Mavzu: Diniy ekstremizm, fundamentalizm, xalqaro terrorizm Reja



Download 26.44 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi26.44 Kb.
Mavzu:Diniy ekstremizm, fundamentalizm, xalqaro terrorizm

Reja:

1. Diniy ekstremizm, fundamentalizmning mohiyati.

2. E'tirof etilmagan mazhablar hamda diniy-siyosiy oqimlar («Vaxxobiylik» «Xizbut taxrir»,

«Akromiylar», «Islom uyg'onish partiyasi», «Islom lashkarlari» va boshqalar).

3. Xalqaro terrorizm va uning oqibatlari.

Diniy ekstremizm, fundamentalizmning mohiyati

Islomda diniy, ijtimoiy va siyosiy masalalarga Islomning munosabati haqida uch asosiy oqim mavjud: Islom fundamentalizmi oqimining nomi «fundament» (asos, negiz, poydevor) so'zidan olinganligi uchun shunday nomlangan.

Fundamentalizm- ma'lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytish, bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi.Islom fundamentalizmi oqimining tarafdorlari shunday fikrlaydilar: Tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab qayta talqin qilish mumkin emas. Bu fikr Islom modernistlariga qarshi fikrdir.

Islom fundamentalizmi oqimi tarafdorlari traditsionistlariga o'xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli o'laroq Islom bilan millat manfaatlarini bir yoki yaqin deb tushundilar.

2) Islom traditsionalizmi oqimining nomi «Traditsiya» (an'ana, urf-odat, rasm) so'zidan olingan.

Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari Dinda «ijtihod eshiklari yopiq» deb hisoblaganlar (Ijtihod — arabcha intilish, g'ayrat qilish, diniy va huquqiy masalalar bo'yicha mustaqil fikr yuritish tamoyili). Ular O'rta asr diniy aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilinishiga qarshi chiqqanlar. Ummatlarning barisi teng huquqli, ularni bir biridan ajratish mumkin emas, deb hisoblaganlar. Ular sotsializmga xos tenglikni «notabiiy tenglik» deb hisoblaganlar. Shuningdek kapitalizmdagi tengsizlikni ham tanqid qilib «Islomga xos tenglik»ni targ'ib qilganlar.

3) Islom modernizmi oqimining nomi «modernizm» — (zamonaviylashtirish, hozirgi zamon sharoitlariga moslashtirish, yangilik kiritish) so'zidan olingan.

Islom modernizmi oqimining maqsadi: hozirgi ijtimoiy hayot va ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga Islom ta'limotlarini moslashtirish.

Islom modernizmi dinda «Ijtihod eshiklari ochiq» degan tamoyilga amal qiladi.Modernistlar «g'aayriislom» olami bilan ham hamkorlik qilishni, hatto Islom va «g'ayriislom» madaniyatlarini biriktirishni ham yoqlab chiqqanlar.

Diniy ekstremizm- muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi.Fanatizm – o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, ularga qarshi urush ochishga olib boruvchi omil. U diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.



E'tirof etilmagan mazhablar hamda diniy-siyosiy oqimlar («Vaxxobiylik» «Xizbut taxrir», «Akromiylar», «Islom uyg'onish partiyasi», «Islom lashkarlari» va boshqalar).

Vahhobiya oqimi sunniylik yo'nalishida XVIII asrda vujudga kelgan, bu oqim va firqa tarafdorlari zamon talablarini pisand etmasdan, ko'r-ko'rona, o'z maslarlariga yopishib olgan holda qilayotgan ishlari, targ'iboti dinimiz butunligiga, birligiga, musulmonlarning boshqa dindagilarga ibrat bo'lib tinch-totuv yashashlariga rahna solmoqda.

Vahhobiya islomdagi diniy siyosiy oqim bo'lib, sunniylik yo'nalishining hanbaliya mazhabiga mansubdir. Vahhobiylar o'zlarini «Muvahiddun»lar, ya'ni yakka Allohni tan oluvchilar, vahdoniyatchi, tavhidchilar deb ataganlar. «Vahhobiy» degan nomni esa ularga bu oqimni tan olmaganlar berishgan.

Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Sulaymon Vahhobiya oqimiga asos solgan. U 1703-yili tug'ilib, Arabiston yarim orolidagi Najd viloyatining Uyayna shahrida 1792 yili vafot etgan asos solgan.

U dindor, o'qimishli oilada tug'ilgan. Otasi qozi bo'lib ishlagan. Muhammad Abdul Vahhob 10 yoshida Qur'on va tafsirni to'liq egallaydi, ustozi Abdulloh ibn Ibrohim ibn Sayfo uni hanbaliy mazhabi bo'yicha vahdoniyat aqidasi bo'yicha tarbiyalagan.

Muhammad ibn Abdul Vahhob ibn Sulaymonning asosiy aqidasi vahdoniyat, ya'ni yakkaxudolikni qat'iy talab etish bo'lib, «dinni tozalash»ga, Payg'ambarimiz davridagi asl holiga keltirishga, arablarni «chinakam islom» yashil bayrog'i ostida birlashtirishga harakat qilgan.

Muhammad ibn Abdul Vahhob musiqa, qo'shiq, teatr, kino, tasviriy san'at va umuman ma'naviy madaniyat taraqqiyotiga qarshi chiqqan. Vahdoniyatni qattiq himoya qilib, muqaddas joylar, avliyolar mozorlarini ziyorat qilishni ularga sig'inish deb tushunib, qoralaydi. Zohidlikni — hayotdagi noz-ne'matlardan voz kechishni, o'zini tabiiy ehtiyoj va xohishlardan tiyishni, oddiy qiyinishni, kamtarona hayot kechirishni, aysh-ishratga, ko'p boylik to'plashga berilmaslikni targ'ib qildi hamda kishilarni tenglik va birodarlikka da'vat etdi.

Vahhobiylar hozirgi paytdagi talabi Islomdagi barcha bid'atlarni yo'q qilib, faqat Qur'on va Sunnaga (Hadislar to'plami) qaytish.

Bid'at jamiyat hayotida ilgari ma'lum bo'lmagan, amalda qo'llanilmagan biror yangi fikr, yangi narsa, yangi urf-odatlar, an'analar, yangicha hatti-harakatlarni anglatadi. Agar bid'at jamiyatning ijtimoiy hayotiga, taraqqiyotiga yordam qilsa bunday bid'atlar yaxshi va foydali, aksinchasi esa, yomon, salbiy, zararli bid'atlar deb qabul qilingan.

Ijmo' Islomning yangi o'zgarib borayotgan voqelikka moslashuvi, yangi an'analarga diniy fatvo berilishi, ularning Sunnaga to'g'ri kelishi yoki to'g'ri kelmasligi masalalarini hal etish uchun Islom huquqshunosligida ulamolarning yagona fikrga kelishlaridir. To'rt mazhabning bunday holatlarga eng hayrihoxi — Hanafiya, eng murosasizi — Hanbaliya edi.

Vahhobiylar quyidagilarni taqiqlaydilar: tamaki, nasha chekish, kayf qildiruvchi ichimliklar va giyohlar iste'mol qilish, erkaqlarga ipak kiyimlar kiyish, oltin taqinchoqlar taqish, tasbeh o'girish, musiqa chalish va tinglash, qo'shiq aytish, raqsga tushish, rasm chizish, suratga tushish, katta bayramlar o'tkazish, tumor taqish, sehrgarlik, duoxonlik, mozorlar teppasiga sham yoqib qo'yish va boshqalar.

Vahhobiylar tasavvufga qarshi turadilar, Mavlud kunlarini nishonlash, marhumlarning ruhlariga Qur'on tilovat qilishni, aziz-avliyolar qabrlarini, maqbaralarini ziyorat qilishni inkor etib, bu ishlarni shirk deb tushuntiradilar.Ayollarni «shayton» deb xaqorat qiladilar. Hurujlari tutib qolganda osori atiqa, tarixiy obida va qabrlarni buzib, tekislab tashlaydilar. Alloh osmonda deb, Allohga makon isnod etadilar va bu botil e'tiqodni targ'ib ham qiladilar. Hozirgi zamon vahhobiylari bulardan tashqari yana kino, teatr, kontsert kabi tamoshagohlarga ham qarshidirlar.

Vahhobiylik oqimi ta'limotiga ko'ra Islomda faqat Qur'on va Sunnaga itoat etish farz, to'rt mazhab peshvolari (Imom A'zam, Imom Molik ibn Anas, Imom Shof'iy, Imom Axmad ibn Xanbal) ta'limotlari, yo'l-yo'riqlarini bekor deb aytadilar. Yana Xemperning aytishicha Muhammad Abdul Vahhob muhaddislar, shu jumladan Imom al-Buxoriyning «al-Jomi' as-Saxiyx» Hadislar to'plamida keltirilgan hadislarning yarmisi soxta va befoydadir, marhumlarga Qur'on tilovat qilish ham bexuda, bu bid'at, degan.

«O'zbekiston Islom harakati» Vahhobiyya diniy — siyosiy ekstremistik oqimining tashkiliy tizimi bo'lib, jahonning yetakchi xalqaro terroristik («Tolibon harakati», «al-Jihod», «Harakat ul-Ansor», «al-Kaada») guruhlari bilan til biriktirib, ularning bevosita rahnamoligida 1990-1992 yillarda tashkil etilgan.

Vahhobiylarning maqsadi O'zbekistonda Islom Respublikasi o'rnatib, davlatni payg'ambarimiz zamonlaridagidek mutlaq Islom tartibotlari asosida idora etishga o'tish.. Bu esa taraqqiyotni sekinlashtirib orqaga tortishga olib boradigan omildir.

Hozirgi vahhobiylarning maslak, ta'limot va da'vatlarini qabul qilib ularning yo'liga yursak, quyidagilarga rozi bo'lishga to'g'ri keladi:

1. Hashamatli tarixiy obidalar, osori-atiqalar, mozorlarda esdalik uchun qo'yilgan qabr toshlari buzib tashlanadi.

2. Payg'ambarimizning Madinadagi qabrlarini ziyorat qilishdan voz kechiladi.

3. Inson tafakkurining hurriyati uchun kurashgan, Allohni chin dildan sevgan, hayotlarini Alloh roziligi uchun bahshida qilgan, Allohning sevgan aziz-avliyolari maqbaralari buzib tashlanadi, tasavvuf ta'limotlari yo'q qilinadi.

4. Shariatdan «Ijmo'», «Qiyos» ahkomlarining ko'pchiligi olib tashlanadi.

5. Imom A'zam mazhabining aksariyat qoida, talablari bekor qilinadi.

6. Musiqa (chalish, tinglash), qo'shiq, ashula (aytish, eshitish), raqsga tushish, tasviriy san'at, rasm oldirish, haykaltaroshlik san'ati yo'q qilinadi, katta bayramlar o'tkazish (ikki hayit bayramidan tashqari) man qilinadi.

7. Kino, teatr, kontsertlarga ruxsat etilmaydi.

8. Barcha erkaqlardan soqol-mo'ylab qo'yib, kalta shim kiyib yurish talab etiladi.

9. Xotin-qizlarning ko'chaga chiqib ishlab kelishlariga ruxsat etilmaydi. Xijobga kirgiziladi.

10. Dunyo mamlakatlarining ko'pchiligi tanlagan demokratiya tuzumi yo'q qilinadi.

11. E'tiqod, ta'limot, maslaqlar, zo'rlab, majburlab tiqishtiriladi. Ularga zid ish

tutadigan barcha kishilar, ular uning xox ota-onasi bo'lsin, aka-uka, opa-singil, farzandlari bo'lsin ayab o'tirilmaydi. Zarur bo'lib qolganda ulardan qonli o'ch olinadi.

Alloh 88-nchi «Roshiya» surasining 21—22-oyatlarida shunday degan: «Bas, (ey Muhammad), eslating! Zotan, Siz faqat eslatguvchidirsiz. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz».

Muhammad alayhissalom o'z sahobalariga shunday deganlar: «Nega siz odamlarga dinni zo'rlab singdirishga intilasiz? Vaholanki, din Allohga nisbatan ixtiyoriy tuhfa bo'lishi kerak».

Hazrat Xoja Baxouddin Naqshbanddan musiqa, o'yin-kulgi, hursandchilik haqida so'raganlarida u zot: Mo inkor ham namekunem, Inkor ham namekunem (Biz bunday qilmaymiz, ammo inkor ham qilmaymiz), deb javob berganlar.

Vahhobiylarning eng dahshatli qilmishlari 1802 yili aprelida yuz berdi. Ular Karbaloga hujum qilib, Imom Husayn masjidini vayron qildilar. Ikki mingdan ortiq odamni o'ldirdilar, hatto homilador ayollar va bolalarni ham ayab o'tirmadilar. 1806 yili karmatlardan so'ng ikkinchi bo'lib vahhobiylar Makka shahriga bostirib kirdilar. Hajga borganlarni o'ldirganlar, bir qismini qul qilib olib ketganlar, Ka'batullohdagi Hajar ul-Asvad, ya'ni qora toshni parchalab, o'lja qilib olib ketganlar (20 yildan keyin bu tosh qaytarib olingan). Vahhobiylar bu muqaddas shaharni oyoqosti qilishda karmatlardan qolishmaganlar. Shahardagi o'nlab masjid va madrasalarni buzib tashlaganlar va o't qo'yganlar. Ular faqat Ka'banigina buzishga jur'at qilolmaganlar. Ular ko'p utmay Madinani ham bosib oldilar. Bu yerda ham hunrezliklar avj oldi. Payg'ambarimiz qabrlari ham poymol qilindi va u yerdagi hazina talon-taroj qilindi.

1811 yili Muhammad Alining qo'shinlari Vahhobiylar bilan jangga kirishadi. Misr qo'shinlari butun Hijozni Vahhobiylardan ozod etadi, Makka va Madina shaharlari ham ular qo'lidan tortib olinadi. Musulmonlar yana Makka va Madinani ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Muhammad Ali Vahhobiylarni yetti yildan keyin - 1818 yili uzil-kesil tor-mor etadi. Lekin uni butunlay, tag-tugi bilan yo'qotib tashlay olmadi. Shundan keyin vahhobiylik harakati Turkiya xumronligidan qutulish harakatiga aylandi. Angliya esa bu harakatni qo'llab-quvvatlashda davom etdi.

«Hizb ut-Tahrir» (Ozodlik) — Islomning sunniylik yo'nalishi doirasida Qur'on, Sunna, shariat qonun-qoidalariga to'liq rioya etuvchi «Islomiy adolat» tamoyillari o'rnatilgan jamiyat qurish uchun 1928 yilda Misr Arab Respublikasining Islomiya shahrida tashkil topgan «al-Ihvon al-Muslimun» (Musulmon birodarlar) diniy-siyosiy tashkilotidan 1952 yilda ajralib chiqqan firqa.

Unga 1952 yilda falastinlik, Quddus shahrida tug'ilgan Takiyuddin Nabbaxoniy (1909-1979) asos soldi.

Bu diniy-siyosiy firqa Takiyuddin Nabbaxoniy vafotidan keyin hozirgacha falastinlik Abdulqadim Zallum tomonidan boshqarilmoqda.

Turkiyaning «Interpol» milliy markazining ma'lumotiga ko'ra, bu tashkilot Buyuk Britaniya maxfiy xizmati yordamida tashkil topgan va Amerika Kommunistik partiyasi tomonidan qo'llab quvvatlanib turilgan, degan taxminlar bor.

Hizbchilarning faoliyatlari uch bosqichdan iborat:

1. Hizbga din niqobi ostida da'vat qilib, xalqni dinga jalb qilish orqali islomiy shaxsni

shakllantirib yetishtirish.

2. Yoshlarni siyosiy fikrlantirgan holda, fikriy kurash, varaqalar tarqatish orqali davlatni boshqaruv idoralari bilan xalq o'rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish.

3. Provardida hokimiyatni qo'lga olib, (kerak bo'lsa qurolli kurash yo'li bilan) «Halifalik» davlatini tuzish.

«Vahhobiya» va «Hizb ut-Tahrir» orasidagi farqlar: Aqida masalasida vahhobiylar «Halifalik» davlat boshqaruvini g'oya qilib olmaydilar. O'zlarini «Tavhidchilar» deb atagan vahhobiylar din, e'tiqod masalasida yuqorida aytib o'tganimizdek, jamiyatni payg'ambarimiz zamonlaridagi tartib-intizomga qaytarishni talab qilib chiqadilar va ularning yo'liga kirmaganlarga shiddat ko'rsatib hatto jihod e'lon qilib qonli o'ch olishgacha borib yetadilar.

Hizbchilar esa, halifalik davlatini tiklashni g'oya qilib olib, demokratiyani butkul inkor etadilar.

Islom dinnning birligiga rahna soluvchi — «Hizb ut-Tahrir», «Hizbullox», «Ihvon», «Akramiya», «Bahoiyya», «Qodiyoniya», «Vahhobiyya» kabi diniy oqim va firqalar (partiyalar) musulmonlar tinchligi va birligini buzadigan, sarosima va besaranjomliklar keltirib chiqaradigan, kundalik din ishlaridan chalg'itadigan, Islomni zaiflashtiradigan, xalq uchun keraksiz va hatto zararli, buzg'unchi mutaassib toifalar bo'lib, ular Islom dinini yaxshilash ma'nosida faoliyat ko'rsatsalarda, ular¬ning asl maqsadlari hokimiyatni egallab olib hukmronlik qilish bo'lgan.

Mazhabimiz «Axli sunnat val-jamoat», Hanafiya (Imom A'zam Abu Hanifa), diniy mafkuravii g'oyaviy ta'limotimiz «Moturidiya», tariqatimiz «Naqshbandiya». Vazifamiz Islomning 5 rukniga (iymon, namoz, ro'za, zakot va haj) amal qilib, tinchgina tirikchiligimizni qilib yursak bas, bizga shuni o'zi yetarlidir.

Xalqaro terrorizm va uning oqibatlari

«Halifalik», «Islom davlati», «Jihod» kabi shiorlarni ko'tarib chiqayotgan, dastlabki davrlaridagi Islomiy tartib intizomga qaytarmoqchi bo'lib, tarix g'ildiragini teskari aylantirmoqchi bo'lib yurgan vahhobiylar, hizbchilar dinni niqob qilib olib, vatanimiz mustaqilligini ko'ra olmayotganlarning hamda dinimiz dushmanlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda «jonbozlik» ko'rsatib vatanimiz xalqlari o'rtasida diniy ixtiloflar, nizolar ko'rinmaydigan qonli fuqarolar urushi girdobiga tortmoqchi bo'lib yuribdilar. Biz buni to'g'ri tushunishimiz, qalban xis etishimiz va unga qarshi qat'iy kurash olib bormog'imiz kerak.

Imom Burxoniddin Rabboniy Afg'onistonni Islom Respublikasi deb e'lon qilgan bo'lsada, u yerda o'n yillardan beri hokimiyat uchun, yuqori lavozimlar uchun kurashib, hammalari musulmon bo'lgani holda bir-birlarini qonini to'kib, birodarkushlik qilmoqdalar. Xalqi bir burda nonga zor bo'lib, butun dunyoni afg'on qoradori bilan ta'minlab kelmoqda. Eron o'zini Islom davlati deb e'lon qilgandan pushaymon bo'lib hozirgi kunda orqaga qaytib davlatni yana dunyoviy davlatga

aylantirish paytida yuribdi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, xalqaro terrorizm barcha mamlakatlar taraqqiyotiga raxna solmoqda. Shuning uchun unga qarshi ommaviy kurash olib borishimiz kerak.



Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: «Bugun har bir ma'rifatli, vijdonli inson aqidaparastlik balosiga qarshi kurashishi, xalqning ko'zini ochib, ularga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlarning ruhini ongu tafakkurini himoya qilish zarur».

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa