Diqqat xususiyatlari - Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bolib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning kolami, diqqatning bolinuvchanligi va diqqatning kochuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda toliq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif berib otamiz. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kora odamlarning diqqatlari ozining kuchi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bolsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror boladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam oz diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, oqiy ham olmaydi va hatto oynay ham olmaydi. Diqqatning kuchli va barqaror bolishi bir qancha sabablarga bogliqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bolgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga boglidir. Bularning hammasi ob'ektiv, ya'ni bizning irodamiz bilan bogliq bolmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub'ektiv, ya'ni odamning ayni chogdagi holati bilan ham bogliq. Masalan, ayni chogda betobroq bolib turgan odamning yoki boshiga bir ogir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bola olmaydi.
Diqqat kolamini tajriba yoli bilan aniqlash qiyin emas. Buning uchun diqqatning kolamini aniqlayotgan odamga ayni bir vaqtning ozida bir necha ozaro boglanmagan harflarni, raqamlarni va turli geometrik shakllarni korsatish yoli bilan aniqlash mumkin. Bunda odam korsatilayotgan narsalardan ayni vaqtda qanchalik kopini birdaniga idrok eta olsa, uning diqqati shunchalik keng boladi. Diqqatning kolami odatda taxistoskop degan maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bu asbob yordamida ayni bir vaqtning ozida idrok ettiriladigan narsalar juda tez korsatiladi. Bunda odam oz diqqati doirasiga qancha narsa sigdira olsa, ana shunga qarab diqqatning keng yoki torligi aniqlanadi. Otkazilgan tajribalarning korsatishicha, katta yoshli odamlarda oz diqqat doiralariga ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha bir-biri bilan bogliq bolmagan narsalarni sigdira oladilar. Diqqat kolamining keng bolishi odam idrok qilayotgan narsalarini atroflicha va chuqur aks ettirishi, binobarin bilish jarayonning sifatli bolishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |