Ekologiya va estetik madaniyat
O`zbekiston mustaqillikka erishmasidan avval Bo`stonliq, Oqtosh, Parkent, Kumushkent kabi go`zal tabiat maskanlarida ham sobiq SSSR markazining qarori bilan turli kimyo va texnika zavodlari qurilaverar, zaharli chiqindilari daryoga tashlanaverar, dalalarimizga turli zaharli kimyoviy moddalar, defoliantlar sepilaverardi. Mol-hollar, odamlar zaharlanib, o`lib ketsa ham bu haqda yozish, gapirish man etilgan edi. To`g’ri, o`sha vaqtlarda ham tabiat musaffoligini asrash haqida qonunlar bor yedi, ammo ularga amal qilinmasdi.
Vatanimiz istiqlolga erishganidan so`ng tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, musaffoligini asrash haqida bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ammo, gap shundaki, tevarak-atrof tabiatga mehr bilan qarash, avaylab-asrash qonun-qoidalardan ko`ra odamlaraing ekologik ongi, tarbiyasi, tuyg’ulari madaniyatiga ko`p jihatdan bog’liqdir. Inson ongida va qalbida ona tabiatga mehr tuyg’ulari jo`sh urmas ekan, odamlar vaqtinchalik iqtisodiy, moddiy manfaatlarini vatan kelajagi, tabiatini asrashdan ustun qo`yaveradi, atrof-muhit ifloslansa ham, odamlar zaharli chiqindilardan kasallansa ham, zavod, sex yoki firma egalari tabiatni zaharlashni davom ettirdveradilar. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov «XXI asr bo`sag’asida» kitobida tabiatga, o`zbek zaminiga avaylab munosabatda bo`lish haqida yozadi: «O`zbekiston juda katta tabiiy boyiiklarga ega va bu boyliklardan oqilona foydalanish zarur». O`zbekiston zamini, dalalari, tog’laru o`rmonlari daryolari va bog’-rog’larini avaylab-asrash barcha fuqarolaming insoniy burchi, vijdon, iymon talabidir. O`zbekiston tabiatidan, yeru suvlaridan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligini ko`pchilik biladi. Ba’zi odamlar qanchalik moddiy boyliklarga ega bo`lsa ham to`ymaydilar, buning boisi -ularning tabiat go`zalliklaridan, ruhiy olamning go`zalliklaridan, ma’naviy, axloqiy musaffolikdan uzoqlashib, ma’naviy qashshoqlashib ketganligidir. Ariq, anhorlar, daryo suvini tiniq va toza ekologik va iqtisodiy muammolar axloqiy muammolarga, axloqiy, ma’naviy go`zallik his-tuyg’ular musaffoligiga bog’liq bo`lib qolmoqda.
Orol dengizi o`z qirg’oqlaridan necha yuz kilometrlab uzoqlashgani, shuncha olis joylarda baliqlar o`lib ketganligi, o`sha mintaqada yashovchi xalqning sog’lik-salomatligi jiddiy yomonlashgani, bolalar o`limi, turli kasalliklarning ko`paygani jahon jamoatchiligini va ayniqsa, O`zbekiston xalqini tashvishga solgani tabiiydir. Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonida shoh Bahromning sevgilisi Diloromdan ayrilganidan keyin mast-alastlikka, ko`ngilxushliklarga berilib, dashtda shikor-ov paytida minglab ohular, jayronlarni qirib tashlashi tasvirlanadi. Dasht, sahro o`q yegan jonzodlarning vujudidan oqqan qonlardan botqoqlikka aylanadi. Uning ustiga tinimsiz yomg’ir, jala quyib, shoh Bahromni ham, uning beklari, amirlarini ham yer yutib ketadi. Ovchilarni begunoh o`lgan kiyiklarning qoni tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |