O‘lchash usuli va tartibi
Ushbu laboratoriya ishida elektr maydonlarining superpozitsiya prinsipini tasvirlab beruvchi kompyuter modelidan foydalaniladi. 3 ta nuqtaviy zaryaddan iborat tizimda har ikki zaryad uchinchisi borligidan qat’iy nazar o‘zaro Kulon qonuniga asosan ta’sirlashadi. Uchta zaryadning qiymati, ishorasi va orasidagi masofasini o‘zgartirish mumkin. Zaryadlarni ko‘chirish kursorni tanlangan zaryad ustiga qo‘yib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Displeyda o‘zaro ta’sir kuchining qiymati ko‘rinadi. Ta’sir kuchining musbat qiymatiga zaryadlangan zarralarning itarilishi, manfiy qiymatiga esa tortishish mos keladi.
Rasmni diqqat bilan qarab chiqing va keraklisini daftaringizga chizib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |