Bog'liq Yoyli po\'lat eritish pechi DSP nazariy va xulosa
V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI Yoyli po‘lat eritish pechlarida turli markali polatlar olinadi. Bu yerda ishlaydigan ishchilar uchun yaxshi sharoit yaratilishi kerak. Bu yerda ishchilar organizmiga issiqlik kuchli ta’sir etadi. Metallurgik jihozlardan katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlik darajasi 100-16000C gacha. Metallurgik sexlarda havo aylanishi uchun bu yerga 100 tonnagacha havo kiritish kerak. Ba’zida 10000 tonnagacha soatiga havo aylantirishga to‘g‘ri keladi. Aylanma harakatdagi havo, issiqlik miqdoriga sex balandligiga bog‘liq.
Тsex binosida organizm uchun zaharli moddalar bo‘lishi mumkin. Metalldan chiquvchi toksik gazlar shular jumlasidandir. Po‘lat eritishda metall chiqishida CO2, CO va boshqalar hosil bo‘ladi. Bu gazlar inson hayotiga kelib tushsa, allergik kasalliklarga olib keladi. Ishchilar yaxshi sharoitining yaratilishiga ya’na bir sabab ularni shaxsiy ximoyasi hisoblanadi. Shaxsiy ximoyaga maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim, maxsus bo‘yoq kiyimlar va boshqalar kiradi.
Ish jarayonlari va atrof-muhitning inson organizmiga ta’sirini mehnat gigeyenasi fani o‘rganadi. Mehnat gigeyenasini qo‘llash natijasida qulay ish sharoitlarni mehnat unumdorligini oshirib kasb kasalliklarini kamaytiradigan yoki butunlay yo‘q qila oladigan sanitariya, gigeyena va davolash profilaktik tadbirlar ishlab chiqaladi.
Ma’lumki ish jarayonida organizmga tashqi muhit, salbiy ta’sir qilish natijasida ayrim a’zolar charchashi mumkin: tez charchash bu ishga ko‘nikma hosil qilinmaganda yoki og‘ir jismoniy mehnatdan kelib chiqadi. Bunday charchoq ish tugagach tez o‘tib ketadi [12].
Ish joylaridagi mikroiqlim omillarini harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi hamda atmasfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit odam organizmiga salbiy ta’sir qilib, uni sovutish yoki qizdirib yuboradi. Bundan tashqari oragnizmdan chiqadigan issiqlik kishi bajarayotgan ishning jadalligiga ham bog‘liq. Odam tanasining meyoriy harorati 36-370C. Organizm o‘zi uchun zarur bo‘lgan haroratni ta’minlab turish qobiliyatiga ega bo‘lib, u xususiyat “haroratni roslanishi” deb ataladi. Sovugan tanamiz qaltiraydi, bu mushaklarning ish bajarish vazifasida quvvat chiqarishidir. Qizib ketsa, terlaymiz, bu ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga berish va shu orqali ornizmni haroratini ma’lum miqdorda saqlab turishidir. Ma’lum og‘irliklardagi jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘zini yaxshi his qilishi ya’ni u qizib ketmasligi uchun miqroiqlimni sharoitlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni konfort sharoitlari de>yiladi. Bu sharoitlarni yaratish ish xonasining havosiga umumiy sanitariya texnika talablari bilan belgilanadi. Berilgan ish turi uchun eng maqbul konfort sharoit issiqlik balansi tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Sex havosining harorati yuqori bo‘lganida qon tomirlari kengayib, teri osti qon tomirlar kengayib qon me’yoridan ko‘paya boshlaydi va atrof-muhitdagi issiqlik uzatish bir muncha ko‘payadi. Bu hol sex havosining harorati 30-350C dan yuqori bo‘lganda to‘xtaydi. Kishi terlaydi natijada organism uchun zarur bo‘lgan tuzlar ham ter bilan chiqib ketadi. Shuning uchun issiq sexlarda biroz sho‘rlangan gaz suvlar beriladi.
Тsexdagi havo harorati pasayganda qon tomirlar torayib, tananing tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Shunday qilib kishi o‘zini ish sharoitida yaxshi his qilishi uchun harorat nisbiy namlik va havo harorati tezligining ma’lum uyg‘unligi zarur ekan.
Tana haroratiga sex havosining namligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori nisbiy namlik (φ>85%) tez bug‘lanishning kamayishiga nisbiy namlik (φ<20%) nafas olish yo‘llari shilliq pardasining qurib qolishiga olib keladi. Namlikning eng maqbul qiymati 40-60% deb qabul qilingan. Ayni paytda har qanday sharoitda ham birinchi navbatda inson salomatligi uning mehnatini muhofaza qilish muammosi qo‘yilishi kerak. Ish joylarida havoning harakati ish sharoitini yaxshilanishining muhim omillaridan hisoblanadi. Issiqlik yu qori bo‘lgan sexlarda havoning harakati organizmdan chiqadigan issiqlikni atrof- muhitga berishini ta’minlaydi va aksincha sovuq sexlarda organizmga salbiy ta’sir qiladi. Havoning odam uchun sezilarli minimla 0,2 m/sek hisoblanadi. Yilning sovuq paytlarida havoning tezligi 0,2-0,5m/sek issiq kunlarda esa 0,2-0,1 m/sek bo‘lishi tavsiya etilgan. Sexda havo tezligini tanlashda uning texnоlogik jarayonga halaqit qilmasligini va zararli moddalarni sexga tarqatmasligini ham hisobga olish kerak.
Inson bajaradigan ishlar jismoniy mehnatning og‘irlik darajasi turlicha bo‘lganida uning organizmini sarflaydigan quvvatga qarab 3 toifaga bo‘linadi:
1-toifa: yengil jismoniy ishlarda inson sarflaydigan quvvat 150 kkal/soat (172 j/sek) dan oshmaydi. Maskul ishlar o‘tirib, tik turib yoki yurib bajariladi va doimiy jismoniy zo‘riqishni yoki og‘ir narsalarni ko‘tarish hamda tashishni talab qilmaydi.
2-toifa: odam tik turib, yurib amalga oshiradigan bunda 150 kkal/soat (175-232 j/s). quvvat sarflanadigan jismoniy ishlar. Bu toifaga billa tortish korxonaning asosiy sexlarida bajariladigan ishlar kiradi.
3-toifa: doimiy jismoniy zo‘riqish. Shuningdek, ancha og‘ir (10 kg dan og‘ir) narsalarni 10 kg dan og‘irtarish va tashish bilan bog‘liq. 250 kkal/soat (293 j/s) dan ziyod quvvar sarflanadigan 10 kg dan og‘ir jismoniy ishlar kiradi.
Shamollatish ishlab chiqarish xonalardagi havoni keragicha almashtirishni ta’minlaydi va ishlovchilar hamda texnologik jarayonning borishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Havoning harakatlanish usuliga ko‘ra, tabiiy va mexanik shamollatishlar kerak bo‘ladi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar gravitatsion (issiqlik) va shamol bosimi ta’sirida kiradi. Gravitatsion bosim sovuq va issiq havoning solishtirma og‘irliklaridagi farq natijasida yuzaga keladi.
Korxona xonalarini tabiiy shamollatishni hisoblab chiqish uchun bizga ma’lum bo‘lgan turli sathlarida ikkita ochiq tuynugi (masalan: deraza va eshik o‘rinlari) bo‘lgan binoning issiqlik o‘rnini hisoblash uchun qo‘llash mumkin.
Pastki tuynuk kesimning yuzasi F bilan yuqoridagi tuynukiniki esa F2 bilan belgilanadi. Pastki va yuqordagi tuynuklar markazlari o‘rtasidagi oraliq (vertikaliga) H ga teng. Binodan tashqarida havoning harorati t ga, zichligi esa ρ gat eng. Tabiiyki binoni ichida havoning harorati bino tashqarisidan yuqoriroq, tashqi havoning zichligi bino ichidagi havonikidan kattaroq bo‘ladi.
Ma’lumki zichligi kichikroq bo‘lgan issiqroq havo yuqoridagi tuynukdan chiqib ketadi, sovuqroq esa hanoga pastki tuynukdan keladi. Binobarin pastki tuynukning sathidan bosib tashqaridan bino ichidagidan yuqoriroq, yuqoridagi tuynuk sathida esa bosim tashqaridan bino ichidagidan pastroq bo‘ladi. Bino tashqartisida va ichida pastki tuynuk markizidagi bosimlar sarfi ∆R1 yuqori tuynuk markazi, sathidagi bosimlar farqi esa ∆R2 bilan belgilanadi. Pastki tuynuk markazidan boshlanuvchi bosimlar farqi vektorini bino ichiga tomon yuqoriga tuynuk markazidan boshlanuvchi bosimlar farqi vektorini esa bino tashqarisiga tomon o‘lchab qo‘yamiz. Vektorlar uchlarini to‘g‘ri chiziq yordamida o‘zaro birlashtiramiz. Ichki va tashqi havolar bosimlar farqi kattaligining hisob boshi sifatida tashqi devorni olamiz. Bu holda binoning balandligi bo‘yicha bosimlar farqi epyurasini hosil qilamiz. Bino ichiga yo‘nalgan bosim esa musbat bo‘ladi. Bosimlar farqi nolga teng ya’ni bino ichidagi bosim tashqaridagi bosimga teng bo‘lgan joyda chegara borligi epyuradan ko‘rinib turibdi. Bu teng bosimlar tekisligidir.
Yorug‘lik inson hayoti faoliyati davomida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ish unumdoriligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, shuningdek, xafsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqatgina gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi.
Yorug‘lik manbalariga nisbatan korxonalarni yoritish ikki usulda:
Tabiiy yoritish – bunda quyosh tarqatayotgan nurdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi.
Quyosh yordamida yoritishning iloji bo‘lmagan sanoat korxonalari xonalarini va quyosh botgandan keyin umuman sanoat korxonalarini elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy yorug‘lik o‘zining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritishdan keskin farq qiladi.Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish o‘rganlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish xonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.
Sanoat korxonalarini tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali juda katta sanoat korxonalarining yuqori tomonida maxsus qoldirilgan oynalar – framugalar va bu ikki holatni kombinatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarini faqatgina ish joylaridagi yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo‘lishi shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman kamaytirilgan holatga yo‘l qo‘yiladi, lekin har qanday holda ham umumiy sanoat korxonalari uchun sanitariya talablarini qondiradigan yoritilish bo‘lishiga erishish kerak.
Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng hafli tomoni shundaki, bu hafni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q.
Shuning uchun ham elektr toki hafiga qarshi tashkiliy va texnik chora tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarni o‘rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’siri bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr tokidan jarohatlanishni olidini olishga qaratilgan asosiy chora tadbirlar quyidagilar:
Kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tklazuvchanlikni qo‘l yetmaydigan qilib bajarish.
Elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayirib joylashtirish.
Elektr qurilmalarini korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora tadbirlar belgilash.
Kam kuchlanishga ega bo‘lgan elektr manbalardan foydalanish;
Potensiallarni tenglashtirish;
Ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
Yerga ulab muhofazalanish;
Muhofaza o‘chirish qurilmalari;
Maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish.
Elektr qurilmalarini havfsiz ishlatishni tashkiliy chora tadbirlarini qo‘llash.
Elektrdan homiya qilish vositalariga rezinadan qilingan qo‘lqoplar, dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni o‘lchash asboblari kiradi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni manaviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlayotgan kishilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishga halal berib, ularni har xil hatoliklarga yo‘l qo‘yishlariga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarahotlanishlarini kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida fkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.
Yong‘in korxonalari, sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joyda yuz berishi mumkin bo‘lgan, yetkazadigan zarari jihatdan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz hodisalarga ham sabab bo‘ladi.
Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Chaqnash, yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o‘chishi.
Shiddatli qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
Alangalanish yonishning alanga olib davom etishi.
O‘z-o‘zidan yonish moddalar ichida asosan organik moddalar ro‘y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmalarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi. O‘z-o‘zidan alangalanish o‘z-o‘zidan yonishning alanga bilan yetishi.
Portlash o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonning bosimi va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.
Sanoat korxonalarida binolarni yong‘indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar QMQ 2.01.02.92: asosida aniqlanadi. Bularga signal vositalari yong‘in chiqarishi havfi bo‘lgan sexlarda suv bilan ta’minlanganligi, yong‘in o‘chirish uchun qum, chelak, lapatka va boshqa aslahalar kiradi.
Sanoat korxonalarida gigienik talablar bo‘lib, bunda ishda kelgan ishchi sex ichiga kirmasdan kiyim almashtirish xonalarida ishchi kiyim va shaxsiy himoya vositalarini olib, sex ichiga kiradi. Bundan tashqari hodimlar uchun yuvinish xonalari va tibbiy xonalari bo‘lib, hodimlar salomatligi ham nazorat qilib boriladi.