Darsning maqsadi:
ta’limiy: o`quvchilarga genetik injeneriya haqida umumiy ma`lumotlar berish.
tarbiyaviy: o`quvchilarning genetika faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
Shakllantirilgan kompetensiya:biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik.
Dars metodi: “Interfaol” metodi
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Yurtimizda onalar va bolalar salomatligini saqlash uchun qanday ishlar olib borilmoqda?
2. Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida gapirib bering.
3. Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Daun kasalliklarining belgilarini tushuntiring.
III.Yangi dars bayoni:
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizmdan genlarni ajratish, genlarni boshqarish, genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari jamlanmasidir.
Gen muhandisligi fani irsiyatning moddiy asosi – DNK molekulasini spetsifik tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. DNK molekulasini tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifik ketma-ketligini aniqlash hamda xohlagan DNK bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi.
Gen muhandisligining tadqiqot obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘simliklarning hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik injeneriya: gen muhandisligi, xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Tirik tuzilmalarning DNK molekulalari hujayraning boshqa moddalaridan tozalab olingach, ular orasidagi moddiy farq yo‘qoladi. Har qanday manbadan ajratilib, tozalangan DNK molekulasi enzimlar vositasida spetsifik bo‘laklarga parchalanishi va qaytadan bu bo‘laklar ulovchi enzim vositasida ehtiyojga mos ravishda ulanishi mumkin. Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo‘lagini aynan ko‘paytirish yoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirish mumkin.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Genetik injeneriya qanday fan?
2. Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab bering.
3. Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 121-123 betlarni o’qib kelish va konspekt qilish
O`TIBRO’: ________________
Sana: ____________ Biologiya 10A; 10B
Mavzu: Hujayraning genetik elementlari. Nazorat ishi-4
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o`quvchilarga hujayraning genetic elementlari haqida umumiy ma`lumotlar berish.
tarbiyaviy: o`quvchilarning genetika faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
Shakllantirilgan kompetensiya:biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.
Dars metodi: “Interfaol” metodi
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Genetik injeneriya qanday fan?
2. Genetik injeneriya fanining paydo bo‘lishi va uning maqsadlari haqida so‘zlab bering.
3. Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?
III.Yangi dars bayoni:
Xromosomalar. Hayot shakllarining barchasi o‘z tuzilishi va faoliyatini belgilovchi irsiy elementlarga ega. Viruslarning irsiy elementlari DNK yoki RNK molekulasida ifodalangan bo‘ladi. Prokariotning asosiy nasl apparati halqasimon DNKdan iborat bo‘lib, nukleoid deyiladi va sitoplazmada joylashadi. Bakteriya DNKsi gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qilmaydi, natijada xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi». Eukariotlarning irsiy axboroti xromosomalarda mujassam bo‘lgan, xromosomalar DNK va gistonli oqsillardan iborat bo‘ladi. Eukariotlarning bir-biridan farqlanishi ulardagi irsiy axborotning turlicha bo‘lishiga bog‘liq. Ular xromosomalar soni va ulardagi genlar miqdori va sifati bilan farq qiladi.
Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo‘sh zanjirli halqasidan iborat. Plazmidlar o‘rtacha 3–10 dona genlardan tuzilgan va ikki toifaga bo‘linadi. Bularning birinchisi transmissibl plasmid bo‘lib, u transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi.
Ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar evolutsiyasida muhim o‘rin tutadigan genetik birliklar bo‘lib, ular xromosomalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi fragmentlaridir. Ko‘chib yuruvchi elementlarning uch xil tipi mavjud va ular bir-biridan tuzilishi, ko‘chib yurish tipi va viruslarga o‘xshash yoki o‘xshashmasligi bilan farqlanadi. Shulardan birinchisi transpozonlar bo‘lib, ular DNKning bir joydan ajralib chiqib, ikkinchi joyiga borib o‘rnashadi. Retrotranspozonlar – DNK ning bir bo‘lagi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?
2. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalarning antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi?
3. Transpozonlar qanday tuzilgan?
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 123-126 betlarni o’qib kelish va konspekt qilish.
O`TIBRO’: ________________
Sana:____________ Biologiya: 10A ;10B
Do'stlaringiz bilan baham: |