Mavzu: Diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili. Korruptsiya – global muammo sifatida. Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy huquqiy mexanizmlari



Download 3,98 Mb.
Sana11.06.2022
Hajmi3,98 Mb.
#653401
Bog'liq
6-dars

Mavzu: Diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili. Korruptsiya – global muammo sifatida. Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari.


Reja:
  • Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati. Diniylik va dunyoviylik muvozanati jamiyat rivojining muhim omili.
  • Kibermakonda din omili. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga taʼsiri.
  • Korruptsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari.

Tolerantlik oʼzgalarning qarashlarini oʼz eʼtiqodi bilan barobar koʼra olish, oʼz fikri bilan boshqaning fikrini barobar yashash huquqiga ega deb tan olish, ularning tarqalishi va rivojlanishida teng sharoit yaratishdir. Biroq bunday tolerant munosabat amalda mumkin emasdek, ideal holatdek tuyuladi. Buning ustiga qarama-qarshi nuqtai nazarlar oʼzaro kurashib, bir-birini inkor qilib kelayotgan boʼlsa. Diniy va ilmiy qarashlar oʼrtasida hamkorlik juda qiyinchilik bilan shakllanib keladi. Jamiyatda din ustun mavqega ega boʼlgan davrda fanni oʼz xizmatkoriga aylantirdi, erkin rivojlanish imkonini bermadi. Diniy eʼtiqodga zarar yetkazadigan har qanday fikr taqiqlandi, bunday fikrga ega boʼlgan kishilar shafqatsiz jazolandi.
Tolerantlik lotincha soʼzdan olingan boʼlib chidash, chidamlilik, sabr-toqatli boʼlish degan maʼnoni anglatadi Tolerantlik (bagʼrikenglik) tushunchasini ingliz immunologi P. Medavr 1953 yilda ilmiy muomalaga kiritgan. Аgar tolerantlik dastlab taksikologiya, formakalogiya fanlarida qoʼllanilgan boʼlsa, hozirgi vaqtda dinshunoslik, milliy istiqlol gʼoyasi, falsafa, siyosatshunoslik va boshqa sohalarda qoʼllanilmoqda. Tolerantlik (bagʼrikenglik) jahon miqiyosida keng tarqalgan tushuncha boʼlib, u siyosiy, tibbiy, ahloqiy, falsafiy, etnik, iqtisodiy, ekologik, estetik, huquqiy, demografik, mafkuraviy, diniy koʼrinish va shakllarga egadir.
Oʼzbekistonda diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega boʼlib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʼl qoʼyilmaydi” deb belgilangan.
Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida: “Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega,bu huquq oʼz dini yoki eʼtiqodini oʼzgartirish erkinligini va taʼlimotda, toat ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, oʼz dini yoki eʼtiqodiga yakka tartibda, shuningdek boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini oʼz ichiga oladi”, deb belgilangan. BMT tomonidan dinlararo bagʼrikenglik gʼoyasini butun dunyoga targʼib etish maqsadida 2011 yilning 1-7 fevral kunlarini butun jahonda “Dinlararo munosabatlar uygʼunligi butunjahon haftaligi” deb eʼlon qilgan edi.
Oʼzbekistonda turli dinlar va din vakillari oʼrtasida umuminsoniy qadriyatlar asosida birodarlikni mustahkamlashga muhim eʼtibor berilmoqda. Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida oʼtkazilgan «Jahon dinlari tinchlik yoʼlida» xalqaro anjumani buning isbotidir. Hozirgi kunda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya, 2153 ta diniy tashkilot, 7 ta markaz, 2 monastir, 13 ta diniy oʼquv yurtlari mavjud. Ularning oʼz faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart – sharoitlar yaratilgan. Bu borada huquqiy asoslar yuqorida qayd qilingan qonunlarda oʼz aksini topgan. Аna shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat boʼlib milliy istiqlol mafkurasining bosh gʼoyasi xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish orzusini amalga oshirish uchun mustahkam tayanch boʼlib xizmat qilmoqda. 
Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmogʼi orqali bir-biri bilan bogʼlangan va bir vaqtning oʼzida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi maʼlumotlariga oʼralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.
“Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi - din niqobi ostidagi ekstremistik tashkilotlarning saytlarida asosan davlat toʼntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID, Al-Qoida guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib oʼtish mumkin. Ularda IShID goʼyo Islom yoʼlida “qurbon” boʼlayotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan. Bugungi kunda ekstremistik tashkilotlarning targʼibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzgʼunchilik va yot gʼoyalarni targʼib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ularning asl maqsadlari, Islom dinini notoʼgʼri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qoʼlga kiritish hisoblanadi.
Bugungi kunda, kiber makonda axborotlashuv jarayoni qoʼyidagi muammolarni ham keltirib chiqarmoqda:
MUАLLIFLIK YOKI INTELLEKTUАL MULK HUQUQINING BUZILIShI;
MАXFIY, SHАXSIY MА'LUMOTLАRNING NOQONUNIY RАVISHDА E'LON QILINISHI;
MА'NАVIY, MILLIY QАDRIYATLАRGА PUTUR YETIShI;
DIN NIQOBIDАGI GURUHLАR TАRGʼIBOTINING ORTIShI;
TEKShIRILMАGАN, NOXOLIS MАLUMOTLАRNING KENG TАRQАLIShI;
”Korrupsiya—shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”.
Korrupsiya pora berib sotib olish, buzilish, ishdan chiqish, axloqiy (maʼnaviy) buzilish degan maʼnolarni anglatadi. Odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bogʼliq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan oʼzlarining shaxsiy manfaatlarini koʼzlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Korrupsiyaning tarixi antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Yunoniston davlatida oddiy xalq vakillari oqsoqollarga va turli darajadagi amaldorlarga sovgʼa-salomlar berishgan. Xuddi shunday holatlar qadimgi Misrda ham kuzatilgan: bu yerda erkin dehqonlar, hunarmandlar va hatto harbiy aʼyonlarga nisbatan ham oʼzboshimchalik va zoʼravonlik ishlatgan hamda qonunbuzarliklarni oʼziga kasb qilib olgan amaldorlar byurokratik apparati yuzaga kelgandi. Bizning davlatimiz korrupsiyaning oldini olish va uning ildizlariga barham berish maqsadida koʼpgina tadbirlarni amalga oshirmoqda. 2003-yil 9-dekabrda BMT ning Korrupsiyaga qarshi konventsiyasi imzolanganligi ham fikrimizning isbotidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo'rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan maэlum. Chunki bu holat davlatning obro'siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning нetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo'rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg'alarni qabul qilma, chunki sovg'a ko'rni ko'radigan qiladi va haqiqatni o'zgartiradi” deyilgan bo'lsa, Quэroni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo'l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo'lgan narsalarni olish uchun o'z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko'proq ta’sir ko'rsata boshladi. Bu o'sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o'z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impichmentga tortish mumkin bo'lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko'rsatib o'tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o'rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korruptsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O'RQ-158-sonli Qonuni bilan qo'shilgan bo'lib, ushbu Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korruptsiyaning oldini olish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko'rsatishi mumkin bo'lgan organlar sifatida belgilab qo'yilgan.
Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish