misolida ko`rib turibmiz.
Komil inson tarbiyasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Ayniqsa, yoshlarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va g’amxo`riik hislarini uyg’otish, ularga ekologik tarbiya berish muhim ahamiyatga ega. Ularning ekologik va estetik madaniyatni shakllantirishda oiladagi sog’lom muhit muhim o`rin tutadi.
O`zbek oilalarida, odatga ko`ra, ota-onalar yoshlarga «harom-halol», «uvol», «gunoh-savob» kabi pand-nasihatlar asosida dastlabki ekologik tushunchalar berib borganlar, Bolaning ongi, xulqi, madaniyati, yurish-turishi tabiat bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Ekologik madaniyatni yoshlar ongiga singdirish uchun mamlakatimiz tabiatini hayvon va o`simliklarini muhofaza qilish, suvlarni ifloslantirmaslik, qushlarga ziyon yetkazmaslik, eng muhimi, ona zaminni bezavol asrashning aniq tuzilgan rejasi bo`lishi lozim. Bu ezgu maqsadga erishish har bir insonning ekologik dunyoqarashiga va jamiyatimizning muhim tarbiya o`chog’i bo`lgan oilada ushbu masala qanday hal etilishiga ham bog’liq.
Yoshlarimizdagi estetik did, estetik faoliyat har tomonlama uyg’un shakllana borgandagina ekologik qadriyatlar vujudga keladi. Insonlarning tabiat quchog’ida bo`lishi ularni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini yanada oshiradi.
Vatanni sevish - tabiatni sevishdan boshlanadi, binobarin, yoshlarda go`zallikka nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg’usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin yemas.


Download 28,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish