- D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ____________Fan: Informatika 9-sinf Mavzu: Amaliy mashg`ulot
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olishga o`rgatish.
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish
v) O’quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olish malakasini rivojlantirish
Dars tipi: kombinatsiyalashgan aralash dars .
DTS talabi. O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:
1. O’quvchi bilishi Oddiy Web – sahifalarni yarata olishi kerak:
2.. O’quvchi bajara olishi kerak: Web sahifalar yaratish
Dars jihozi: Kompyuterlar. Darslik. Tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Web sahifalar tuzganda oldingi darslarda o`rgangan diskriptorlardan foydalaning.
Amaliy mashg`ulot uchun topshiriqlar
“Mening oilam” nomli web sahifa tuzing
“Bir haftalik dars jadvali” web sahifa tuzing
“Maqollar” nomli web sahifa tuzing
“Sherlar” nomli wev sahifa tuzing
Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlash/
- D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ____________Fan: Informatika 9-sinf
Mavzu: Shrift o’lchami va rangi
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha bilim berish.
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarni bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: Web sahifalar tuza olish malakasini rivojlantirish
Dars turi: Yangi bilim berush.
Dars uslubi: Amaliyot ,Suhbat.
Dars jihozi: Darslik, Kompyuter, ko`rgazma, tarqatma kartochkalar.
DTS
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:
1. O’quvchi bilishi Web – sahifadagi matn shrifti o’lchamini kerak:
2.. O’quvchi bajara 1 – 5 mashqlarni olishi kerak:
: ________________________________________________________________
Darsning borishi:
Avvalgi mavzularda hosil qilgan web-sahifalarimizda bir xil shriftdan foydalandik. Shrift o’lchami ham faqat sarlavha deskriptorlari yordamida o’zgartirildi. Internetdagi web-sahifalarda turli shrift va o’lchamda, har xil ranglar bilan yozilgan matnlarni uchratish mumkin.
Shrift o’lchamini belgilash uchun HTMLda <FONT SIZE> deskriptoridan foydalaniladi. Bu deskriptor ishlatilganda kiritilayotgan matn shrifti o’zgarmaydi. Shrift olchami o’zgarganini faqat web-brauzerda ko’rish mumkin.
Web-sahifada 7 xil o’lchamdagi shriftlarni ishlatish mumkin. Ular 1 dan 7 gacha sonlar bilan belgilanib, 1 — eng kiclnk, 7 esa eng katta shrift orchamini bildiradi. Masalan, shrift o’lchamini 5 ga teng qilib olish uchun =5> ko’rinishdagi deskriptor yoziladi. Asosiy shrift ol'chamiga qaytish uchun deskriptori qo’llaniladi.
HTMLda kiritilgan matnning web-brauzerdagi ko’rinishi doim ham biz kutgan natijani beravermaydi. Uni biz istagan ko’rinishga keltirish uchun bir necha bor tahrir qilishga to’g’ri keladi. Buning uchun Bloknot matn muharririni ishga tushirish, kerakli HTML-hujjatni diskdan izlab topish va xotiraga yuklash, uni tahrir qilish va qayta saqlash, web-brauzerni ishga tushirish, tahrir qilingan HTML-hujjatni yana diskdan topib brauzerda ko’rish kerak bo’ladi. Odatda, web-sahifa biz o’ylagan ko’rinishga kelishi uchun yuqorida sanab o’tilgan ishlarni bir necha bor bajarishga to’g’ri keladi, Bu ishlarni ancha qulay yo’l bilan bajarish ham mumkin. Internet Explorerda ochilgan web-sahifani tahrir qilish lozim bosa, ,,sichqoncha" ko’rsatkichini shu web-sahifa ustiga olib kelib, o’ng tugmasi bosiladi. Ekranga qo’shimcha menyu lavhasi chiqadi. Undan ,,HTML ko’rinishida ko’rib chiqish" (Просмотр в виде HTML) bandi tanlansa, ko’rilayotgan web-sahifaning HTML-hujjati yuklangan Bloknot matn muharriri ekranga chiqadi. HTML-hujuatni tahrir qilib, saqlab qo’yiladi. Internet Explorer uskunalar panelidagi ,,YangiIash" (Обновить) tugmasi bosilsa, ma'lumotlar maydonidagi web-sahifa yangilanadi (tahrir qilinganiga almashtiriladi).
Web-sahifada turli ranglarni ishlatish uni yanada go’zal va jozibali ko’rsatadi. Web-sahifada matn rangi bilan birga fon rangini hani o’zgartirish mumkin. Buning uchun bizga deskriptori kerak bo’ladi. Bu deskriptor yordamida web-sahifaning asosiy qismi (tanasi) belgilab olinadi. U deskriptori mos ravishda ,,Text=" yoki ,,Bgcolor=" ko’rsatmalari bilan birga qo’llaniladi. Bu ko’rsatmalarda „=" belgisidan keyin qo’shtirnoq ichida rang kodi yoziladi. Rang kod „#" belgisi bilan boshlanadi.
Rang kodi RGB (Red — qizil, Green — yashil, Blue — ko’k) ranglar tizimiga asoslangan. Bu tizimda kerakli rang uchta asosiy ranglarning turli miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri 16 asosli sanoq sistamasidagi 00 dan FF gacha (256 ta) sonlar bilan belgilanadi. Ba'zi ranglarning kodlari jadvalda keltirilgan:
Oq
|
#FFFFFF
|
White
|
Qora
|
#000000
|
Black
|
Qizil
|
#FFOOOO
|
Red
|
Yashil
|
#OOFFOO
|
Green
|
Ko’k
|
#OOOOFF
|
Blue
|
Sariq
|
#FFFFOO
|
Yellow
|
Qirmizi
|
#FFOOFF
|
Magenta
|
Web-sahifada matn va fonga rang berish quyidagi misolda ko’isatilgan.
Matn va fonga rang berish
Rang kodi RGB (Red - qizil, Green - yashil, Blue – ko’k) ranglar
tizimiga asoslangan. Bu tizimda kcrakli rang uchta asosiy ranglarning turli
miqdordagi aralashmasidan hosil qilinadi. Uchta asosiy rangning har biri
16 asosli sanoq sistemasidagi 00 dan FF gaclia (256 ta) sonlar bilan
bclgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |