4-O`quvchi (Kalsiy):
Men Kalsiyman,jadval uzra guruhimiz ikkinchi,
Ishqoriy yer metallari biz erurmiz barchamiz,
Natriy kabi men ham kuchli qaytaruvchi atomim,
Chunki tashqi pog`onamda ikkitadir elektronim.
Kislorod va galogenlar shaydir tortib olishga ham,
Oksid va tuz hosil qilar, juda ko`pdir birikmam.
Ohaktosh, bo`r, marmar kabi moddalarni bilasiz siz,
Gips, alibastrni ham juda ko`p ishlatgansiz.
Biling agar tanangizda miqdorim yetmay qolsa,
Suyagingiz bo`ladi mo`rt,tishga esa tushar qurt.
Sheriklarim Magniy ,Bariy va Berilliy hamda Radiy
Bir oila a`zosimiz yaqin turar ko`p xossamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |