Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental psixologiya XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi. V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi.