MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZMU NING FIZIKA FAKULTETI F1704 GURUH TALABASI XURRAMOVA SEVARANING LAZER FIZIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
MAVZU: Eksimer lazerlari
Eksimer lazeri tarixi
Katta bosimda, ultrabinafsha diapazonida ishlaydigan gaz lazerlariga ilmiy qiziqish eksimer lazerlarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Akademik N. G. Basov ilmiy xodimlari bilan 1970 yilda birinchi marta Xe2 molekulasi asosida ishlaydigan eksimer lazerini yaratadi. Eksimer lazeriga qiziqish 1975–76 yillardan boshlandi va inert gaz atomi bilan galogen atomidan tashkil topgan lazer ishga tushirildi.
Eksimer so’zi inglizcha iboralardan tashkil topib (Excited dimer) uyg’ongan dimer demakdir. Uyg’ongan atomlarning birikishidan tashkil topgan molekula eksimer molekulasidir. Eksimer molekulasi uyg’ongan holatda mavjud bo’ladi. Uyg’ongan eksimer molekulasining elektron-tebranish energetik sathlari orasidagi o’tish hisobiga ishlaydigan lazerlarga eksimer lazerlari deyiladi.

Bu lazerlarning ikkita asosiy xususiyati mavjud:

Generatsiya natijasida asosiy holatga o’tgan molekula darhol dissotsatsiyalanadi ya’ni alohida zarralarga ajralib ketadi. Pastki sath doim bo’sh bo’ladi.
Lazer nuri aniq chastotaga ega bo’lmay – keng polosaga ega. Bu esa lazer nurlanish chastotasini keng intervalda o’zgartirish imkonini beradi.
Eksimer molekulasining yuqori elektron-tebranish energetik sathi potensial chuqurlikka ega bo’ladi. Pastki energetik sathi potensial chuqurlikka ega bo’lmaydi va pastki energetik sathga dissosiatsiya holat deyiladi. Eksimer molekulasi pastki sathga qaytib tushishi bilanoq atomlar bir-birini itarilib ajralib va uzoqlashib ketadi. Pastki energetik holatda atomlar o’zaro ta’sirlashmaydi.Chunki eksimer molekulasi tugab atomlar oralig’idagi masofa g→∞ ga intilib atomlar alohida-alohida mavjud bo’ladi. Eksimer molekulasining yuqori elektron-tebranish energetik sathi bog’langan sath holatini (ikki xil tipdagi atomlarni bog’lovchi sathni) va pastki energetik sath bog’lanmagan holat (eksimer molekulasining tugagan holati)ni ifodalaydi.