DVS sindromi diagnostikasi
DVS sindromi diagnostikasida etiologik omil haqida anamnez yigʻish, klinik belgilar va laborator tekshiruvlar natijasi (umumiy qon tahlili, siydik tahlili, koagulogramma, IFA) ga asoslanadi. Qon ketish xarakteri va koagulopatiya darajasini aniqlash ham juda muhim.
DVS sindromi uchun petixial-gematom qon ketish, bir vaqtning oʻzida bir necha sohada gemorragiya holati xosdir. Sindrom belgilarining yaqqol namoyon boʻlmasligida giperkoagulyatsiya laborator tekshiruvlar natijasida aniqlanadi. Trombotsitlar, fibrinogen, protrombin va trombin vaqti, Li-Uayt boʻyicha qon ivish vaqtini tekshirish eng asosiy tekshiruvlari boʻlib hisoblanadi.
DVS sindrom kriteriyalariga qon surtmasida eritrotsit fragmentlari toʻplanishi, trombotsitlar va fibrinogen defitsiti, antitrombin III aktivligining qon plazmasida pasayishi, trombin vaqti uzayishi, qon laxtasining hosil boʻlmasligi (in vitro sharoitida ham) kabi holatlar kiradi.
Shok holatidagi aʼzolar holati ham baholanadi: oʻpka, buyrak, jigar, yurak-qon tomir tizimi, bosh miya. DVS sindromi birlamchi fibrinoliz va boshqa koagulopatiyalar bilan differensiatsiya qilinadi.
DVS sindromi davosi
Davo natijasi aptologik holatning erta aniqlanishida roʻy beradi. Muolajalarda bemorni sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga oʻtkazish, shokka qarshi chora tadbirlar olib borish kerak boʻladi. DVS sindromining kam simptomli kechuvida asosiy patologiyani bartaraf etish, gemodinamik koʻrsatkichlar va aʼzolar funksiyasini tiklash zarur boʻladi.
Oʻtkir kechuvchi DVS sindromida avvalo DVSga olib keluvchi asosiy patologiya bartaraf etiladi. Masalan, shoshilinch tugʻruqqa ruxsat berish, gisteroektomiya yoki infeksion omilni bartaraf etish uchun kuchli dozalarda antibiotiklar buyurish kerak.
Giperkoagulyatsiyani kamaytirish uchun antikoagulyantlar (geparin), anatiagregantlar (dipiridamol, pentoksifillin), fibrinolitiklar buyuriladi. Bemorlarda doimo gemostaz koʻrsatkichlari nazorat qilib turish zarur.
DVS sindromida yangi plazma quyish, trombositar yoki eritrositar massa quyish, yurak yetishmovchiligida kriopresipitat qoʻllaniladi. Hayot uchun xavfli boʻlgan qon ketishlarni toʻxtatish uchun antifibrinolitik vositalar (aminokampron kislotasi, proteaz ingibitorlari) dan foydalaniladi. Jarohat va teridagi qon ketishlarda etamzilatli bogʻlam yoki gemostatik vosita qoʻyiladi.
Vaziyatga qarab kortikosteroidlar buyuriladi, oksigenoterapiya, plazmaforez oʻtkaziladi. Mikrosirkulyatsiya va aʼzolar funksiyasini tiklash uchun angiprotektorlar, nootrop moddalar buyuriladi, simptomatik davo olib boriladi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida gemodializ, gemodiafiltratsiya oʻtkaziladi. Jarrohlik amaliyotidan keyin geparin buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |