Tarbiyaviy maqsad: Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad : Ilmni amaliyotga tatbiq etish, o’quvchilarning kitobxonlik malakasini oshirish, biologiya fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Shakllantirilgan kompetensiya: biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.
Dars turi: Yangi tushunchalar berish.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.
Dars metodi: “Aqliy hujum” metodi, klaster metodi.
Darsning borishi:
I
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
IV
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
II
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
12 daqiqa
|
V
|
Baholash
|
3daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
VI
|
Uyga vazifa berish
|
3daqiqa
|
I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II.O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Chuchuk suv ekosistemasi qanday komponentlardan tarkib topgan? Nima uchun uning tarkibida produtsentlarning biomassasi konsumentlarnikiga qaragan da kam?
2. O‘rmonlarda hayotni qanday omillar ta’minlaydi?
3. Fitoplankton, zooplankton va bentos organizmlar ro‘yxatini tuzing, ularning ko‘l ekosistemasidagi o‘rnini aniqlang
III.Yangi dars bayoni:
Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik zonalardan iborat. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan ko‘pini tashkil qilib, dengiz sathidan 400–500 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Bu regionning fizik-geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xil. Shimoliy-g‘arbiy hududlar cho‘l va chala cho‘llardan iborat bo‘lib, yozi quruq issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi.
To‘qaylar daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt, buta va o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat. To‘qaylar daryo suvlari bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo bilan Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. To‘qaylarda o‘tlardan qamish, ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan; daraxt va butalardan esa turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Adirlar O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m gacha bo‘lgan joylardir Adirlarning tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor, o‘simliklarning vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi. Bu mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki lalmi ekinlar ekiladi.
Dengiz sathidan 1200 –1600 metrdan 2700 –2800 metrga cha balandlikda tog‘ o‘rmonlari joylashgan. Tog‘ o‘rmonlarida yong‘oq, olma, tog‘olcha, do‘lana, bodom, qatrong‘i, nok, archa, terak, qayin, kamxastak kabi daraxtlar; na’matak, uchqat, zirk, tobul g‘i, irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Ko‘p yillik o‘tlar orasida lola, shirach, kavrak kabi muhofazaga molik turlar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |