Intеrnеt VISA va MasterCard to’lov kartochkalari.
Visa Inc. – to’lov opеratsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ta'minlovchi amеrika kompaniyasi. VISA International Service Association - jahonning еtakchi to’lov tizimi hisoblanadi.
VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul kilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi.
MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shaxrida joylashgan.
Hozirgi kunda intеrnеt to’lov tizimlari to’liqligicha yuqorida kеltirilgan VISA va MasterCard bilan ishlash imkoniyatiga ega, ya'ni intеrnеt to’lov tizimlaridagi xamyonlarni to’ldirish yoki xamyonlardagi ishlatilmay qolgan mablag’larni qayta kartochkaga chiqarish mumkin.
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:
Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);
Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);
My.soliq.uz Elektron soliq xizmati:
«Elektron davlat xizmatlar» portali «Soliq» axborot tizimlari kompleksini soliq solish sohasida interaktiv xizmatlarni koʼrsatish uchun integratsiya qilish loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi –davlat soliq xizmati organlari tomonidan aholi va biznesga koʼrsatiladigan elektron davlat xizmatlarini optimallashtirish, ularning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada soliq toʼlovchilarning xizmatlardan foydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Qisqa davr ichida Davlat soliq qoʼmitasining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi asosida alohida infratuzilma, maʼlumotlar bazasi va ularni boshqarishda qoʼllaniladigan dasturiy maxsulotlar yaratildi. Elektron xizmatlarni boshqarish, ularning sifat koʼrsatkichlarini monitoring qilish, foydalanish statistikasini shakllantirish hamda vertikal nazorat olish borish uchun maxsus axborot tizimlari ishlab chiqildi.
Umuman olganda bugun yangi «Elektron soliq xizmatlar» portal ishlab chiqilib, test rejimida amaliyotga joriy qilindi. Xoʼsh, bu bilan nima oʼzgardi?
Portalning yana bir qulayligi - bu kerakli xizmatlarni tez va oson qidirish mumkinligi. Bunda «Elektron hukumat toʼgʼrisidagi» Qonun talablaridan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining barcha elektron davlat xizmatlari - interaktiv va axborot davlat xizmatlariga saralangan. Bundan tashqari ularni qidirishni yanada soddalashtirish maqsadida, murojaatlarni va hisobotlarni yuborish, roʼyxatga olish, soliqlarni hisoblash va maʼlumotnomalar olish kabi xizmat yoʼnalishlariga ajratilgan.
Davlat soliq qoʼmitasining «Elektron davlat xizmatlari - my.soliq.uz» portali orqali 35 ta elektron davlat xizmatlari koʼrsatilmoqda. Shundan, 15 tasi - axborot davlat xizmatlari, 20 tasi - interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Soliq toʼlovchilarning toifasi va joylashgan joyidan qatʼiy nazar barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Fuqarolar tomonidan Jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi uchun tadbirkorlik subʼektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari toʼgʼrisida xabar qilish imkonini beruvchi veb-portal ishga tushirildi. Joriy yil boshidan “Koʼchmas mulk ijara shartnomalarini elektron tarzda hisobga qoʼyish va toʼlov xabarnomasini shaxsiy kabinetga yuborish” va “Fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish” elektron davlat xizmatlari ishga tushirildi. Shu bilan birga, bugungi kunda soliq toʼlovchilarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy oy davomida vujudga kelgan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida my.soliq.uz portali test rejimida ishga tushirildi. Ushbu davr mobaynida davlat soliq xizmati organlarining elektron davlat xizmatlaridan yangi va oldingi tizimlardan foydalanish mumkin. Yangi portal boʼyicha taklif va eʼtirozlaringizni mysoliquz@soliq.uz elektron manziliga bilan hamda my.soliq.uz portalidagi «Аloqa» boʼlimida joylashtirilgan manzillarga yuborishingiz mumkin. Bundan tashqari har bir xizmat boʼyicha fikr hamda takliflaringizni xizmat sahifasida izoh koʼrinishida qoldirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |