Mavzu: Elektr sig'imi. Kondensatorlar.
Elektr manbai.
Reja:
1. Elektr sig'imi.
2. Kondensatorlar.
3. Elektr manbalari
.
1. Elektr sig'imi
.
Elektr zaryadlarining bir tomonga tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Elektr
toki mavjud bo‘lishining birinchi sharti moddada erkin elektronlarning mavjud
bo‘lishidir. Elektr tokining yo‘nalishi sifatida tarixan musbat zaryadlangan
zarralarning yo‘nalishi qabul qilingan. Erkin harakatda bo‘lgan zarralarning bir
tomonga harakatlanishi uchun ularni bunday harakatga majburlovchi kuch
kerak bo‘ladi.
Bunday majburlovchi kuch tok manbalari yordamida hosil qilinadi.
XVIII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni asosan ishqalanish orqali hosil
qilganlar. XVIII asr oxiriga kelib elektr hodisalarini o‘rganishda katta burilish
ro‘y berdi. Italiyalik olim A. Volta mis va rux plastinalari orasiga kislota
shimdirilgan mato qo‘yilsa, mis plastina musbat ishorada, rux plastina manfiy
ishorada zaryadlanib qolishini aniqlaydi.
Bu plastinalarni bir-biriga o‘tkazgich orqali ulansa elektr toki o‘tishini
kuzatadi. Shunday qilib birinchi tok manbai ixtiro qilinadi.
Elektr sig'imi zaryad miqdoriga tog'ri proporsional, ya'ni undagi zaryad
miqdori qancha ko'p bo'lsa, bu o'tkazgichning elektr sig'idira olish xususiyati
shuncha katta ekanligini ko'rsatadi. SI da elektr sig'imi birligi deb farad (F)
qabul qilingan.
2.Kondensatorlar
Kondensator va uning elektr sig‘imi
Elektrotexnikada ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarini to‘plash va
saqlash muhim ahamiyatga ega.
Elektr zaryadlarini to‘plash uchun mo‘ljallangan asbob konden-
sator deb ataladi.
Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik
jihozlarning muhim elementi hisoblanadi.
Eng sodda kondensator – bu yassi kondensator. Yassi kondensator o‘zaro
parallel bo‘lgan ikkita yassi o‘tkazgich – plastinkalardan iborat. Bu
plastinkalar kondensator qoplamalari deyiladi.Kondensator zaryadlanganda
uning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to‘planadi.
Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig‘imidir(C).
Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig‘imining birligi qilib M.
Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik
bo‘lgani uchun amalda asosan uning ulushlari – mikrofarad (µF) va pikofarad
(pF) qo‘llaniladi. Bunda: 1 F = 106 µF; 1 µF = 106 pF; 1 F =1012 pF.
Kondensatorning sig‘imi undagi zaryad miqdorining plastinkalar
orasidagi kuchlanish nisbatiga teng: C = q / U
bunda, U – plastinkalar orasidagi kuchlanish bo‘lib, volt (V)da o‘lchanadi.
Yassi konden-
sator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo‘lsa, unda shuncha ko‘p
zaryadlarni to‘plash imkoniyati bo‘ladi. Qoplamalari orasidagi masofa
d qancha kichik bo‘lsa, kondensatorda shuncha ko‘p zaryadlarni to‘plash
mumkin. Bu degani, yassi kondensatorning sig‘imi qoplamalari yuzasiga
to‘g‘ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari pro-
porsionaldir, ya’ni: C = ε0
εS /d.
3. Elektr manbai
O‘tkazgichga ulangan lampochka uzoqroq vaqt yonib turishi uchun
muntazam elektr tokini hosil qilib turuvchi manba — tok manbayi bo‘lishi
zarur.
Tok manbayida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish ishi
bajariladi. Ajratilgan qarama-qarshi ishorali zaryadli zarralar tok
manbayining qutblarida to‘planadi va elektr maydonni hosil qiladi.
Tok manbalarida musbat va manfiy zaryadli zarralarni ajratish jarayonida
mexanik, kimyoviy, ichki
va boshqa turdagi energiya elektr energiyaga aylanadi.
Elektr toki manbalari xilma-xildir
Elektr zanjir
Tok manbayi, elektr lampochka va kalitni
bir-biri bilan o‘tkazgich (sim)lar orqali ulaylik. Kalit elektr lampochkani
o‘chirib-yoqish uchun kerak bo‘ladi.
Elektr lampochka iste’molchi hisoblanadi.
Radio, magnitofon, televizor, kompyuter,
muzlatkich, dazmol, elektr isitkich kabilar ham elektr iste’molchilardir.
Tok manbayi, o‘tkazgich, elektr
iste’molchi va kalit eng sodda elektr
zanjirni tashkil etadi.
Zanjirda elektr toki hosil bo‘lishi va o‘tishi uchun u berk bo‘lishi kerak.
Odatda, elektr zanjir chizma tarzida
tasvirlanadi. Elektr zanjirdagi elementning
ulanish usullari tasvirlangan chizmalar
elektr sxema deb ataladi. 1-b rasmda ochiq
zanjirning va 2-b rasmda berk zanjirning
elektr sxemalari tasvirlangan.
Elektr zanjirdagi tok manbayi, kalit, o‘tkazgichlarning ulangan joyi, turli elektr
iste’molchilar va boshqa elementlar elektr sxemalarda tegishli shartli belgilar
bilan ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |