EQD=XI/EUD100
Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste’mol bilan taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht, sabzavot, meva har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uyjoy maydoni va boshqalar.
Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol darajasi ortib, ehtiyojlar to‘laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o‘zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi. Ehtiyojlarni qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehtiyojlarini qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur bo‘ladi.
Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch muqobil varianti mavjud bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |