1
Karimov I.A. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. –T.: Manaviyat, 2008. –B. 113
29
II BOB. INTERNETDA “OMMAVIY MADANIYAT”NING AKS ETISHI
2.1. Internetda axloq-estetik xususiyatlar integratsiyasi
Tezkor axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida
dunyodagi turli xalq va elatlar orasida globallashuv jarayonlari sodir bо‘layotgan
vaqtda butun insoniyat, jumladan xalqimiz ham ma’naviyatiga salbiy ta’sir
kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan turli mafkuraviy tahdidlar ostida yashamoqdalar.
Shu о‘rinda siyosiy globallashuv bilan tengma-teng holatda fan, madaniyat,
ta’lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-madaniy globallashuv
ham sodir bо‘layotganligini yoddan chiqarmasligimiz zarur. “Mana shunday
vaziyatda odam о‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan о‘tgan о‘z xalqining
hayotiy-milliy qadriyatlariga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarashi va
mustahkam irodaga ega bо‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh
oshkor, goh pinhona kо‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol”
1
, deydilar
muhtaram Prezidentimiz о‘z asarlarida. Demak, bu yovuz kuchlarning ta’sirini
oldini olish, yoshlarimiz ruhiyatida milliy ma’naviy-mafkuraviy immunitetni
kuchaytirish shu yurtda yashayotgan barchamizning eng zarur vazifalarimizdandir.
Hozirda xalqimizning dunyoqarashiga, yoshlarimizning milliy ma’naviy va
madaniy ahloqiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan mafkuraviy
tahdidlardan
eng
xavflisi
bu
“ommaviy madaniyat”dir. Yurtboshimiz
tariflaganlaridek, “Chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan manaviy va ahloqiy
tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat”ning yopirilib kelishini
unutmasligimiz kerak”. Yurtboshimizning “ommaviy madaniyat” tо‘g‘risida
aytgan ta’riflari eng maqbul ta’rif bо‘lib, “ommaviy madaniyat” asosini ma’naviy
va ahloqiy tubanlik illatlari tashkil qiladi. Agar uni kengroq о‘rganadigan bо‘lsak,
“ommaviy madaniyat” aslida nima? Nimasi bilan xatarli? degan savollarga
Muxtaram Yurtboshimizning quyidagi sо‘zlaridan javob topamiz: “Ommaviy
madaniyat” bu ahloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm
g‘oyalarini tarqatish, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha
1
Karimov I.A. О‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bо‘lmaydi. T.13 T.:О‘zbekiston,2005. 110
bet.
30
ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga
bepisandlik, ularni qо‘porishga qaratilgan xatarli tahdiddir”.
1
Bugungi zamonaviy fan “ommaviy madaniyat”ning tub zamirida,
darhaqiqat, tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini e’tirof etadi. Tarixga nazar
solinsa har doim mahsulotlar bilan birga begona mafkuralar ham tarqalgani
ma’lum bо‘ladi. Savdogarlar о‘zlari bilan nafaqat mahsulotlarni, balki
yangiliklarni, dinni, mafkurani, qolaversa madaniyatni ham tarqatishgan. Ana shu
usul bugungi kunda ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgani yо‘q va hozir ham
savdogarlarning madaniyatlar eksportida faol qо‘llanilmoqda. Farqli jihati
shundaki, avvallari bu holat savdogar vositasida bajarilgan bо‘lsa, bugun bu
vazifani mahsulotning о‘zi ado etayapti. Masalan, Amerika bayrog‘ining rasmi
tushirilgan sochiqlarni yengil mashinalarga qо‘yib yurish, g‘arb davlatlari ramzi
tushirilgan kiyimlarni, turli ajnabiy yozuvlar yozilgan, ma’nosini о‘zi ham
tushunib yetmaydigan maykalarni kiyib yurganlar “ommaviy madaniyat”
targ‘ibotchisi bо‘layotganini kо‘rishimiz mumkin. Savol tug‘iladi: Nega
yoshlarimiz О‘zbekiston bayrog‘ini mashinalariga faxr bilan qо‘yib
yurishmaydi? Nega milliy mentalitetimizga mos kiyimlarni kiyib yurishni havas
qilmaydilar? Bu masalada siz va bizning xatoimiz nimadan iborat? Balki buyuk
istiqlolga va о‘z Vataniga hamda о‘z ona xalqiga bо‘lgan muhabbat va
masuliyatni yoshlarimizda shakllantira olmayapmizmi?
“Ommaviy madaniyat” tub mohiyatiga kо‘ra, milliy madaniyatlarning
kо‘shandasi bо‘lib, u madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, uning asl maqsadi - bu
olamni bir xil rangda kо‘rishdir. Insonlarni hayvoniylikka, ahloqsizlikka
chaqirishdir.
Milliy ma’naviy madaniyatimiz va diniy qadriyatlarimiz mazmun-
mohiyatidan juda gо‘zaldir. Bu milliy madaniyatimizdan begona ruhiyatda voyaga
yetadigan yoshlar tabiiy ravishda turli yot kuchlar qurboniga aylanmoqdalar.
Bizning milliy madaniyatimizda hayo, andisha, ibo kabi ahloqiy
fazilatlarga qat’iy ravishda amal qilinib kelinadi. “Ommaviy madaniyat” aynan
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.117-bet.
31
milliy qadriyatimiz asosi bо‘lgan hayo, andisha, oqibat, mehr–muhabbat kabi
gо‘zal ahloqiy qadriyatlarimizga qarshi bо‘lgan ahloqsizlik va yovuzlikni о‘zida
aks ettirgan g‘ayriinsoniy harakatdir. Afsuski, bugun ba’zi yoshlarimizning milliy
madaniyatimizga zid holatda kindik kо‘rinar kiyinishlarida, quchoqlashib, о‘pishib
salomlashishlarida, muqaddas Valentin kuni kabi ahxmoqona tadbirlarda
“ommaviy madaniyat”ning ta’siri yaqqol kо‘rinib turibdi.
Patrik Jozef Byukenen “G‘arbning halokati” asarida shunday deb yozadi:
1950 yillarda boshlangan “ommaviy madaniyat” 1990 yilga kelib millatimizni
naslsizlik balosiga duchor qildi. “Ommaviy madaniyat” asta-sekin insonning
hayvonga xos xususiyatlarini kuchaytirib boradi. Bu ma’naviy-ahloqiy illatlarning
ta’siri natijasida kishilarda bir qator kо‘rinishlar namoyon bо‘ladi:
1) ahloqiy buzuqlik - jamoat joylarda о‘pishish, shahvoniy film va suratlar
kо‘rish;
2) zо‘ravonlik va zо‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi filmlar va kompyuter
о‘yinlariga odatlanib qolish;
3) о‘zim bо‘lsam bо‘ldi, о‘zga bilan ishim yо‘q tushunchasida qotib qolish;
4) barcha narsalarga shaxsiy manfaat nazari bilan yondashish;
5) shaxsiy manfaatni har narsadan ustun qо‘yish - bu borada hech kim bilan
hisoblashmaslik, hattoki, ota-ona hurmati va fikrini ham mensimaslik;
6) о‘z nafsining quliga aylanish;
7) hayosizlik, giyohvandlik, ichkilik, tubanlikka yuz tutish hamda
8) g‘ayriinsoniy “nikoh”lar, jinslar о‘rtasida hayvoniy nafsga berilish kabi
о‘ta salbiy holatlar.
Ravshan bо‘ldiki, “ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongini
tо‘g‘ri shakllanishiga salbiy tasir kо‘rsatib, ularni xudbin qilib voyaga yetkazadi.
“Senga erkinlik beriladi, bilganingni qil, yoshligingda ayshingni sur, kо‘ngling
tusagan ishni qil, ozod va hursan, hattoki ota-onang ham senga xо‘jayin emas”,
degan safsatalar yoshlarni har qanday dindan va madaniyatdan chalg‘itadi va
jamiyat
oldidagi
mas’uliyatini yо‘qqa chiqaradi, farzandlik burchlarini
insoniylikdan ham begona qiladi.
32
“Ommaviy madaniyat” - inson shakllanishining eng muhim payti bо‘lgan
15-25 yoshlar orasida yoshlarning hayotini va dunyoqarashini buzib yuborishga
harakat qiladi. Yoshlar omili doimo dolzarb masala bо‘lib kelgan. Yoshlik shunday
bir chorrahadirki, inson kelgusi hayotini о‘sha chorrahada belgilab oladi. Yuksak
madaniyatli, or-nomusli gо‘zal insonlarning izidan yuradimi yoki buzuqlik va
hayosizlik kо‘chasiga yuz buradimi? Bu siz bilan bizga ham bog‘liqdir.
Yoshlarimizni “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan asrash uchun yuksak
insoniylik va odobga asoslangan milliy mafkuraga tayanishimiz muhim
ahamiyatga ega. Bunda etiborimizni mazkur mafkuramizning komil inson bо‘lish
tamoyiliga qaratishimiz bilan birga ajdodlarimizdan bizga meros bо‘lib qolgan
urf–odatlarimizga, gо‘zal ananalarimiz va diniy qadriyatlarimizga suyanishimiz
shubhasiz kutilgan samarani beradi.
Milliy qadriyatimiz asosini hayo va oqibat tashkil etadi. Ayniqsa, milliy
qadriyatimizning gо‘zal kо‘rinishi ayollarimiz, ya’ni onalarimiz, qizlarimiz, jufti
halolimiz
va opa-singillarimizga kо‘rsatayotgan chiroyli muomalalarimizda
namoyon bо‘ladi. Dunyoning boshqa xalq va millatlarida bu madaniyat va mehru
oqibat uchramaydi. Shu о‘rinda aytish mumkinki, ayollarimiz ham о‘z qadrlarini
hayo va odobda mujassam deb biladilar.
Ona xalqimizning tarbiyasi asosida voyaga yetgan Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Gavharshodbegim, Nodirabegim
kabi ajdodlarimiz vatanparvar, oilaparvar, sharmu hayoli, shijoatli va or-nomusli
bо‘lib voyaga yetishgan. Milliy qadriyat va odoblarimiz ayollarimizning qadri,
ularning hayosida va odobida mujassamdir.
Hayo va andisha ayol zotida onalik timsoli bо‘lsa, erkak zotiga ham suv va
havodek zarur. Hayosiz erkaklar bor joylarda ayollarning hayo pardalari
kо‘tariladi. Hayosiz ayollar yashaydigan jamiyatda esa hayosiz va beandisha
farzandlar dunyoga keladi. Ayol о‘z farzandiga hayo va oqibat hislarini onalik
mehri va oq suti bilan singdiradi.
Oqibat va hayo, mehmondо‘stlik, bolajonlik biz о‘zbeklar madaniyatining
buyukligidandir. Hech bir xalq yо‘qki, bizning ona Vatanimiz gо‘zalligi va
33
halqimizning mehmondо‘stligiga qoyil qolmagan bо‘lsa. Mehmondо‘stlik va
bag‘rikenglik, oqibat va andisha milliy mentalitetimiz va milliy boyligimizdir.
Buning uchun farzandlarimizni о‘zbek xalqining boy milliy madaniyatiga mos
qilib
tarbiyalashimiz
zarur.
О‘z xalqining milliy qadriyatlarini bilmay,
о‘zgalarning iflos va hayosiz harakatlariga ergashayotgan bolalarni qanday qilib
о‘zbek bolalari deya olamiz? Ularning nazoratsiz qolganligi va tarbiyasiz voyaga
yetayotganligiga sizu biz aybdor emasmizmi?!
Ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ning qurboni bо‘layotganlar vatanfurush
kimsalarga aylanishini yodimizda saqlaylik. Vatanfurushlar Vatanini oshkora
sotmasligi mumkin, ammo Vatanini ich–ichidan kemirib, Vatan taraqqiyotiga hissa
qо‘shmasdan befarq yashash vatanfurushlikning bir kо‘rinishi emasmi?!
Bu kabi salbiy sifatlardan bolalarimizni asrashimiz va tarbiyaga jiddiy
e’tiborimizni qaratishimiz maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Farzandlarimizni sportga,
ilm olishga, hunar о‘rganishga, sharmu hayoli bо‘lishga о‘rgataylik. Bu mas’uliyat
sizu bizni xech qachon tark etmasin.
Muhtaram Prezidentimizning yoshlar sportiga, ularning ilm olishlariga
e’tibor berayotganliklari hammamizga о‘rnak bо‘lishi zarur va О‘zbekiston
Respublikasining har bir fuqarosi bu kabi xayrli ishlardan о‘zini chetga olib
qochmasligi, balki tashabbuskorlik bilan yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berishi
lozim.
Ayni kunlarda internetda keng tarqalgan videoviruslardan biri Harlem Shake
qisqa vaqt ichida millionlab insonlarni о‘zining bema’nilik, behayolik tо‘la
girdobiga tortib oldi. Vikipediya yensiklopediyasi yozishicha, yarim daqiqadan
iborat ushbu rolikning avvalgi 14-15 sekundida bir ishtirokchi noodatiy bosh kiyim
bilan raqsga tushadi, ayni damda boshqa ishtirokchilar о‘z ishlari bilan band
bо‘ladilar. Shundan sо‘ng hamma ishtirokchilar turli noо‘xshov kiyimlarda yoki
deyarli yalang‘och holda tartibsiz harakat qilib, noodatiy usulda havoda yoki
sahnaga qarab erotik pozani namoyish etib, raqs ijro etadilar.
О‘zlarining aytishicha, bulutli havoda bekorchilikdan nima qilishni bilmagan
avstraliyalik 5 nafar о‘spirin yuqoridagidek “raqs”ni ijro etishadi va 2013 yilning 2
34
fevral kuni rolikni Youtube ga joylashadi. qisqa vaqt ichida ushbu rolik jahon
bо‘ylab tarqalib, internet foydalanuvchilarini “telba” qiladi, uning turli
muqallidlari yuzaga keladi. Dunyo bо‘ylab, “Harlem Shake”ning “original”
variantini 40 000 000 kishi, uning parodiyalarini 500 000 000 dan ortiq kishi
tomosha qilgan.
“Harlem Shake” telbalari dunyoning turli joylarida turli fleshmoblar tashkil
etib ushbu bema’ni raqsga о‘ynab, turli roliklarni suratga olmoqdalar. Isroilning
Tel-Aviv shahrida bir paytning о‘zida 70000 kishi shu raqsni ijro etib rekord
о‘rnatishdi (shaharda jami 400000 kishi itiqomat qiladi).
Inglizchadan tarjimasi “Harlemcha jilpanglash” bо‘lgan ushbu raqs turi Nyu-
Yorkning Harlem tumanida yashovchi alkogolik El Bi tomonidan 80-yillar boshida
“kashf qilingan”.
Internetda “Harlem Shake”ka taqlidan О‘zbekistonlik yoshlar tomonidan
suratga olingan 50 dan ortiq rolik tarqalgan. Harlem Shake nomi bilan mover.uz da
220 dan ortiq, mytube.uz da 50 ta rolik о‘rin olgan. Uznetdagi eng mashhur rolik
“Toshkentcha Harlem Shake” hamda Korzinka supermarketida tasvirga olingan
rolik bо‘lib, mover.uz da ikki rolikni 30000 dan ortiq, mytube.uzda 4000 dan ortiq
kishi tomosha qilgan. Birgina mover.uz dagi “Harlem Shake” bilan bog‘liq
roliklarni 250 000 kishi kо‘rganligi qayd etilgan.
Yeng achinarli jihati aksariyat “о‘zbekona Harlem Shake”lar о‘spirinlar,
asosan, maktab va kollej о‘quvchilari, universitet talabalari tomonidan suratga
olingan va tarmoqqa joylashtirilgan.
Roliklarning maktab sinf xonalarida о‘quvchilar tomonidan ijro etilgani
hayratlidir. Hatto ayrim roliklardagi behayo qiliqlar har qanday tomoshabinni bu
kabi yoshlarning taqdiri haqida о‘ylashga majbur etadi.
Bunday jazavaga tushishning oqibatlari turli xil davlatlarda har xil kutib
olindi. Tunis ta’lim vazirligi tomonidan ushbu raqs ma’naviy va diniy tuyg‘ularni
masxara qilgani uchun taqiqlandi. Misrdagi ehromlar yonida raqs ijro etgan
talabalar
tarixiy
obidalarga
behurmatlik
qilgani
uchun
hibsga
olindi.
Pensilvaniyaning Saskuexann universiteti futbol komandasidan 11 futbolchi
35
“Harlem Shake” raqsini ijro eta turib, jinsiy aloqa holatini aks ettirgani uchun
jamoadan chetlatildi. Nyu-York xokkey jamoasi yechinish xonasida yarim
yalang‘och va bir ishtirokchi qip-yalang‘och holda ushbu raqsga rolik ishlagani
uchun о‘yinlardan chetlatildi.
AQShda 30 nafar о‘quvchi “Harlem Shake” raqsi orqali ratsizmni targ‘ib
qilgani uchun maktabdan haydaldi. Bu mamlakatda ayni shu raqs sabab 100 dan
ortiq о‘quvchi va talabalarning о‘quv yurtlaridan chetlatilgani haqida habar berildi.
Shuningdek, 15 nafar oltin koni ishchilari ish joylarida ushbu raqsni ijro etgani
uchun ishdan chetlatilib, umrbod oltin qazish uchun litsenziyalari bekor qilindi. Bu
kabi xabarlarni har kuni ommaviy axborot vositalaridan о‘qimoqdamiz.
Bu kabi aksilinsoniy kо‘rinishdagi harakat jahon ommaviy axborot
vositalarida paydo bо‘lishi bilan ziyolilar avvaliga hayron bо‘lishdi. Bugungi
kunda jahondagi eng taraqqiy etgan davlatlardagi beqarorlik, о‘sha jamiyatlarda
hukm surayotgan ertangi kunga ishonchsizlik tufayli yuzaga kelgan ma’naviy
inqirozlar u yerdagi sarosimaga tushgan yoshlarni chalg‘itib qо‘ydi.
Bunday harakatlar umuminsoniy qadriyatlarga mutlaqo zid, manqurtlikning
yangicha bir kо‘rinishidir.
Insonning estetik didi, axloqi, madaniyati uchun hech qanday izohlab berish
mumkin bо‘lmagan, vahshiy hayvonot olamiga ham yot bо‘lgan bunday
harakatlardan xorijdagi ba’zi doiralar manfaatdor bо‘lib, ular hali oq-qoraning
farqini anglab ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish uchun turli aksilma’naviy
texnologiyalarni ishlab chiqishmoqda. Tobora ildiz otayotgan bu kabi odatlar
umuminsoniy qadriyatlar u yoqda tursin, oddiy insoniy madaniyat tushunchalariga
ham tо‘g‘ri kelmaydi. Buyuk allomalar, jahonning g‘ururi bо‘lgan madaniyat
peshvolarining vorislari va avlodlari bо‘lgan о‘zbek yoshlari ichida ham
taqlidchilar paydo bо‘lishini izohlash qiyin.
Bugun yoshlarga ta’lim berayotgan har bir pedagog, о‘z farzandining ertangi
taqdiriga befarq bо‘lmagan har bir ota-ona, mahalla-kо‘y, mutaxassislar bunga
qaytadan, yana bir bora jiddiy ye’tibor bilan qarashi zarur. Yoshlarimiz esa,
barkamol shaxs bо‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga
36
nisbatan о‘z munosabatlarini chin yurakdan, samimiy namoyon yetishlari kerak.
Ular nafaqat о‘zlari, balki yon-atrofidagi tengdoshlarini ham hatti-harakatlariga
befarq bо‘lmasliklari zarur.
“Ommaviy madaniyat” ayniqsa internet tarmoqlardan tarqatilishi - axloqiy
buzuqlik va zо‘ravonlik, g‘araz g‘oyalarni singdirish, buning ortidan boylik
orttirish, xalqlarning bir necha ming yillik axloq qoidalari, an’ana va qadryatlari,
turmush tarzini ma’naviy ildizlaridan qо‘porishgacha olib boruvchi salbiy illatdir.
G‘arb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol о‘rtasidagi nikoh -
hayratlanarli hodisa bо‘lmay qolayotganligi nazar tutilsa, “ommaviy madaniyat”
targ‘ib etayotgan ma’naviy tubanliklar, behayoliklar, qabohatlar naqadar
chuqurlashib ketganligini tasavvur etish qiyin emas.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolasiga zinodan bо‘lgan
nasibasi yozilgandir. Ikki kо‘zning zinosi nazar solishdir. Tilning zinosi
gapirishdir. Ikki quloqning zinosi yeshitishdir. Ikki qо‘lning zinosi ushlashdir. Ikki
oyoqning zinosi yurib borishdir. Nafs orzu va ishtaha qiladi, farj esa, uni yo
tasdiqlaydi, yo yolg‘onga chiqaradi”, deya ogohlantirganlar.
Bundan tashqari fahshni targ‘ib qiluvchi filmlarni kо‘rish, mana shunday
harakatlarni tasvirga olib tarqatish yer yuzida fisqu fasod, yomonlik va fahshni
yoyishga kiradi. Alloh taolo bunday qabih ishlardan qaytargan.
“Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh ishlar tarqalishini yaxshi
kо‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar
bilmassizlar.” (Nur surasi 19 oyat).
37
Do'stlaringiz bilan baham: |