Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob .
Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari.
Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit.
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
10 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
8 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Mashg`ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar: -elektr qarshilik; -om; -milliom; -kiloom; -megaom; -solishtirma qarshilik; -ommetr.
Darsning tashkil etilishi:
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;
b) salomlashib, davomat aniqlanadi;
c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:
I guruh — «Elektrlanish». II guruh — «Elektroskop». III guruh —«Elektrometr»
O`tilgan mavzuni takrorlash.
“Bingo” o`qituvchi tomonidan berilgan fizik kattaliklardan tarqatma material sifatida berilgan topshiriq o`ziga tushgan fizikkattalik qatnashgan kamida 10 ta formula yozib ko`rsatishi talab qilinadi.Buning uchun 5 minut vaqt beiladi. Masalan:
1)tok kuchi-I; 2)kuchlanish-U; 3)maydon kuchlanganligi-E; 4)elektr zaryad-q;
5)kuch-F; 6)vaqt-t; 7)ish-A; 8)masofa-S. va hokazo.
Yangi mavzu bayoni:
Asosan ko`rgazmali namoyish asosida amalga oshiriladi.
Reja:
1. Elektr qarshilik haqida tushuncha.
2. Elektr qarshilikning formulasi,ta`rifi.
3. Elektr qarshilikning birligi.
4. Elektr qarshilikni o`lchash.
5.Elektr qarshilikning o`tkazgich uzunligiga, ko`ndalang kesimi yuzasiga hamda o`tkazgichning solishtirma qarshiligiga bog`liqligini tushuntirish.
6.Solishtirma qarshilikning ta`rifi va uning birligi.Darslikdagi solishtirma qarshiliklar jadvalini tahlil qilib o`rganish.
Mantiqiy mushohada qilib ko`raylik.Lampochka yonib turganda nima uchun qizishiga, nima uchun ko`p ishlab turgan elektr asboblar qizib ketadi, nima uchun elektr dazmol qiziydi va shunga o`xshash holatlarni eslaylik.Umuman olganda elektr toki ta`sirida o`tkazgichlar yoki elektr asboblarning qizishi,issiqlik chiqarishi nimaning hisobiga hosil bo`ladi?
O`tkazgichlarning bunday qizishining asosiy sababi ularning ichki tuzilishi bilan bog`liq.Yana boshqacha so`z bilan aytganda,o`tkazgichlardagi elektr toki oqishiga to`sqinlik qiluvchi omillar ularning qizishiga asosiy sababdir.Ushbu sabab esa - elektr qarshilikdir. Bundan elektr qarshiliginini quyidagicha ta`riflaymiz:
Elektr qarshilik- o`tkazgich bo`ylab elektr toki oqib o`tishiga monelik qiluvchi omillar(bularga o`tkazgichdagi manfiy va musbat ionlar kabi zarralar zaryadli zarralar oqimi-elektr tokiga to`sqinlik qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |