mamot masalasi. 2. Kimki bo‘lsa dilozor, undan elu-yurt bezor. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga –chi, -ku, -mi yuklamalari yordamida ahm bog’lanadi.
Bunda –chi yuklamasi buyruq fe’liga bog’lanib, harakat-holatni yuzaga chiqarishga undaydi. -mi yuklamasi esa ergash gapga so‘roq ma’nosini qo‘shadi, ta’kidlashga xizmat qiladi: 1. Eshityapsanmi, bizning zardolilarni bolalar eyishyapti. 2. Esingizdami, qishda mana bu pechka ustiga joy qilib berar edingiz. (U.H.) Bu turdagi to‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapdan so‘ng keladi. Ba’zan –mi yuklamasi orqali birikkan ergash gaplar tarkibida undalmalar ham ishlatillishi mumkin: Ishonasizmi, o‘rtoq Qurbonov, shu operator yigitimiz bir oydan ortiq rayo‘n o‘rganlariga qatnab so‘roq berdi. (A.Q.) Bosh gapning kesimi bilmoq, ko‘rmoq kai fe’llardan ifodalangan to‘ldiruvchi ergash gaplar keng qo‘llaniladi. Lekin bu xil to‘ldituvchili qurilmalar har doim ham to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap bo‘lavermaydi: Ko‘rdingizmi, biz qanday zo‘r ekanmiz. O‘rin ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildiradi. O‘rin ergash gaplar bosh gapga shart mayli, nisbiy so‘zlar yordamida bog’lanib keladi va bosh gapdagi voqeaning qayerda bajarilgani haqida axborot beradi.1 Masalan: Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut –baraka bo‘ladi. Ko‘p hollarda o‘rin ergash gaplar bosh gapga –sa shart mayli shakli yordamida birikadi. Bunday ergash gapda nisbiy so‘z mavqeyidagi qayerda, shu yerda, shu erda, shu erdan, o‘sha erda kabi olmoshlar ishtirok etadi: Qayerda kurash bo‘lmasa, u erda o‘sish bo‘lmaydi. Keltirilgan misolda ergash gap bosh gap bilan o‘zaro nisbiy olmoshlar va –sa shart mayli vositasida bog’langan. Ergash gap bosh gapdan keyin kelgan bo‘lib, u ish-harakatning bajarilish o‘rnini izohlashga yordam bergan.
Ergash gapdagi nisbiy so‘zlar qaysi kelishik shaklida bo‘lsa, bosh gapdagi nisbiy so‘zlar ham o‘sha kelishik shaklida bo‘ladi. Ravish ergash gaplar bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini ifodalaydi: 1. Ko‘kraklari erga tegay-tegay deb, qushlar qanot qoqardilar. 2. Yusuf hayratlanib ulgurmay, shundoq tepasida, besh-olti metr chamasi narida o‘ziga qarab turgan bahaybat hayvonni ko‘rdi. 3. Inchunun Yusuf shu tobda ayolining yuzu-ko‘zlariga tikilib o‘tirishiga qaramay, yuragi yolg’izlik izg’irinida izillardi. (U.H.) Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplarning izohlashmunosabatini ifodalash uchun xizmat qiladigan turlari keng tarqalgan. Izohlash munosabatin ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplarga ega ergash gap, kesim ergash gap, aniqlovchi ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap, o‘rin ergash gaplarni kiritish mumkin. Bunday ergash gapli qo‘shma gaplarning ergash gap qismi bosh gapdagi mavhum harakat-holatni aniqlashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |