5.Oz ismini aytish qonuni. Agar trening qatnashchilari bir-biriga notanish bolsa har bir chiqish oldidan oz ismini aytishi kerak boladi.
6.“Muloyimlik qonuni. Barcha qatnashchilar bir-birlariga xushmuomalalik bilan va ozlarini taqdim qilganda aytgan ismlari bilan murojaat qilishlari kerak boladi.
7.“Ixtiyoriylik qonuni. Seminarda oz mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, oyin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.
8. “Shaxsni baholamaslik qonuni. Har bir ishtirokchi oz fikr mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va sozlovchining osha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. M: “osha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi” va hok... Buning orniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi variantlarda sozlashish yoki fikrini bildirish soraladi.
- Ishtirokchilar bir-birlariga dostona munosabatda bolishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bolib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida takidlab otilishi shart.- Birovning fikrini umuman notogri deb hisoblagan yoki unga qoshilmagan taqdirda ham uni toxtatib qoyish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yoq;
- ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki gururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas;-
-ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bolsa, javob bermaslik huquqiga ega.
-boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, yani boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yol qoyilmasligi taminlanishi kerak.
-meyorlarni mashgulot otkazishdan avvalroq katta qogozga yozib, xonaga osib qoyish yoki guruh azolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini sorash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qoyish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi boladigan bolsa, uni kondirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim boladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy tasir etishi aniq. Yani fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo boladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, oz-ozini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bolish ehtimolini tugdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |