saqlash
Past xarorat ta‘siridan ximoyalashni talab qiladigan dori vositalarini saqlash (fizik-kimyoviy xolati muzlagandan so’ng o’zgarib turadigan va xona xaroratida keyinchalik tiklanmaydigan dori vositalar), qo’llash yo‘riqnomasida belgilangan xarorat rejimiga muvofiq saqlanadi.
Barcha tayyor dori turlari tashqi yorliqli original qadoqda joylashtirilishi va saqlanishi lozim. Hapdorilar va drajelarni tashqi ta‘sirdan himoyalangan va alohida bemorlarga berish uchun mo’ljallangan korxona qadog’ida bir-biridan ajratilgan holda saqlash zarur. Hapdorilar va drajelarni saqlash quruq va yorug’dan himoyalangan joyda amalga oshiriladi. In‘yeksiyalarga mo’ljallangan dori turlarni salqin, yorug’dan himoyalangan joyda, alohida javonda, idishning xususiyatlari (mo’rtlik) hisobga olingan holda saqlash lozim. Suyuq dori turlar (siroplar, damlamalar) og’zi germetik po’kaklangan, ustigacha to’ldirilgan idishda, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlanishi kerak.
Plazma o’rnini bosuvchi eritmalar 00dan 40S gacha haroratda alohida, yorug’dan himoyalangan joyda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |