Shimoliy Muz okeani maydoni bo’yicha okeanlar orasida eng kichigi 14mln km.kv suvning hajmi 18mln.km o’rtacha chuqurligi 1220m eng chuqur joyi 5527m (Grelandiya dengizining shimoliy sharqiy qismida). Qirg’oqlari Yevrosiyoning g’arbida nisbatan baland, fordli, sharqida delta va laguna tipli, Kanada Arktika arxipelagida ancha past, tekis. Norvegiya, Barnes, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy sibir, Chukotka dengizlari – Yevrosiyo; Grelandiya, Bofort, Baffin, Linkoln dengizlar va Gudzon qo’ltig’I Shim.Amerika materigi qirg’oqlariga tutash. Sh.Shimoliy muz okeani orollari soni bo’yicha Tinch okeanidan keyin 2-o’rinni egallaydi. Okean tubiga cho’kkan jinslarning qalinligi 1,5-2,5km. Materik sayozligi terrigen, materik yon bag’ri foraminifer mikrofaunali qumli balchiq cho’kindi jinslardan iborat. Okeanning markaziy qismida gakkel, lomonosov va mendeleyev suv osti tizmalari bilan ajralgan bir nechta chuqur soyliklar joylashgan. Shimoliy muz okeani iqlimi; Ushbu okeanda doimiy ravishda muzlatilgan organik hayotning dalillari ko’rsatlgan qoldiqlari topilgan. Qutubiy iqlim sayyoradagi eng sovuqlardan biri bo’lib, uning yillik harorating ozmi-ko’pmi doimiy va juda past bo’lishiga olib keladi. Bu asosan har bir tahminan 6 oylik ikki faslga bo’linadi. Yoz; yoz oyi davomida havo harorat 0 daraja atrofida tebranadi va quyosh nurlari 24 soat davomida doimiy ravishda tarqaladi. Shuningdek muzning to’liq erishiga to’sqinlik qiladigan doimiy va qorli tumanlar mavjud. Yoz vaqtidan boshlab yomg’ir yoki qor bilan zayif to’sqinlar mavjud. Qish; harorat -50 darajaga etadi va doimiy tun bor. Yilning shu davrida quyosh hech qachon ko’rinmaydi. Osmon ochiq va ob-havo sharoiti barqaror. Shimoliy muz okeani yuzadagi oqim shamollar, Atlantika va Tinch okeanlari bilan suv almashinishi, daryo oqimlari tasirida yuzaga keladi. Bu omillar yuza oqimlarning g’arbiy yo’nalishda harakatlanishiga va Chukotka dengizidan boshlanib, okeanni kesib o’tuvchi va Shiptsbergen bilan Grenlandiya o’rtasidagi bo’g’ozga chiquvchi Transarktika oqimning shakllanishiga sabab bo’ladi. Shimoliy muz okeaniga quyiladigan Shim.Dvina, Pechora, Ob, yenisey, Xatanga, Lena, Indigirka, Kolima, Makenzi va boshqalar yirik daryolar yiliga 5000km.kb chuchuk suv olib boradi. Shu sababli, ocean yuzasidagi suvning sho’rligi 32%0, materik sayozligidagi dengizlaeda 25-29%o. Yuza suvlarning temperaturasi qishda 1c yozda 0-5c sovuq va chuchuk suvlar yuza oqimlar tasirida atlantika okeaniga oqadi. Uning o’rniga atlantika va Tinch okeanlarining iliq va sho’r suvlari oqib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |