2.Tarixga Nazar
Salib yurishlari – 1096-yilda boshlangan G‘arbiy yevropa ritsarlarining musulmon, pravoslav davlatlari va turli xil xristian mazhablariga qarshi olib borgan yurishlari. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi navbatda, Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish edi. Biroq keyinchalik Boltiqbo‘yi majusiylarini xristianlashtirish, Yevropada Papa hukumatiga qarshi harakatlarni bostirish yoki papalarning siyosiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib qoldi.
«Salibchilar» atamasi salib yurishi ishtirokchilari o‘z kiyimlariga salib (xoch, krest) tikib olishgani uchun paydo bo‘lgan. Yurish qatnashchilari gunohlardan poklanadi, deb hisoblangani bois, unda nafaqat ritsarlar, balki oddiy aholi ham ishtirok etgan. Salibchilar 1099-yilda Quddusga kirishlari bilanoq xunrezlikni boshlab yuborishdi. Ular musulmon va yahudiylar qatori mahalliy xristianlarni ham qirib tashlashdi. Shu yili 16 iyul kuni erta tongda barcha narsa hal bo‘ldi, qamal
vaqtida va xunrezlikda jami 70 mingga yaqin kishi vahshiylarcha qatl qilindi.
Biroq tarixda «fan va din aslida bir-biriga zid emas, balki uyg‘un sohalar» degan g‘oyani ilgari surgan va rivojlantirgan buyuk olimlar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, Hakim Termiziy bizning tushunchamizdagi fanni ilm, diniy ilmni esa ma’rifat, hikmat deb atagan va ularning inson tafakkuridagi o‘rnini to‘g‘ri belgilagan. Hakim Termiziy g‘oyalarini Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Faxriddin Roziy kabi olimlar rivojlantirganlar, fan va din uyg‘unligini Ibn Sino o‘z faoliyatida yanada teranroq ko‘rsatgan. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda ham fan va din
uyg‘unligini ta’minlashga alohida urg‘u berildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «...Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob berish oson bo‘lmaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
Toshkent islom universitetining tashkil etilishidan ham aynan shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish ko‘zlangan. Ham dunyoviy, ham diniy ilmlar o‘qitiladigan mazkur ta’lim
dargohi bitiruvchilari jamiyatimizda dunyoviylik va diniylik, fan va din uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladilar Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil: teologik va materialistik qarashlar mavjud. Teologik (ilohiy, diniy) yondashuvga ko‘ra, turli
buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan, animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolikdan keyin yuzaga kelgan. Jumladan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlariga ko‘ra, Xudo ilk inson — Odamni yaratib, unga o‘zini tanitgan va Odam avlodlarini o‘ziga sig‘inishga chaqirgan. Vaqt o‘tishi bilan insonlar sof ta’limotdan uzoqlashib, turli butlarga sig‘ina
boshlaganlar. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqaladi — ilk bor qadimgi yunon faylasuflari bu haqdagi o‘zqarashlarini bayon etganlar.
NUH PAYG‘AMBAR QAVMINING BUTPARAST BO‘LIB KETISHI TARIXI
Buyuk payg‘ambarlardan bo‘lgan Nuh (a.s.)ning qavmi butparast edilar. Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli narslon, Yauq nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi. Ibn Jarir Tabariy yozishicha: «Nuh qavmi ibodat qilgan butlar aslida Odam va Nuh payg‘ambarlar orasidagi muddatda yashagan solih odamlarning nomlari bilan bog‘liq edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga g‘ayrat keltirsin degan niyatda suratlarini yasatib qo‘yganlar va bu suratlarga sig‘inmagan edilar. Bu zamon odamlari olamdan o‘tib ketishgandan keyin, ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, «Otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih kishilarning timsoliga ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi. Shunday qilib butparsatlik paydo bo‘ldi»
XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi
yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib
chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham materialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig
Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri,
hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. Mazkur qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra, uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlariMaterialistik qarash tarafdorlari fikriga ko‘ra,
qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaganhissiy holatdir.
Ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida «ajdodlarga sig‘inish» sabab bo‘lganligini
ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rnigaalohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning
barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligini alohida ko‘rsatadi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi. Maks Myuller (1823–1900) fikriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |