Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: - Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
- ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug’likka qulay joylashib olish;
- muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko’rish;
- aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 7-8 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).
Hozirgi vaqtda sensor (ko’rish, eshitish) diqqati ko’proq o’rganilgandir. Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko’pchiligi amalda uni tadqiq etish natijasida qo’lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo’lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va shakllanayotgan siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin. - Hozirgi vaqtda sensor (ko’rish, eshitish) diqqati ko’proq o’rganilgandir. Diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko’pchiligi amalda uni tadqiq etish natijasida qo’lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira, tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo’lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi perseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va shakllanayotgan siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |