Mavzu: emotsional jarayonlaring umumiy tavsifi



Download 42,89 Kb.
bet7/10
Sana11.08.2021
Hajmi42,89 Kb.
#145323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EMOTSIONAL JARAYONLARING UMUMIY TAVSIFI

Ruhlanish

Emotsional holatning bir turi bo’lgan ruhlanish xilma-xil faoliyatlarda namoyon bo’ladi. Kishidagi ruhlanish muayyan faoliyatga katta kuch va istak bilan intilishdan iboratdir.



Faoliyatdan kuzatilgan maqsad ravshan bo’lganida va bu faoliyatning natijasi ochiq, ko’rinib turganida hamda kerakli, qimmatli natija ekanligi bilinib turganida birdaniga va tez ruhlanish paydo bo’lishi mumkin. Faoliyat jarayonining o’zida shu faoliyatning qimmatli va ijtimoiy ahamiyatli ekanligi aniqlashib qolgan hollarda ham bunday emotsional holat asta-sekin vujudga kelishi mumkin.

Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy emotsional holatdir. Ruhlanish faqat ayrim kishining o’zigagina xos holat bo’lmasdan, shu bilan birga, juda ko’p vaqt butun bir jamoaga mushtarak kechinma tariqasida ham namoyon bo’ladi. Bir xildagi vaziyatda, bitta faoliyatning o’zi bilan shug’ullanayotgan vaqtda, bitta muayyan ideyani amalga oshirayotgan vaqtda bir kishida yoki bir guruh, odamlarda paydo bo’lgan ruhlanish boshqa odamlarga tez o’tishi mumkin.

Bunday hollarda shu tariqa ruhlangan odamlar qanchalik ko’p bo’lsa, shu guruhdagi har bir ayrim kishida bu ruhlanish hissi shunchalik kuchli bo’ladi.

Inson faoliyatining hamma turlarida o’ziga xos ruhlaiish voqe bo’lishi mumkin: bunday faoliyat jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan hollarda ham, fao­liyat natijalari g’oyat maroqli bo’lgan hollarda ham odam­larda mana shunday ruhlanish paydo bo’ladi. Bu emotsional holat odamlarning ijodiy faoliyatida ayniqsa tez-tez va g’oyat yorqin namoyon bo’ladi. Ruhlanish – odamning o’zidagi eng yaxshi ruhiy kuchlarning hammasini safarbar qilishi demakdir. Bu his mehnat va ijodiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishni va dushmanga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan hal qiluvchi faktorlarning biridir.

Affektlar

Tez paydo bo’ladigan, nihoyat darajada kuchli, g’oyat jo’shqinlik bilan o’tadigan qisqa muddatli emotsional holatlar affektlar deb aytiladi. Masalan, birdaniga achchiqlanish, g’azablanish, to’satdan qo’rqish va shu kabi holatlar affektlarning bir ko’rinishidir. Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va ba’zan atigi bir necha minut davom qiladi. Affekt holatida kishining ongi, tasavvur qilish va fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Mana shunday kuchli emotsional qo’zg’alish shiddatli harakatlarda, tartibsiz gaplarni gapirib yuborishda, ko’pincha, baqirib yuborish tarzida namoyon bo’ladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda, «portlash» singari, birdaniga boshlanib ketadi.

Ba’zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo’ladi va bunday holatda organizm bo’shashib, harakatsiz bo’lib va shalvirlab qoladi. Chunonchi, kutilmagan bir quvonchli holatni ko’rib suyunib ketgan kishi «o’zini yo’qotib qo’yadi» va «nima deyishni bilmay qoladi». Bunday holat ko’pincha odam birdaniga qo’rqqanida, to’satdan quvonganida, birdaniga g’azablanganida va shu kabi hollarda ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi.

Affektlar kishining irodasi bo’shashgan vaqtda paydo bo’ladi, affektlar odamning o’zini tiya olmasligini, o’zini tuta bilmasligini ko’rsatadigan alomatdir. Affekt – emotsional hatti-harakatning ibtidoiy formasidir.

Lekin har bir kishi o’zi etarli daraja ongli bo’lganligi uchun, o’zida affekt paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligi yoki affekt paydo bo’lishi bilanoq o’zini darhol bosib olishi mumkin. Odam affekt juda zo’r kuch bilan paydo bo’lgan vaqtda ham «o’zini tutib qolishi» mumkin. Albatta, buning uchun kishida kuchli iroda bo’lishi, unda o’zini tuta bilish, o’zini tiya bilish singari iroda sifatlari mavjud bo’lishi kerak. Odamda bu sifatlar tarbiya va o’z-o’zini tarbiya qilish yo’li bilan paydo qilinadi.

Download 42,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish