Mavzu: Dinning ilk shakllari va ularning xususiyatlari reja: Diniy kompleks Ibtidoiy jamiyat



Download 18,24 Kb.
bet3/3
Sana12.04.2022
Hajmi18,24 Kb.
#545702
1   2   3
Bog'liq
Dinning shakllari

3.Diniy tizimlar vujudga kelishi
Diniy tizimlar vujudga kelganidan keyin ham fetishizmning qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning ta'sirini muqaddas qadamjolar, tumorlar, xoch taqish, din yo'lida iztirob chekib avliyo deb tan olingan kishilarga sig'inish kabi holatlarda ko'rish mumkin.
Din bilan bog'liq bo'lmagan fetishizm qoldiqlarini ham ijtimoiy turmushda ko'plab uchratish mumkin. Davlat arboblarining shaxsini ulug'lab haykallar qo'yish yoki suratlarini asrash, sumalak toshini saqlash, hayvonlarning a'zolarini olib yurish va shu kabi holatlarni qayd etishimiz mumkin.
Fetishizm ruhning ko'chishi to'g'risidagi qarashlardan vujudga kelgan. Moddiy olamda ruhlar mavjud ekanligiga ishonishdan animizm shakllandi. Animizm deb (lotincha anima - jon, ruh degan ma'nolarni anglatadi) tabiat voqeliklarida, hodisalarda ruhlarning mavjudligi, ularning inson va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ishonishga aytiladi.
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo'lgan animizm ibtidoiy e'tiqodning universal shakliga aylangan, chunki u kishidan nafaqat e'tiqod qilish, balki muayyan udum va marosimlarni bajarishni talab qilgan. Bu esa keyinchalik diniy urf-odat va marosimlarni vujudga keltirgan.
Animistik tasavvurlarga binoan jonzodlarda ruh mavjud. Mav- judotning tanasi ruh uchun qobiq vazifasini bajaradi, lekin u tanadan mustaqildir. Ruh tanani istagan vaqtda tark etishi mumkin. U tanani tark etsa, kishi faolligini vaqtincha yo'qotadi (hushidan ketadi, tush ko'radi) yoki vafot etadi. Ruh o'zining «qobig'ini» tark etganidan keyin ham individualligini saqlab qoladi. Ruhlar dunyosi predmetlarda, jonzodlarda joylashgan va tanadan mustaqil faoliyat ko'rsatuvchi ruhlarga bo'linadi. Tana yoki predmet bilan bog'lanmagan «oliy» ruhlar ilohiy va moddiy dunyodagi voqea- hodisalarni boshqarib turadi, odamlarning hayot yo'lini va vafot etganidan keyingi taqdirini belgilaydi. Odamlar ruhlarning noroziligini vujudga keltiruvchi ishlarga emas, balki ularning ko'nglini olishga harakat qilishlari kerak. Shu bois ruhlar sharafiga diniy marosimlar uyushtiriladi, bayramlar o'tkazib, qurbonlik qilinadi.
Ruh nafas, bug' yoki soya ko'rinishiga ega. Uning ko'rinishidan qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Ruh odam vafot etishi sababli «qobig'ini» tark etganidan keyin insonlarga turlicha munosabatda bo'ladi. Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda o'zidan omadliroq bo'lgan boshqa kishilarga nisbatan g'arazgo'ylik hissi uyg'onadi. Lekin, vaqt o'tishi bilan uning odamlarga munosabati o'zgaradi. O'lganiga ko'p vaqt bo'lgan odamlarning ruhlari o'z qonunlari bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga yomonlik qilishlari mumkin.
Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to'g'risidagi g'oya ta'sirida vafot etgan kishini hayotligida to'plagan boyliklarining bir qismi bilan qo'shib ko'mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga nafaqat boyliklarining bir qismi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham qo'shib ko'milgan. Odatda marhumga qo'shib ko'miladigan xizmatkorlar begona kishilar bo'lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat deb hisoblangan.
Katta miqdordagi boyliklarning marhum bilan qo'shib ko'mib yuborilishi va odamlarni qurbonlik qilish qabila ichidagi o'zaro munosabatlarga salbiy ta'sir etgan, qo'shni qabilalar bilan aloqalarni izdan chiqargan. Shu bois ruhning narigi dunyodagi sarguzashtlari to'g'risidagi g'oya takomillashtirilgan va fazilatli yashash tiriklar uchun muhimroq ekanligi haqida g'oya ishlab chiqilgan. Keyinchalik ruhning narigi dunyodagi taqdiri kishining tirikligidagi xizmatlari bilan belgilanadigan bo'lgan. Ushbu aqidaga binoan narigi dunyoda rohat-farog'at hammaga nasib ham qilavermaydi, balki unga hayotini faqat o'zining elatiga xizmat qilishga bag'ishlagan, dushmanlarga qarshi kurashgan, barcha urf-odatlar va din talablarini muqaddas bilib, ularni sidqidildan bajargan kishilar erishishlari mumkin va xalqiga xiyonat qilgan sotqinlar, faqat o'zini o'ylab yashagan befarq va zaif odamlarning ruhlari abadiy qiynoqqa duchor qilinadi yoki zulmatga g'arq bo'lib ketadi, deb hisoblangan.
Ibtidoiy din shakllari kabi afsona ham katta ahamiyatga ega. O'sha davrda insonlar tabiat hodisalarini jonli sherik sifatida qabul qilganlar va ularda individual tafakkur, iroda singari sifatlar mavjud deb hisoblaganlar. Odamlar bu jarayonlarni his etganlar, fikrlaganlar va tushuntirib berishga harakat qilganlar. Afsona shu asnoda vujudga kelgan.
Afsona deb tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni sodda xayoliy obrazlar yordamida o'rganish va tushuntirish vositasiga aytiladi. Afsonada obrazlilikni fikrdan ajratib bo'lmaydi. U fikr va voqelikni idrok etish shakli va dunyoni bilish usuli hisoblanadi. Shu asosda odam borliqning mohiyatini tushunishga intiladi. Afsona voqelikni tushuntirishga intilishi bilan ertakdan, aniq
Download 18,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish