Mavzu: Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o`quvchilarga odalarda uchraydigan irsiy kasalliklar va oqibatlari haqida tushunchalar berish.
tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ekologik, axloqiy tarbiya berish.
rivojlantiruvchi: ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, fanga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Shakllantirilgan kompetensiya:biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.
Dars metodi: “Interfaol” metodi
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
1.Geneologik metodni tushuntirib bering.
2. Sitogenetik metodining mohiyatini tushuntiring.
3. Egizaklar metodi qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
4. Immunologik metod haqida gapirib bering.
III.Yangi dars bayoni:
Odam hujayrasidagi xromosomalar: autosom va jinsiy xromosomalarga ajratiladi. Autosoma xromosomalaridagi genlar mutatsiyasi oqibatida quyidagi kasalliklar vujudga keladi: odamlarda qo‘l va oyoq panjalarining tutashib ketishi – sindaktiliya, panjalarda qo‘shimcha barmoqlarning hosil bo‘lishi – polidaktiliya gen kasalliklari sanalib, dominant holda irsiylanadi. Odamda retsessiv mutatsiya oqibatida vujudga keladigan gen kasalliklari aniqlangan. Masalan, albinizm kasalligi teri, soch, ko‘zning kamalak pardasida pigmentlarning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Autosoma xromosomalar sonining o‘zgarishi tufayli chiqadigan kasallikka misol qilib, «Daun sindromi»ni olish mumkin. «Daun sindromi»ning kelib chiqishiga 21-juft gomologik xromo somaning bittaga ortib ketishi, ya’ni trisomik holatda bo‘lishi sababchidir. «Daun sindromi»ga uchragan shaxslar kariotipida xromosomalar soni 47 ta bo‘ladi. Bu kasallik autosoma xromosomalarning o‘zgarishi natijasida vujudga kelganligi sababli ayol va erkaklarda uchraydi. Bu kasallikka chalingan bemorlarga xos belgilar quyidagilardan iborat: Bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi va peshonasi keng, ko‘zlari kichik, bir-biriga yaqin joylashgan, og‘zi yarim ochiq, aqli zaif, bepusht bo‘ladi. «Daun sindromi»ning kelib chiqishiga asosiy sabab ota-onaning chekishi, alkogol yoki narkotik moddalarning iste’mol qilishi natijasida, boshlang‘ich jinsiy hujayralarning meyoz bo‘linishida 21juft xromosomalarning o‘z juftidan to‘liq ajralishi sodir bo‘lmaganligi sababli yo tuxum hujayra, yo spermatozoidda 23 ta xromosoma o‘rniga 24 ta xromosoma bo‘ladi. Mazkur jinsiy hujayra urug‘lanishi natijasida kariotipida 47 ta xromosoma bo‘lgan zigota, undan kelgusida «Daun sindromi»ga xos belgi xususiyatlarga ega organizm rivojlanadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
1. Gen kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida gapirib bering.
2. Klaynfelter sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Daun kasalliklarining belgilarini tushuntiring.
3.Irsiy kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 116-121 betlarni o’qib kelish
O`TIBRO’: ________________
Sana: ____________ Biologiya 10A; 10B
Do'stlaringiz bilan baham: |