Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi: - 1. Yuklash
- a) Qurilmalardan birortasi ishlamay qolganda belgilangan tartibda tashxis qo’yish.
- b) Doimiy xotiradan BIOS (Basic Input Output System) dasturini asosiy xotiraga nushalash.
- c) Operatsion tizimni asosiy xotiradan ishga tushirish
- 2. Formatlash
- Ma’lumotlar va dasturlarni saqlash uchun disklarni formatlash.
- 3. Kompyuter resurslarini boshqarish
- a) Kuzatuvchi, ya’ni OT markaziy protsessor bilan dasturlarni boshqaradi, ularni topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiradi.
- b) ma’lumotlar va dasturlarning bosh xotiraning qayerida joylashganligini aniqlab boradi.
- 4. Fayllarni boshqarish
- Fayl va dasturlarni bir diskdan boshqasiga nushalash, ko’chirish
- 5. Vazifalarni boshqarish
- 6. Xavfsizlikni ta’mnlash
- Kompyuter resuruslarini boshqarish ma’lum foydalanuvchilarga parol yordamida yo‘l qo’yiladi.
- Operatsion tizimning bir qancha turlari mavjud. Interaktiv, Vaqt taqsimoti, Real vaqt, Ommaviy turlari shular jumlasidandir.
- Interaktiv ya’ni GUI (Graphical User Interface - foydalanuvchining grafikli interfeysi (FGI)) tizimi eng ommaviy tizimlardan biridir.
- Interaktiv OT foydalanuvchilarga kompyutyer bilan bevosita terminal orqali ishlashga imkon beradi. Ishlash jarayonida foydalanuvchi biror dasturni to’xtatib, zarurroq dasturda ishlashga o’ztishi mumkin.
- Microsoft Windows GUI sohasidagi eng yaxshi operatsion tizimlardan biridir.
- Foydalanuvchining grafikli interfeysi tizimi 70 yillrning oxirida yaratilgan. Shu vaqtgacha FGI sogasida eng ko’p sotilgan OT Microsoft Windows hisoblanadi.
- Windowsni ishga tushirishdan oldin FGI bilan bog’liq ba’zi eslatmalarni ko’rib chiqamiz:
- Ko’rsatkch qurilmalari ekranning ixtiyoriy qismiga tez o’tish uchun, menyudan keraklisini tanlash uchun, shuningdek ob’ekt bilan ishlashda juda qo’l keladi. Sichqoncha bunda qurilmalarning asosiysidir. Bundan tashqari joystik, sensorli ekran, yorqin ruchka shular jumlasidandir.
- Oyna. Ekran bir nechta bir biriga bog’liq bo’lmagan sohalardan iborat oynalardan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta ochilgan oynalardan keraklisiga o’tishi mumkin.
- Menyu biror ob’ektning buyruqlari ro’yhatini aks ettiruvchi maydondir.
- Muloqot oynasi. Bu oyna foydalanuvchidan kerakli ma’lumotlarni olish yoki unga taqdim etish uchun ishlatiladi.
- Ikonka (Piktogramma) ob’ektni akslantiruvchi simvolik belgisi hisoblanadi. Masalan papka, biror turdagi fayl, dastur turlicha ikonkalarga ega.
- Ishchi stol. Tizim yuklangandan keyingi ekranning umumiy ko’rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |