Mavzu:Elektr xavfsizligi
Elektr energiyani sanoatda va xalq xo`jaligida keng qo`llanilishi asosan shaxslarning elektr qurilmalarni ko`p ekspluatatsiya qilish bilan bog`liq. Shuning uchun xavfsizlik savollari elektr qurilmalarda muxim o`rin to`tadi. Elektr xavfsizlik masalalarini yechilishida personallarning va boshqa shaxslarni kundalik ish sharoitini yaxshilanishi va ularning elektr qurilmalarni ekspluatatsiyasida o`zlarini elektr toki ta'siridan himoya tadbirlarini qullashlari katta ahamiyatga ega. Xozirgi sharoitda elektr xavfsizligi yutuqlarini hisobga olib yangi himoya vositalari yaratilmoqda. Baxtsiz xodisalarni sanoatda tekshirib ko`rilsa umumiy baxtsiz xodisalar 0,5-1 protsentga to`g`ri keladi. Elektr energetiqada esa bu 3-3,5 protsentni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda o`lim bilan tugaydigan tok urganlar 20-40 protsentni tashkil qiladi. (Energetiqada 60 protsentgacha) 1000 V gacha bo`lgan elektr qurilmalarda esa 75-80 protsentni tashkil etadi. va qoidalari "Texnika xavfsizligi qoidalari","Elektr qurilmalarning qurilish qoidalari" va boshqa standart ko`rsatmalarda keltirilgan. Bularga: "Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari"(1982 yil) ham kiradi.
Elektr qurilmalari qurilish qoidalari (1976-1982 yil.)
Yeng`inga qarshi xavfsizlik chora tadbirlari esa qorxonalar uchun SNiP-II-2-80 dan SNiP-II-90-81 talablari bo`lgan qoidalarda ko`rsatilgan. Birinchi bobda biz elektr tokini kishiga ta'sirini, 2 chi bobda birinchi vrachgacha bo`lgan, uchinchi bobda elektr tarmoqlarda tok urishini xavfsizligi, 5,6,7 boblarda esa yerga ulanuvchi nullanuvchi, o`chirib himoyalovchilarni o`rganamiz. 8-12 bobgacha himoya vasitalari, tok urishidan himoya, o`ta kuchlanishli bo`lgan elektr qurilmalaridagi elektr magnit maydonini odamga ta'siri, kuchlanish ostida ishlash va xavfsiz texnika qurilmalarini ekspluatatsiyasini tashkil qilishni o`rganamiz.
2. Elektr tokining kishi organizmiga ta'siri
Elektr tokini ta'siri tirik to`qimalarga boshqa (materiallar) narsalarga ta'siriga qaraganda o`zgacha har xil xarakterda bo`ladi. Elektr toki kishi organizmidan oqib o`tayotganda uning issiqlik, elektr, mexaniq ta'siri hamda biologik ta'sir ko`rsatadi. Tokni issiqlik ta'siri gavdani ba'zi qismlarida kuyish, qon tomirlarini yuqori temperaturada qizishi yurak, miya va hokozolar funktsiyalarini bo`zilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |