mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti
|
MUSTAQIL ISH
|
Mavzu: Elektron hukumat
|
|
User
|
|
Bajardi : Mintaqaviy iqtisodiyot 2 boshqich talabasi
Maxmudov Mirabror
Tekshirdi : Jabborov.R
Reja:
Elektron hukumat tushunchasi vazifalari tamoyillari .
Elektron hukumat butun dunyo bo’ylab.
Elektron hukumat O’zbekistonda.
4 Xulosa
Bugungi kunga kelib Axborot kommunikatsiya texnologiyalari insoniyat xayotining ajrakmas qismiga aylanib bo’ldi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. 21-asr “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” asri deya e’tirof etilgani xam bejiz emas. Xozirgi kunga kelib Axborot kommunikatsiya texnologiyalari insoniyat faoliyat yuritadiga muhim sohalar (ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy soha kabi) ga kirib keldi.
Shuningdek AKT davlat boshqaruv sohasida ham qo’llanila boshladi, bunga xozirgi kunda butun jahon bo’ylab ommalashib borayotgan “Elektron hukumat” tizimi yaqqol isbot deya olamiz.
Elektron hukumat o’zi nima?
Elektron hukumat – Barcha ham “ichki”, ham “tashqi” aloqalar va jarayonlar majmuasiga tegishli axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta’minlanib turadigan hukumat. Bu tushuncha dastlab 1990 yillarda Evropada paydo bo’lgan. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladaninternet) orqali axborotga ishlov berish , uni uzatish va tarqatishni elektron vositalar asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo’ginlari tomonidan fuqarolarningbarcha tofalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko’rsatish, o’sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati xaqida axborot berish.
Elektron hukumat deganda, fuqaro , korxona va tashkilotlarga hukumat idoralarining turli pog’onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda AKT dan foydalanishtushuniladi.
Elektron hukumat aholiga korxona tashkilotlarga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni yengillashtiradi. Ruarolarni o’zini-o’zi boshqarishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularni texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron
hukumat
Davlat boshqaruvini tashkil etish
Samarador-
lilik o’sishi
AKT ni boshqaruvda qo’llanilishi
Evolyutsion jarayon
Elektron davlat xizmati – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilgan holda ko’rsatilgan davlat xizmatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |