Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Magniy va kalsiyning asosiy fizik xossalarini aytib bering.
2.Magniy va kalsiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
3.Sanoatda kalsiy qanday olinadi?
4.Magniy va kalsiyning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiyalarning
tenglamalarini yozing.
5.Nima uchun kalsiy oksid tabiatda uchramaydi?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: 9-“A”,9-“B”,9-“D” Dars: 29
Mavzu: Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari. haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya-1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish.3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi,3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi,4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi,5)Milliy va umummadaniy kompitensiya,6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.
Yangi darsning bayoni.
Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.«Yumshoq» va «qattiq» suvlar bir-biridan qanday farqlanadi?Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo`lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o`tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko`p bo`lgan suv.
Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo`Imagan yoki juda
kam bo`lgan suv.Qattiq suv ko`p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug` qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg`i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi.Qattiq suvda sovun ko`pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go`sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo`lmaydi.Suvda vaqtiuchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi.
Vaqtiuchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2;
Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog`liq.
Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar fCaSO4,
CaCl2; MgSO4, MgCl2 ] mavjudligi bilan bog`liq.
Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig`indisi.
Suvning qattiqligini pasaytiris H2 yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi. Buning uchun:
Suvni qaynatish yo'li bilan vaqtinchalik qattiqlik yo'qotiladi:
Ca(HC O3), CaCO3 + H2O +CO2 Mg(HCO3)2 — MgCO3 + H2O +CO2
Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaC O3 va MgC O3 tuzlaridir.
Ca(HC O3)2 + Ca(OH)2 2CaC O3l + 2H2O Mg(HCO3), + Ca(OH)2 CaCO3 MgCO3 + 2H2O
Ishqor ta'sir ettiriladi:
Ca(HC O3)2 + 2NaOH CaCO3+ Na2CO3 + 2H2O Mg(HC O3), + 2NaOH MgCO3 + Na2CO3 + 2H2O
Soda (Na2C O3) qo'shib Mg2+ va Ca2+ ionlari cho'ktiriladi:
Ca(HC O3)2 + Na2C O3 CaCO3+ 2NaHCO3 Mg(HC O3)2 + Na2C O3 MgCO3 + 2NaHCO3
Bunda kalsiy va magniy ionlari suvda erimaydigan karbonatlar tarzida eritmadan chiqarib yuboriladi.Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi:
CaSO4 + Na2CO3 CaCO3 + Na2SO4 3MgSO4 + 2Na3PO4 — Mg3(PO4)2 + 3Na2SO4
Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |