Mavzu: El ezozidagi insonlar



Download 18,98 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi18,98 Kb.
#378131
Bog'liq
3.El ezozidagi insonlar


Mavzu: El ezozidagi insonlar

Reja:

  1. El ezozidagi insonlar

  2. Ustozlarni hurmat qil

Ustozlar biz uchun yaratgan tomonidan beriladigan alohida ne'matdir. Aynan ular millatni ulug'likka yetaklaydilar, insonni yetuk qiladilar va dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiradilar. Aynan o'qituvchilar bizga qalam qilichdan muhimroq ekanligini o'rgatadi. Ular jamiyatda hurmatga sazovordir, ular insonlarning turmush darajasini oshiradi. Ular odamni tarbiyalaydi va insoniy fazilaylarni o'rgatadi, yaxshi jamiyat qurishga hissa qo'shadi.

Ustozlarning jamiyatdagi o'rni

Ustozlar jamiyatga va shogirdlar, o'quvchilar hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ular, shuningdek, ota-ona hayotida katta ahamiyatga ega, chunki ota-onalar o'z farzandlari uchun o'qituvchilardan ko'p narsani kutishadi. Biroq, har bir sohada bo'lgani kabi, yaxshi ham, yomon ham ustozlar bor. Yomon o'qituvchilar unchalik ko'p bo'lmasa-da, ularning soni sezilarli. Yaxshi ustoz yomon ustozda bo'lmagan fazilatlarga ega. Yaxshi ustoz yaxshi jamiyat tuzsa, yomoni o'sha jamiyatni buzadi. Yaxshi ustoz o'quvchini kasbga, ilmga bo'lgan mehrini oshirsa, yomoni uni batamom yo'q qilib yuborishi mumkin.



Yaxshi o'qituvchi

Yaxshi ustozni topish qiyin emas, lekin qayerga qarash kerakligini bilish zarur. Yaxshi o'qituvchilar ta'lim berish uchun oldindan yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan bo'ladi. Maksimal mahsuldorlikni ta'minlash uchun ular har kuni o'z harakat rejasini tayyorlaydilar. O'qituvchilar hamma narsadan, xususan, ular ixtisoslashgan fanlardan juda ko'p bilimga ega. Yaxshi o'qituvchi o'z bilimini doimiy ravishda kengaytirib boradi va o'z o'quvchilariga yaxshi, zamon talabiga mos ta'lim berishda davom etadi.

Xuddi shunday, yaxshi o'qituvchi har qanday qiyinchilikda bizga yordam beradigan do'stga o'xshaydi. Yaxshi o'qituvchi o'ziga xos va umumiy bo'lmagan individual o'quv jarayonini yaratadi. Bu talabalarni mavzuni yaxshiroq o'rganishga undaydi. Boshqacha qilib aytganda, yaxshi o'qituvchi o'z o'quvchilarining samarali o'qishini va yaxshi baho olishini ta'minlaydi.

Eng muhimi, yaxshi o'qituvchi - bu nafaqat ilmiy ko'rsatkichlarimizga, balki umumiy rivojlanishimizga e'tibor qaratadigan kishi. Shundagina o'quvchi haqiqatan ham o'sishi mumkin. Shunday qilib, yaxshi o'qituvchilar o'z o'quvchilarining muammolarini tushunishadi va ularni to'g'ri hal qilishga harakat qilishadi.

Haqiqatan ham, ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo'lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va marifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni ezozlab:

“Ustozning umri - mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, - deydi. Ha, juda ham to'g'ri fikr. Muallim - ustoz shunday mo'tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu korimizdan qatiy nazar, bu so'zlarni eshitganimizda ko'nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o'tadi. SHu tobda ko'z o'ngimizda qo'limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga etaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini echishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo'yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag'rida kechgan beg'ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o'rgatgan mehribon o'qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.
Sizning talimingiz olmagan kim bor,

Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.

Olimmi, shoirmi va yo sanatkor,

Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

Bitta harf dardida riyozat chekib,

Oqibat ko'kka ham chiqolgan inson.

Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,

O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,

Savod o'rgatdingiz qancha ranj bilan.

Qoplab bo'larmikan bu qarzni alhol,

O'zib bo'larmikan yuzta ganj bilan.


Barcha ustoz va murabbiylarimizni championat.asia va olamsport.com saytlari ijodiy guruhi nomidan 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang, deymiz.
Download 18,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish