Mavzuning dolzarbligi: Dorivor o‘simlikni ko‘paytirish mamlakatimizda dorivor o‘simliklar xomashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish, farmatsevtika sanoati ehtiyojini ta'minlash va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyiha taqdimotida o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari, O‘zbekistonda za'faron plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlangan tumanlar, o‘simlik yetishtirish agrotexnologiyasi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Prezident za'faron plantatsiyalarini tashkil etish mahalliy farmatsevtika sanoati uchun xomashyo manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Za'faron yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash, buning uchun alohida kollejni tanlash va yoshlarni o‘qitish, Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar tayyorlash lozimligini ta'kidladi. Za'faron o‘simligini yetishtirish, kelajakda uni ko‘paytirish bo‘yicha markaz tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi. Bu markazda dorivor va oziq-ovqat o‘simliklari turlarini tanlash, ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, yosh kadrlarni sohaga yo‘naltirish, pirovardida chet el ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va eksportni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Hozir deyarli barcha qitʼalarda yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi turli geografik oʻlkalardan tarqalgan, "koʻchirib keltirilgan" oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda Amerikadan Yevropaga makka-joʻxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan boshlab Shim. Amerikada Yevropadan keltirilgan olxoʻri, olma, nok, kashtan va boshqa oʻstirildi, Avstraliyada makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum, sitruslar paydo boʻldi. Oʻsimliklar tabiiy arealdan yangi hududlarga I. qilinganda turlar (navlar)ning hayotchanligi va I.ning maqsadi boʻlgan qimmatli xoʻjalik belgilarining yaxshilanishi yuz beradi: meva (urugʻ) hosildorligi koʻtariladi, fitomassa koʻpayadi, muhitning turli omillariga, kasallik, zararkunandalarga chi-damliligi ortadi va boshqa "Oʻz markazlari"dan I. etilishi oʻsimliklar arealini maʼlum doirada kengaytirdi va bu borada ayrim oʻsimliklarning bir-lamchi markazlar bilan boʻlgan aloqasi uziladi. Mas, yer yongʻoqning vatani — Shim. Argentina, biroq hozir yer yongʻoq eng koʻp ekvatorial Afrikada yetishtiriladi. Kartoshkaning vatani — Jan. Amerika boʻlsa ham, u dunyoning koʻpgina davlatlarida asosiy oziq mahsuloti hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo ham koʻpgina madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish marka-zi hisoblanadi va bu yerda ularning xilmaxil shakllari uchraydi. Shu bilan bir qatorda, 19-asrda va undan avval Oʻrta Osiyoga aholiga nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklar keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy ekinlarga aylangan. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda I. natijasida kartoshka, pomidor, shirin qalampir, baqlajon, karam, ayrim koʻkat va ziravorlar, yer yongʻoq, hurmo, limon, unabi kabi sab-zavotlar, poliz ekinlari, meva turlari tarqaldi.
Oʻsimliklar Introduktsiyasi uchun materiallar yigʻish maqsadlarida madaniy oʻsimliklarning birlamchi va ikkilamchi kelib chiqishi markazlariga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtiriladi (mas, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti gʻoʻzaning yovvoyi turlarini yigʻish boʻyicha akademik A. Abdullayev boshchiligida 1975 yilda Meksika, 1984 yilda Peru, 1989—90 yillarda Shri Lanka, Hindiston, Xitoy, 1997 yilda Avstraliyaga ilmiy ekspeditsiyalar yuborgan). Botanika va seleksiya muassasalarida oʻsimliklar I.si va soʻngra ularni iqlimlashtirish ishlari olib boriladi.20-asrning 30-yillarida Oʻzbekistonda tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar ilmiy reja asosida jahon madaniy va yovvoyi oʻsimliklarining xilma-xil turlarini yigish, I. ishlarini boshladilar. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi, Botanika i. t. institutlari va Botanika bogʻida I.langan va mahalliy navlar asosida turli ekinlarning kolleksiyalari tashkil etilgan.Jahon mamlakatlari oʻrtasida ilmiy hamkorlik kengaygan sharoitlarda I.ning vazifasi oʻsimliklarni ilmiy asosda yangi oʻlkalarga jalb etish va mavjud ekinlar nav tarkibini zamonaviy sanoat navlari bilan boyitiDorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida Dorivor oʻsimlikning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda Dorivor oʻsimlikning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsaditan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy labaratoriyalarda boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o'simliklarningning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urug’i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.shdan iborat (yana q. Adaptatsiya, Areal, Iqlimlashtirish).
Introduksiya (lot. introductio -joriy qilish), oʻsimliklar introduksiyasi — turli oʻsimliklar turlari va navlarini oʻz tabiiy arealidan ilgari uchramagan hududlarga koʻchirish (jalb etish). "I." tushunchasi 19-asrning 2-yarmidan buyon qoʻllanib kelinmoqda. Oʻsimliklar I.si nazariyasini shveysariyalik botanik A. De-kandol (1806—93) 1855 yilda asoslab bergan. N. I. Vavilov oʻzi yaratgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari nazariyasi asosida 1920 yilda I.ning ilmiy asoslarini ishlab chikdi.
Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. Iqlimga moslashish deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. Iqlimga moslashish 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor-masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va Iqlimga moslashishga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) Iqlimga moslashish yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. Iqlimga moslashish odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi.
Oʻsimliklarda Iqlimga moslashish Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilov ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.
Iqlimga moslashish hamma vaqt oʻsimliklarning yashash areapinn kengaytiradi. Oʻsimliklarni iqlimlashtirish xalq xoʻjaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yogʻinlar miqsori va taqsimoti, yorugʻlik rejimi va b.), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, oʻsimlikning oʻz xususiyatlari asosiy oʻrinda turadi. Oʻsimliklarning Iqlimga moslashishda geografik va sistematik uzoq, shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni oʻstirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sugʻorish va oʻgʻitlar solish, oʻsishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qoʻllaniladi.
Qishloq xoʻjaligida Iqlimga moslashish biron bir ekinni ilgari oʻsmagan yangi hududlarga koʻchirish bilan bogʻliq. Dehqonchilik amaliyotida gʻalla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beridavom etib keladi. Iqlimga moslashish tufayli gilos, oʻrik, tok, choy, sitrus mevalar, evkalipt, bambuk va b. yangi mintaqalarda ekiladigan boʻldi. Yoki gʻoʻza yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli oʻzgacha iqlim sharoitiga ega boʻlgan r-nlarga tarqalgan. Gʻoʻzani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori togʻli zonalari hamda shim. kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yoʻnalishi gʻoʻzaning hayot siklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat boʻlgan. Dunyo boʻyicha gʻoʻza ekiladigan mintaqa 44° shim. kenglikdan (Oʻzbekiston) 35° jan. kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. Oʻrta Osiyoning gʻoʻza mintaqasi dunyo boʻyicha eng shim. hisoblanib, u 37° bilan 44° shim. kenglik oraligʻida joylashgan (u hatto 1957 y.da 47° kenglikkacha borgan).
Iqlimga moslashish jarayoni oʻsimliklar seleksiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol oʻynaydi. Oʻsimliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish boʻyicha botanika boglari va introduksiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi
Xulosa
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyon dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimlikdan foydalanib davolash oʻzining qadadimgi anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda Dorivor oʻsimlikning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimlikdan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va boshqa alkaloidlar olinadi.
Xulosa qilib aytganda tabiatda foydasiz o’simliklar yoq, faqat biz ulardan foydalanish imkoniyatini topsak yetarli . SHuning uchun har qanday o’simliklarga ham alohida mehr bilan ularni tabiatdan yoqolib ketishga yo’l qo’ymaslik zarur . Bugun hech qanday foydasiz deb hisoblangan o’simlik olimlarimiz sayi harakatlari bilan ertaga eng yaxshi shifobaxsh deb topilishi mumkin .Tabiatni asrang . SHifo uchun ularni yig’ishda albatta ularning ko’payishi uchun imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qarating. Ma’lum maydondagi shifobaxsh o’simliklarning eng kamida 10-15% ni har qanday holda ham qoldiring .
Do'stlaringiz bilan baham: |