Tarxon ko‘rsin deb, olovni yuzimga tutdim.
Ergash gap orqali ham ma’lum ma’no ifodalanadi, bu ayniqsa, ergash gap mustaqil shaklda bo‘lganda yorqin ko‘rinadi. Shu bilan birga, ergash gapning kesimi tobe shaklda bo‘lganda ham bu xususiyataqlanadi. Shuning uchun ham tobe shakldagi kesim tarkibiga mustaqil kesim hakllariga xos elementlar qo‘shilib kela oladi: Turmush qurganimdan keyin-ku, juda ham serqatnov bo‘lib qoldi.
Ergash gapning egasi bosh kelishik shaklida bo‘lgan so‘z turkumlari orqali ifodalanadi va bosh gap egasidan farqlanib turadi. Bosh gap bilan egasi umumiy bo‘lgan konstruksiyalar sifatdosh va ravishdosh, shart va to‘siqsiz konstruksiyali murakkab gapni tashkil etadi: Bektemir shu kungacha qo‘li ishga tegmaganidan afsuslandi.(O.) Ko‘krakdan oqqan qonga belanib yotsa ham, u fikran, ruhan jangda-kurashda edi. (O.)
Ergash va bosh gaplarning egasi bir xil bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu holda ega har ikki gapda aynan yoki almashi takrorlanadi: Asqar ota unig ot choptirishini ko‘rib shunchalik zavqlanib ketdiki, otiga ustma-ust qamchi bosganini o‘ziam bilmay qoldi.(A.Q.)
Egasi umumiy bo‘lgan qurilmalar uyushiq kesimli sodda gapni tashkil etishi mumkin: Obidjn akasini bu ketishi ilgarigi ketishidan emasligini sezar edi, shuning uchun xayrlashganda yig’lamadi.(A.Q.) Ayrim ergash gaplar to‘liqsiz gap shaklida bo‘lib. Bosh gapdan farqlanuvchi egasi ifodalanmay qolishi mumkin: Agar ijozat bersangiz, shu ishni bajarib qo‘ya qolsak... (A.Q.)
Egasi mavjud bo‘lmagan ayrim ergash gaplar doim shu shaklda qo‘llangani uchun ergash gaplikdan chiqadi va bir xil shaklda qo‘lanuvchi barqaror birikma shaklini oladi:...lozim bolsa, kechalari oydinda ham ishlar edi. (A.Q.) Ammo shuni ham hisobga olish kerakki, tarkibida egasi bo‘lgan har qanday sintaktik qurilma ham ergash gap sanalavermaydi. Buning sababi tarkibida egasi bo‘lgan konstruksiyalarning semantikasi va vazifasidagi o‘zgarishdir. Bunday vaziyatda esa faqat shklan bo‘lib qoladi. Ergash gaplarning ega va kesimi o‘zaro shaxs va sondagi munosabatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ega va kesimi moslashgan ergash gap;ar va ega va kesimi moslashmagan ergash gaplar.
Ega va kesimi moslashgan ergash gaplarning kesimi aniqlik, shart, buyruq-istak fe’llari bilan ifodalanadi. Ega va kesimi shaxs-sona moslashmagan ergash gaplarning kesimlari sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi orqali ifodalanadi. Ammo u bilan ergash gap so;z birikmasiga aylanmaydi; ma’lum fikr, maqsadni ifodalashi, kesimning shakllanganligi bilan gap hisoblanadi. Kesimining tobe shaklda kelishi va boshqa bir gapni izohlashi bilan ergash gap bo‘la oladi. Ayrim hollarda kesimi sifatdosh shaklida bo‘lgan ergash gaplarning egasi kesim tarkibidagi egalik formanti orqali moslashishi ham mumkin: men ishga borganimda, sen ishga borganingda kabi. Agar egalar ifodalanmagan bo‘lsa, birinchi va uchinchi shaxslarda egalik qoshimchalarinng bo‘lishi talab qilinadi, egalik qo‘shimchasi ergash gapning egasini aniq ko‘rsatib turadi: borganimda u erda yo‘q edi kabi. Ammo kesimdagi egalik affiksi ko‘pincha ifodalanmaydi bu hol,birinchidan, uchinchi shaxsda egalikning umumiy mazmunga ta’sir etmagan holda tushirilishi bo‘lsa, ikkinchidan, egalarning ifodalanishi yoki ularning mavjudligi umumiy kontekstdan ifodalanib turadi. Umuman hozirgi o‘zbek tilida kesim tarkibida egalik affiksini ifodalanmasligi ko‘p uchraydi. Ergash gaplar mazmuniga ko‘ra, asosan darak yoki istak-shart bildiruvchi buyruq gaplar shaklida bo‘ladi. Ergash gaplaring so‘roq gaplar tipidagi ko‘rinishlari kam uchraydi: Men nima (A.Q.) qilibmanki, kolxozni opichlab katta qilgan odamlar qatori qoshchinorning ho‘jayini bo‘laman?
Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplar bilan o`xshashlik va farqli tomonlarga ega. Ular o`rtasidagi o`xshashlik quyidagilardan iborat: gap bo`laklarining ishtirok etishi, so`z birikmalarining mavjudligi, ega-kеsim munosabatlarining bo`lishi. Farqli tomonlari shundaki, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplarga nisbatan mustaqilligini yo`qotgan bo`ladi, fikriy, intonatsion tugallikni to`liq ifodalamaydi.
Dеmak, gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi bilan alohida qo`llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi. Ergashgan qo‘shma gaplar o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega. Ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga ergashtiruvchi bog’lovchilar, bog’lovchi vazifasidagi birliklar, olmoshlar, nisbiy so‘zlar, ko‘makchili qurilmalar bilan bog’lanadi. Ergash gap bosh gapdan oldin ham, bosh gapdan keyin ham kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |